К содержанию
РецензированоUZ2026

CHET ELLIKLAR ISHTIROKIDAGI ISHLAR BO‘YICHA YURISDIKSIYA MASALALARI: MILLIY VA XALQARO TAJRIBA

Hamidova Nodiraxon Hamidjon qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article analyzes jurisdictional issues in civil cases involving foreign citizens. In particular, it examines the legislation of the Republic of Uzbekistan, international treaties, and conducts a comparative legal analysis of the legal practices of several foreign countries, including Germany, the United States, the Russian Federation, and France. The study also presents scholarly conclusions and practical recommendations for addressing jurisdiction- related challenges. Keywords. foreigners, jurisdiction, international civil procedure, legal status, foreign experience, international jurisdiction. Kirish. Hozirgi globalizatsiya va xalqaro savdo munosabatlarining kengayishi natijasida, turli davlat fuqarolari ishtirokidagi fuqarolik ishlari soni oshmoqda. Ushbu vaziyatda qaysi davlat sudining mazkur ishni ko‘rib chiqishga vakolatli ekanligini belgilovchi yurisdiksiya masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual qonunchiligida chet elliklar ishtirokidagi ishlar uchun maxsus yurisdiksiya normalari mavjud, ammo ular xalqaro standartlarga to‘liq mos emas. Xalqaro huquq va chet elliklar ishtirokidagi ishlar: nazariy asoslar Chet ellik shaxslarning fuqarolik ishlari bo‘yicha yurisdiksiya masalasi xalqaro xususiyatga ega bo‘lib, huquqiy tartibga solishning dolzarb jihatlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro yurisdiksiya bu – bir davlat sudlarining boshqa davlat fuqarolari yoki yuridik shaxslari ustidan ish yuritish vakolatini aniqlashga oid huquqiy normalar yig‘indisidir. Ushbu masala xalqaro fuqarolik protsessual huquqining markaziy institutlaridan biri bo‘lib, u orqali suverenitet, tenglik, adolat va fuqarolarning huquqiy kafolatlari ta’minlanadi. Xalqaro huquqiy amaliyotda 391 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 yurisdiksiya quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi: Eksklyuziv yurisdiksiya (exclusive jurisdiction) – faqat bitta davlat sudlarigagina tegishli bo‘lgan yurisdiksiya (masalan, ko‘chmas mulk joylashgan davlat sudlari yurisdiksiyasi). Umumiy yurisdiksiya (general jurisdiction) – fuqaro yoki kompaniyaning yashash yoki ro‘yxatdan o‘tgan joyiga asoslangan yurisdiksiya. Maxsus yurisdiksiya (specific jurisdiction) – javobgarning biror konkret faoliyati, shartnoma tuzishi yoki huquqbuzarlik sodir etishi asosida aniqlanadigan yurisdiksiya. Shartnomaviy yurisdiksiya (prorogation of jurisdiction) – tomonlar o‘zaro kelishuv asosida biror davlat sudini vakil qilib belgilashlari. Bundan tashqari, xalqaro yurisdiksiya masalasi ko‘plab xalqaro shartnomalarda mustahkamlangan bo’lib, ular jumlasiga quyidagilar kiradi. Bryussel I reglamenti (Council Regulation (EC) No 44/2001) – Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasida sud yurisdiksiyasini tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblaib, unga ko‘ra, fuqarolik va savdo ishlari bo‘yicha yurisdiksiya javobgarning doimiy yashash joyiga asoslanadi. Gaaga konvensiyalari – 2005-yilda qabul qilingan "Choice of Court Agreements" konvensiyasi orqali shartnomaviy yurisdiksiya bo‘yicha xalqaro mexanizmlar ishlab chiqilgan. BMTning xalqaro xususiy huquq komissiyasi (UNCITRAL) tomonidan ishlab chiqilgan model qonunlar va tavsiyalar. O‘zbekiston ushbu xalqaro hujjatlarga to‘liq qo‘shilmagan bo‘lsa-da, ayrim prinsiplar milliy qonunchilikka qisman inkorporatsiya qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 359-moddasiga muvofiq, chet ellik fuqarolarning huquqlari va majburiyatlari milliy fuqarolar bilan teng asosda himoya qilinadi1. Xalqaro yurisdiksiya prinsiplari Ilmiy adabiyotlarda xalqaro yurisdiksiyaning quyidagi asosiy prinsiplari qayd etiladi: Lex fori (mahalliy huquq) – yurisdiksiyaga ega bo‘lgan sud mahalliy qonunlarni qo‘llaydi. Lex loci delicti commissi – huquqbuzarlik sodir etilgan joy qonuni bo‘yicha yurisdiksiya belgilanadi. Domicile and habitual residence – doimiy yashash joyi yoki yashash odati asosida yurisdiksiya belgilanadi. Forum non conveniens – ayrim davlatlarda (ayniqsa, AQSh va Buyuk Britaniya) noqulay sud joyi (ya’ni boshqa qulayroq sud borligi) sababli yurisdiksiyani rad etish amaliyoti mavjud. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi fuqarolik nizolarini hal etishda har bir davlat o‘zining huquqiy tizimiga mos yurisdiksiya qoidalarini ishlab chiqqan. Quyida Germaniya, AQSh va Rossiya Federatsiyasi misolida ushbu qoidalar qiyosiy-huquqiy tahlil qilinadi. Germaniya Federativ Respublikasining tajribasi Germaniyada fuqarolik yurisdiksiyasi Federal Fuqarolik protsessual kodeksi – Zivilprozessordnung (ZPO) bilan tartibga solinadi. Chet elliklar ishtirokidagi da’volarda yurisdiksiya quyidagi asosiy qoidalarga tayangan holda belgilanadi: Umumiy yurisdiksiya – ZPOning 12–17-moddalariga muvofiq, da’vo javobgarning doimiy yashash joyi bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Maxsus yurisdiksiya – 32–35-moddalar asosida javobgarning ma’lum huquqiy harakati 1 Oʼzbekiston Respublikasining 2018 yil 23 yanvardagi «Fuqarolik prtosessual kodeksi» // Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Аxborotnomasi, 2018 392 Resear

Доказательный фрагмент

«This article analyzes jurisdictional issues in civil cases involving foreign citizens.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes jurisdictional issues in civil cases involving foreign citizens. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
foreigners, jurisdiction, international civil procedure, legal status, foreign, huquqiy maqom, xorijiy tajriba, xalqaro yurisdiksiya., chet elliklar, xalqaro fuqarolik protsessi, yurisdiksiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники