Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BIOLOGIYA FANIDA GAMIFIKATSIYA: O‘YIN TEXNOLOGIYALARIDAN TA’LIMDA FOYDALANISH TAJRIBALARI
TA’LIMDA FOYDALANISH TAJRIBALARI · Nuriddinova Nozima Nuriddin qizi
Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026
Аннотация
This thesis explores the application of gamification in biology education by incorporating game-based technologies into the learning process. Gamification increases student motivation, engagement, and participation while making complex biological concepts easier to understand. The study highlights the effectiveness of gamified lessons and their positive impact on student learning outcomes. Keywords: gamification, game-based learning, biology education, interactive learning, student motivation, learning efficiency, student engagement Kirish. Zamonaviy ta’lim jarayonida gamifikatsiya, ya’ni o‘yin elementlarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish, o‘quvchilarning faolligini oshirish va bilim olish jarayonini qiziqarli qilishda samarali usul sifatida e’tirof etilmoqda. Biologiya fanida murakkab tushunchalarni o‘rganishda o‘yin texnologiyalari o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi, ularni mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilishga rag‘batlantiradi. Ushbu tezisda biologiya ta’limida gamifikatsiya usullarining qo‘llanilishi tajribalari tahlil qilinib, o‘yin texnologiyalarining ta’lim samaradorligiga ta’siri ko‘rsatib beriladi. Gamifikatsiya orqali darslar interaktiv, qiziqarli va ta’lim jarayoni yanada samarali bo‘lishi ta’kidlanadi. Zamonaviy ta’lim jarayonining asosiy yo‘nalishlaridan biri bu – o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning darsdagi ishtirokini faollashtirish va mustaqil fikrlashga undashdir. Ayniqsa, biologiya kabi murakkab va ko‘p tushuncha talab qiluvchi fanda bu vazifa yanada dolzarb hisoblanadi. An’anaviy o‘quv metodlarining imkoniyatlari cheklangan holatlarda, yangi pedagogik texnologiyalar, jumladan gamifikatsiya – ya’ni ta’limda o‘yin elementlaridan foydalanish, katta ahamiyat kasb etmoqda. Gamifikatsiya o‘quvchilarni dars jarayoniga faol jalb qilish, ularning diqqatini jamlash, fanlarga bo‘lgan ichki motivatsiyasini kuchaytirish va o‘qish jarayonini qiziqarli muhitda 78 tashkil etishga xizmat qiladi. O‘yin elementlari orqali biologik jarayonlar, laboratoriya tajribalari yoki tizimli bilimlar osonroq va esda qolarliroq tarzda o‘zlashtiriladi. So‘nggi yillarda butun dunyo ta’lim tizimlarida gamifikatsiyaning turli shakllari – raqamli o‘yinlar, viktorinalar, ballik tizimlar, reytinglar va interaktiv platformalar orqali keng qo‘llanilmoqda. Bu yondashuv o‘quvchilarni sog‘lom raqobatga chorlaydi, bilim olishga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantiradi hamda natijada ta’lim sifati sezilarli darajada yaxshilanadi. Mazkur ishda biologiya fanida gamifikatsiya vositalarining qo‘llanish tajribalari, ularning dars samaradorligiga, o‘quvchilarning faolligi va bilim darajasiga ko‘rsatgan ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot biologiya o‘qituvchilari uchun o‘yin texnologiyalarini to‘g‘ri va samarali qo‘llashda amaliy tavsiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Adabiyotlar tahlili. Ta’limda gamifikatsiya (o‘yinlashtirish) yondashuvi so‘nggi yillarda pedagogik innovatsiyalar orasida katta e’tiborga sazovor bo‘lmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, gamifikatsiya o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi, bilimlarni puxta o‘zlashtirishga va dars jarayonida faol qatnashishga undaydi (Deterding et al., 2011; Kapp, 2012). Biologiya fanida bu yondashuv ayniqsa muhimdir, chunki bu fan ko‘p hollarda murakkab va abstrakt tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Bunday kontentni vizual, interaktiv va raqobat muhitida taqdim etish o‘quvchilar uchun uni osonroq qabul qilish va tushunishga yordam beradi (Gee, 2007). Mahalliy tadqiqotlarda ham biologiya darslarida o‘yin elementlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda yuqori darajadagi ishtirok, fanlarga bo‘lgan ijobiy munosabat va mustahkam bilim shakllanishi qayd etilgan (To‘xtayeva, 2021; Ergasheva, 2022). Gamifikatsiya vositalariga misol qilib viktorinalar, bosqichli topshiriqlar, onlayn o‘yin platformalari (Kahoot!, Quizizz) va mukofot tizimlarini keltirish mumkin. Bundan tashqari, UNESCO va boshqa xalqaro ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillar ham o‘yin texnologiyalarining ta’lim jarayonida keng qo‘llanilishi o‘quvchilarning faolligi va natijadorligini oshirishi mumkinligini ko‘rsatmoqda (UNESCO, 2020). Xulosa qilib aytganda, mavjud adabiyotlar biologiya fanida gamifikatsiya yondashuvi orqali ta’lim samaradorligini oshirish mumkinligini ilmiy asoslab beradi. O‘yin texnologiyalari biologik bilimlarni oson, tez va qiziqarli tarzda egallash imkonini beruvchi kuchli didaktik vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Xulosa va takliflar. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, biologiya ta’limida gamifikatsiya — ya’ni o‘yin elementlarini dars jarayoniga tatbiq etish — o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini faollashtirishda, fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishda va bilimlarni puxta o‘zlashtirishda samarali vosita hisoblanadi. Murakkab biologik tushunchalarni interaktiv o‘yinlar, viktorinalar, ball to‘plash tizimlari yoki raqamli musobaqalar orqali o‘rgatish o‘quvchilarni darsga jalb etish darajasini oshiradi. Gamifikatsiya nafaqat o‘quvchil
Доказательный фрагмент
«This thesis explores the application of gamification in biology education by incorporating game-based technologies into the learning process.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis explores the application of gamification in biology education by incorporating game-based technologies into the learning process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- gamification, game-based learning, biology education, interactive learning, interaktiv o‘rganish, gamifikatsiya, motivatsiya, o‘yin texnologiyalari, o‘quvchi faolligi, biologiya ta’limi, ta’lim samaradorligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024