К содержанию
РецензированоUZ2026

RANGTASVIR VA QALAMTASVIRDA “VAQT KONSEPSIYASI”: STATIK TASVIRDA HARAKATNI ANGLATISH USULLARI

Tashmuratov Maxamadyor Ergashevich · Kamoliddin Behzod nomidagi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article analyzes the methods of reflection of the concept of time in fine art, in particular the harmony of movement, space and time in painting and painting. Mechanisms for representing motion in a static image, the evolution of the image of time from chronophotography to conceptual art, philosophical views in classical art, and contemporary approaches are explored. At each stage, the dramatic role of image tools – light, shadow, compositional center and color solutions-is revealed. The article is based on modern methods of analysis in art studies, pedagogy and applied Fine Arts. Keywords: time, space, static image, movement, chronophotography, conceptual art, dramaturgy, composition. Zamon va makon san’atda doimiy tahlil etilgan, ammo har safar yangi qirralar bilan namoyon bo‘ladigan tushunchalardandir. Rangtasvir va qalamtasvirda vaqtning ko‘rinmas, ammo seziladigan ta’sirini berish san’atkor uchun murakkab, shu bilan birga yuksak darajadagi badiiy ifodaning namunasidir. Ushbu maqola tasviriy san’atda vaqt konsepsiyasining falsafiy va 803 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 amaliy yondashuvlarini ko‘rib chiqishda qo‘l keladi. Tasviriy san’atda statik kompozitsiyada bir necha vaqt bosqichlarini aks ettirish qadimdan mavjud bo‘lgan an’anadir. Masalan, Sharq miniatyuralarida yoki G‘arbda Giotto asarlarida bir necha voqealik bir kompozitsiyada mujassamlashtirilgan. Bu, ayniqsa, "ko‘z ilg‘ashi" orqali vaqtni ifodalashga imkon beradi. Zamonaviy san’atda bu yondashuv fazoviy va temporallik o‘rtasida ichki uyg‘unlik yaratish vositasi sifatida ishlatiladi. Rassom o‘z asarida subyektlarning holatlari, harakatlanish yo‘nalishi yoki ob’ektlarning ketma-ketlikdagi tasvirini berish orqali vaqt oqimini sezdiradi. Shuningdek, statik tasvirda harakat vaqtning eng bevosita ifodasi. Rassomlar harakatni ponavtalanuvchi chiziqlar ya’ni ritmik takrorlanishlar, formaning harakatchanligi masalan, shamolda hilpirayotgan mato, suzayotgan qushlar kabilar va kompozitsion dinamika diagonal yo‘nalishlar, ochiq kompozitsiyalar, ko‘z harakatini boshqarish kompozitsiyadagi ob'ektlar joylashuvi orqali ko‘zni yo‘naltirish kabi texnikalar orqali aks ettiradi. Bu usullar orqali tasvirda "harakatning izi" paydo bo‘ladi. Harakat esa vaqtning ramzidir. Tasviriy san'atda vaqtni tasvirlashning ba'zi vositalari mavjud bo‘lib, ular quyidagilarni tashkil etadi: Allegoriyalar va ramzlar. Masalan, qadimgi san'atda vaqt mifologik mabudlar Kronos, vaqt mabudi orqali tasvirlangan. Diniy va mifologik mavzular. Vaqt mavzusi diniy va mifologik yo‘nalishdagi asarlarda alohida o‘rin tutgan. Fasllar manzaralari va tasvirlari. Rassomlar turli fasllarning go‘zalligini, shuningdek, tabiatning o‘zgarishini, davriylik haqidagi falsafiy qarashni aks ettirishga intildilar. Harakatlarning mantiqiy aloqasi. Bir harakat boshqasini nazarda tutadi, voqealar yo‘nalishini belgilaydi. Tasviriy san'at asarlarida vaqtni tasvirlashning bir nechta namunalari ko‘rib tahlil qilishimiz mumkin. A. A. Deynekining "Petrograd mudofaasi" kartinasi. Asarda o‘tmish va kelajak zamon bir vaqtning o‘zida birga yashaydi, makon ikki rejaning kompozitsion yopiq semantik doirasi sifatida tashkil etilgan. Gustav Klimtning "Ayolning uch yoshi" kartinasi, bir vaqtning o‘zida uchta turli xil belgilar tomonidan yetkazilgan ayol hayotining uchta davri ko‘rsatilgan. Klod Monening "Pichanzor, tumandagi quyosh"asari. Rassom ketma-ket rasm chizish amaliyotini ishlab chiqdi, bitta syujetni tanlab, unga qayta-qayta murojaat etdi. Ushbu asarlarda fasllarning o‘zgarishiga qarab ohanglar va soyalar o‘zgaradi. Xronofotografiyadan zamonaviy konseptual sanʼatgacha: vaqt tasvirini transformatsiya qilish haqida so‘z borar ekan XIX asr oxiri XX asr boshida xronofotografiya san’at va ilm-fan kesishmasida yangi davrni boshlab berdi. E.Muybridj va Marey tomonidan yaratilgan harakat ketma-ketliklari vaqtni tahlil qilish, uni bo‘laklarga ajratish, anglash imkonini berdi. Zamonaviy konseptual san’atda esa vaqt hissiy va falsafiy tushuncha sifatida ko‘riladi. Marina Abramovichning performanslari, Bill Viola videoinstallatsiyalari va boshqa zamonaviy rassomlar asarlarida vaqtning cho‘zilishi, aylanishi, to‘xtashi yoki paradoksal namoyon bo‘lishi markaziy mavzuga aylanadi. Leonardo da Vinchi, Rembrandt, Velaskes, Vermeer kabi klassik rassomlar klassik rangtasvirda vaqt aks etishining falsafiy va kompozitsion jihatlarini va tasvir orqali vaqtni “hissiy pauza” sifatida anglatgan. Nur va soya, figuralarning psixologik holatlari, 804 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 kompozitsiyadagi muvozanat orqali aniq bir lahzaning bardavomligi ifoda etilgan. Falsafiy jihatdan, bu lahza hayot, fan, hissiyot va o‘lim oralig‘idagi nuqtadir. U har doim o‘zida vaqtni yutadi va har safar tomoshabinni o‘sha lahzani qayta yashashga undaydi. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, tasviriy san’atda vaqt konsepsiyasi oddiy ob’ektlarning tasviridan ko‘ra ko‘proqdir u inson tafakkuri, ichki dunyo va ma

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the methods of reflection of the concept of time in fine art, in particular the harmony of movement, space and time in painting and painting.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the methods of reflection of the concept of time in fine art, in particular the harmony of movement, space and time in painting and painting. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
time, space, static image, movement, chronophotography, conceptual art, konseptual san’at, fazo, dramaturgiya, vaqt, harakat, statik tasvir, kompozitsiya., xronofotografiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники