Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INSON EKOLOGIYASI:TABIAT VA INSON UYG`UNLIGI
Bayeshanov Abdulla
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada inson ekologiyasi tushunchasining mazmuni va mohiyati yoritilgan bo`lib, inson ekologiyasi nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilishda, balki ijtimoiy barqarorlik, sog'liq va farovonlikni ta'minlashda ham muhim ahamiyatga egaligi yoritilgan. Shuningdek, inson ekologiyasi va ijtimoiy fanlar bir-birini to'ldirishi va insoniyatning atrof-muhit bilan aloqalarini yaxshiroq tushunishga yordam berishi ochib berilgan. Kalit so`zlar. Tabiat, ekologiya, atrof-muhit, ijtimoiy tuzilmalar, barqaror rivojlanish, qadriyatlar, tabiatni asrash. Inson yaralibdiki tabiatga chambarchas bog'liq. Insonning mavjudligi va hayoti tabiatdagi resurslar, ekologik sharoitlar va biologik xilma-xillik bilan aloqador. Buni quyidagi jihatlarda ko`rish mumkin. Insonlar tabiatdagi boshqa organizmlar bilan bir qatorda rivojlanib, oziq- ovqat olish va yashash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish qobiliyati bizning tabiat bilan o'zaro munosabatimiz tufayli shakllangan. Insonning tabiatga biologik bog'liqligi ko'plab jihatlarni o'z ichiga oladi. Bu bog'liqlik evolyutsion, ekologik va fiziologik jihatlardan iborat. Jumladan, insonlar evolyutsiyasi boshqa hayvonlar bilan birga tabiatda sodir bo'lgan. Insonning biologik xususiyatlari, masalan, qo'l va miyaning rivojlanishi, tabiatdagi sharoitlarga moslashish jarayonida shakllangan. Insonlar oziq-ovqat, suv, havo va energiya kabi tabiiy resurslarga muhtoj. Ushbu resurslar tabiatdan olinadi va insonlarning hayot faoliyatini ta'minlaydi. Inson va ekologik bog'liqlik — bu insoniyatning tabiat bilan o'zaro aloqasi va uning atrof-muhitga ta'sirini anglatadi. Ushbu bog'liqlik ko'plab jihatlardan iborat bo'lib, insonning hayoti va faoliyati ekologik tizimlarga qanday ta'sir ko'rsatishini, shuningdek, tabiatdan qanday foydalanganini o'z ichiga oladi. Insonlar ekosistemalarga kiradi va ularning faoliyati bu tizimlarga ta'sir ko'rsatadi. Qishloq xo'jaligi, sanoat ishlab chiqarish, urbanizatsiya va boshqa faoliyatlar tabiiy muhitni o'zgartiradi, hayvonlar va o'simliklar turini yo'qotishiga olib kelishi mumkin.Tabiiy resurslardan foydalanish, masalan, suv va havo sifatiga ta'sir qiladi. Shuningdek, qishloq xo'jaligi, sanoat va shaharsozlik insoniyat tomonidan tabiatga bo'lgan ta'sirni kuchaytiradi. Insonlarning faoliyati ekosistemalarning muvozanatini buzishi yoki saqlashi mumkin. Insonlar tabiiy resurslarni, masalan, suv, havo, tuproq, o'simliklar va hayvonlarni iste'mol 35 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference qiladi. Ushbu resurslardan foydalanish insoniyatning hayoti uchun zarur bo'lsa- da, ularning haddan tashqari iste'moli ekologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Umumiy xolda aytadigan bo`lsak, inson Yer yuzida paydo bo`lganidan to umrini oxirigacha tabiat bag`rida yashaydi,ne’matlaridan bahra oladi va shu bilan bir qatorda o`zi ham faoliyati jarayonida tabiatga ijobiy yoki salbiy ta’sirini o`tkazib boradi. Ilm fan taraqqiy etishi natijasida aynan inson va tabiat bog`liqligi, ikkisi o`rtasidagi umumiylik va bog`liqlik, ta’sir va aks ta’sir masalalariga ham e’tibor kuchayib bordi. Buning natijasi o`laroq ko`plab fan sohalari vujudga keldi. Shunday fanlardan biri bu Inson ekologiyasidir. Aslida inson ekologiyasi - ekologiyaning insoniyat va atrof-muhitning o'zaro ta'sirini o'rganadigan bir sohasidir. Inson ekologiyasi — inson va uning atrof-muhit o'rtasidagi munosabatlarni o'rganadigan fan sohasidir. Bu soha insonning biologik, madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatlarini atrof-muhit bilan bog'liq holda tahlil qiladi. Inson ekologiyasi insonning yashash joyi, oziq-ovqat ta'minoti, energiya iste'moli, suv resurslari va boshqa tabiiy resurslar bilan qanday aloqada bo'lishini o'rganadi. Inson ekologiyasi quyidagi asosiy jihatlarni o'z ichiga oladi: 1. Inson va tabiiy muhit: Insonning tabiiy resurslar, masalan, suv, havo, tuproq bilan qanday munosabatda bo'lishi. 2. Ijtimoiy va iqtisodiy faktorlar: Insonning ekologik muhitga ta'siri ijtimoiy va iqtisodiy omillarga bog'liq. Masalan, urbanizatsiya, sanoat rivojlanishi, qishloq xo'jaligi va iste'mol odatlari. 3. Ekologik muammolar: Inson faoliyati natijasida yuzaga keladigan muammolar, masalan, ifloslanish, iqlim o'zgarishi, bioturfa xilma-xillikning kamayishi va resurslarning kamayishi. 4. Barqaror rivojlanish: Inson ekologiyasi barqaror rivojlanish tamoyillarini qo'llab-quvvatlaydi, ya'ni inson faoliyatining ekologik muhitga minimal salbiy ta'sir ko'rsatishi va kelajak avlodlar uchun resurslarni saqlab qolishni nazarda tutadi. Shunday qilib, inson ekologiyasi insoniyatning atrof-muhit bilan o'zaro aloqalarini chuqurroq tushunishga yordam beradi va barqaror rivojlanish yo'llarini izlashda muhim rol o'ynaydi. Bu soha ekologik muammolarni tushunish va ularga yechim topish uchun zarur bo'lgan bilimlarni taqdim etadi. Inson ekologiyasi ko'plab fanlar bilan kesishadi, jumladan, biologiya, ijtimoiy fanlar, iqtisodiyot va psixologiya. Biz masalani ijtimoiy fanlar bilan bog`liqlik jihatlarini tahlil qilishga
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada inson ekologiyasi tushunchasining mazmuni va mohiyati yoritilgan bo`lib, inson ekologiyasi nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilishda, balki ijtimoiy barqarorlik, sog'liq va farovonlikni ta'minlashda ham m…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada inson ekologiyasi tushunchasining mazmuni va mohiyati yoritilgan bo`lib, inson ekologiyasi nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilishda, balki ijtimoiy barqarorlik, sog'liq va farovonlikni ta'minlashda ham m… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Tabiat, tabiatni asrash., atrof-muhit, qadriyatlar, barqaror rivojlanish, ekologiya, ijtimoiy tuzilmalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025