Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“JAJMAN” HIKOYASI SUJETIDA REAL VA NOREAL UNSURLARNING BADIIY MANTIG‘I
Fatullayeva Nilufar Oqiljon qizi · Ilmiy rahbar: Ilyos Jo‘rayev
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Xurshid Do'stmuhammadning "Jajman" hikoyasida real va noreal unsurlar uyg‘unligi badiiy tahlil qilinadi. Asarda ramzli obrazlar orqali inson ruhiyatining chuqur qatlamlari ochib berilgan. Ayniqsa, Jajman obrazi orqali muallif insoniyatdagi salbiy holatlar, nafs va ojizlikni falsafiy-estetik yondashuv bilan aks ettiradi. Maqolada shuningdek, hikoyadagi obrazlar talqini, timsollar, diniy va mifologik kontekstda yoritiladi. Kalit so‘zlar: real unsurlar, noreal obraz, Jajman, ramz, nafs, timsollar, tasavvuf, Zardushtiylik, falsafa, hikoya. Insoniyatning qismati umrining mazmuni o‘rganishdir. O‘rganish yo‘lida hech qanday sa’y-harakatni kamsitish mumkin emas, lekin bir haqiqat borki, uni inkor etish qiyin. U haqiqat juda oddiy va juda boqiy: inson dunyoni va o‘zini o‘rganishi uchun eng katta, eng beqiyos, eng behisob va eng beminnat boyligi va ming afsuski, eng qadrsizi ham INSON. Xurshid Do‘stmuhammad o‘z asarlarida ana shu INSONning eng ichki intim qatlamlarini tasvirlashga intiladi. asarlarining yana bir o‘ziga xos jihati, ularda yozuvchi nazari yaqqol sezilib turadi. Asarlarning barida, nafaqat, bir davr muammolari va ruhi, balki yuqorida aytganimiz, insonning ruhiy kechinmalari o‘z aksini topgan. Shuningdek, yozuvchi jumboqli hikoyalar yozishni ma’qul ko‘radi. Qaysi ma’nodaki, uning hikoyalarida ramz va qahramonlar ruhiyati bir-birini to‘ldirib, o‘zaro mutanosiblikda keladi. Yozuvchi ijodida "badiiy obraz" ko‘p o‘rinda "ramzli obraz" sifatida talqin qilinadi. Uning ruhiyat tasvirini ifodalashda ramzlardan mohirona foydalanishi orqali yaratilgan asarlaridan biri - "Jajman" hikoyasidir. “Jajman” hikoyasini yozishda yozuvchi falsafiy dunyoqarashga tayanganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jajman, u kim yoki nima-? Bu savol nafaqat kitobxonlarni, balki butun adabiyot ixlosmandlarini qiziqtirib qo‘ydi. X.Do‘stmuhammad hikoyasida roviy mistik kuch, qahramonlar ko‘ngliga qo‘rquv urugʻini qadovchi pinxoniy jajman. Buning sababi, muallif hikoyalarida real va noreal hayot birga, uygʻunlikda tasvirlashi bo‘lsa kerak. Hikoyada keltirilgan timdagi odamlar bilan jajman o‘rtasidagi munosabat go‘yoki, Axuramazda va Axriman o‘rtasidagi kurashga ishora sifatida keltirilgandek. Zardusht bobo rastasi yoniga to‘shalgan ko‘rpachaga obdon joylashib cho‘k tushayotib, bir narsadan xavotirlangandek: "O‘zing madadkorsan, Axuramazda..." dedi shivirlab1. Hikoyada birgina Jajman obrazi orqali insonga xos bo‘lgan ayrim salbiy holatlar, ojizlik jihatlari ham real tasvirlarda o‘z ifodasini topadi. Ojizlik jihatlari deganimizda insonlarning gohida sinovlar oldida ilojsiz qolishlarini nazarda tutyapmiz. Sababi, hikoyada timdagi odamlar ham ilojsiz va ojiz qoladilar. Hikoyaning mohiyati inson bor ekan, albatta, oq va qora, yaxshilik va yomonlik kabi 1 X.Do'stmuhammad. Beozor qushning qarg'ishi. – Т.- Sharq 2006. 154-bet; Keyingi o`rinlarda shu nashrga havola qilinganda qavsda BQQ qisqartmasi va sahifa ko‘rsatiladi. 793 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 qarama-qarshiliklar mavjud bo‘ladi degan tushunchani ochib berishda ko‘rinadi. Hikoya sarlavhasining o‘ziyoq kitobxonni qiziqtirib qo‘yadi. Nima uchun hikoya bunday nom oldi? Tadqiqotchi olimlar ham bu masala borasida ko‘p mulohazalar yuritishgan. N.Dovurboyeva Jajman atamasini “jajji” hamda “ya’juj- majuj”dan yasalgan, qabilida taxmin qiladi2. Har holda uning izlanishlari e’tiborga loyiq. Ana shu yo‘nalishdagi kuzatuv usullarini Ulugʻbek Hamdam, Jabbor Eshonqul, O‘rol Sodiq kabi adabiyotshunoslar tadqiqotlarida ham uchratamiz. Har kim bilganicha jajman so‘ziga ta’rif berib o‘tdi. Biz ham bu masala yuzasidan o‘z fikrlarimizni bildirib o‘tamiz. Atrofimizdagi insonlar o‘rtasida jlovchi va ylovchi sheva vakillari ham uchrab turadi. Issiq nonning orasini ajratib olib, unga saryogʻni aralashtirib iste’mol qilishni “yajman” deb atashaganini ham eshitganmiz, albatta. O‘z-o‘zidan yajman va jajman o‘rtasida qandaydir bogʻliqlik bordek tuyuladi. Shuningdek, “jajman” va “jajji man” so‘zlari orasida ham o‘xshashlik borligi seziladi. Sababi, jajman haqiqatdan ham juda kichkina, atigi bir qarich. Lekin hikoya so‘ngida ikki qarich jajmanning paydo bo‘lishi bu taxminimizning inkor tomoni. Biz xohlaymizmi, yo‘qmi “Jajman” hikoyasi ham o‘xshashliklardan holi emas. Masalan, Alisher Navoiyning “Xamsa”sidan joy olgan "Saddi Iskandariy" dostonining “Iskandar devorining qurilishi” deb nom olgan qismida devsifat Ahraman va yebto‘ymas mahluq - ya’juj-majujlar keltirilgan. A.Navoiy ularni “biri bir qarish bo‘lsa, yana biriniki o‘n quloch” - deya ta’riflaydi. X.Do‘stmuhammad ham jajmanning bir qarich ekanligini qayd etadi. Bu o‘z-o‘zidan har ikkala ijodkorning bir maxluq haqida fikr yuritayotganini belgilaydi. Hikoyada ramzli obrazlar mahorat bilan tanlangan har bir obrazning ramzliligi uning ruhiyatini ham ochib bergan. Ba’zi bir obrazlar asarda salbiy obraz sifatida tasvirlanishiga qaramay, aslida u asar mohiyatini va gʻoyasini tashkil etishda asosiy yuk tashishi mumkinligini muallif
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Xurshid Do'stmuhammadning "Jajman" hikoyasida real va noreal unsurlar uyg‘unligi badiiy tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Xurshid Do'stmuhammadning "Jajman" hikoyasida real va noreal unsurlar uyg‘unligi badiiy tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jajman, tasavvuf, nafs, real unsurlar, timsollar, noreal obraz, Zardushtiylik, falsafa, hikoya., ramz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024