Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA'LIMDA MOTIVATSIYA VA KREATIV YONDASHUV
Isag‘aliyeva Sadafxon Muxammadaminovna
Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026
Аннотация
Zamonaviy ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — o‘quvchilarning shaxsiy qobiliyatlari, ehtiyojlari va qiziqishlari asosida individual o‘quv yo‘nalishlarini shakllantirishdir. Har bir o‘quvchining o‘ziga xos fikrlashi, bilish darajasi, o‘rganish sur’ati va psixologik xususiyatlari mavjudligi ta’limdagi yondashuvlarni umumlashtirishni emas, balki shaxsga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etishni taqozo etadi. Kalit so‘zlar: kreativ fikrlash, ta‘lim jarayoni, o‘quvchi, muhit, motivatsiya. Bugungi o‘zgaruvchan ta’lim muhiti sharoitida o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini inobatga olish, ularda ichki rag‘batni shakllantirish va o‘quv jarayonini moslashtirish zarurati ortib bormoqda. Bu jarayonda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv markaziy o‘rinni egallaydi. Motivatsiya va shaxsiylashtirish-bu ikki asosiy yo‘nalish ta’limdagi muvaffaqiyatni belgilovchi omillar sifatida qaralmoqda.[1,2] Tadqiqotimizning dolzarbligi ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy vosita sifatida motivatsiyalash va shaxsiy yondashuvlar o‘zaro bog‘liq holda qo‘llanilgandagina real natijaga olib kelishini ko‘rsatadi. Hozirgi paytda o‘quvchilar bilimni egallash jarayonida faollik, mustaqillik va ijodiy yondashuvni namoyon etishi kerak. Tadqiqotimizning ilmiy yangiligi shundaki, pedagogik amaliyotda shaxsiylashtirish strategiyalarining motivatsiya nazariyalari bilan integratsiyasi orqali o‘quvchining o‘ziga xos imkoniyatlari inobatga olingan yangi metodologiyalar shakllanmoqda.[3] Ular o‘quvchining ichki motivlarini faollashtirishga xizmat qiladi. Tadqiqotimizning maqsadi: Ta’lim jarayonida motivatsiya va shaxsiylashtirish yondashuvlarining o‘zaro ta’sirini ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda ularni samarali qo‘llash yo‘llarini aniqlash. Tadqiqotimizning vazifalari: 1. Asosiy tushunchalarning mohiyatini aniqlab berish; 2. Motivatsiyaning o‘quv jarayonidagi roli va natijalarga ta’sirini ko‘rsatish; 3. Shaxsiylashtirish tamoyillarining amaliy natijalarini tahlil qilish; 4. Uyg‘un strategiyalar asosida samarali metodlarni ilgari surish; 5. Ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqotning metodlari Tadqiqot davomida quyidagi usullardan foydalanildi: Adabiy manbalarni o‘rganish — mavjud ilmiy manbalar tahlil qilindi; Kuzatuv — dars jarayonida o‘quvchilarning ishtiroki baholandi; So‘rovnoma — o‘qituvchi va o‘quvchilarning fikrlari o‘rganildi; Amaliy tajriba — shaxsiylashtirish va motivatsiyaga asoslangan topshiriqlar joriy etildi va natijalar solishtirildi.[4, 5, 6] Tadqiqotning natijalari Tahlil natijalari quyidagilarni ko‘rsatdi: 81 Motivatsiya mavjud o‘quvchilarda mustaqil ishlash va tashabbus ko‘rsatish faolligi yuqori; Moslashtirilgan topshiriqlar asosida ishlagan o‘quvchilar fikrlashda ancha erkin va ijodiy yondashuv ko‘rsatdi; Portfolio va refleksiya elementlari qo‘llanilgan sinflarda o‘quvchilar o‘zini baholashga intilishi yuqori bo‘lgan; Motivatsiyaga asoslangan metodlar o‘quvchilarning ishtirokini 25-30% ga oshirgan. Motivatsiya va shaxsiylashtirish ta’lim jarayonining ajralmas tarkibiy qismlari hisoblanadi. Har bir o‘quvchining ehtiyoji va qobiliyatlarini inobatga olib tashkil etilgan o‘quv jarayoni bilimlarni ongli va barqaror o‘zlashtirishga xizmat qiladi.[7] Taklif va tavsiyalar: O‘quvchi shaxsiga moslashtirilgan rivojlanish rejalari tuzilishi; Har bir o‘quvchining motivatsiyasini aniqlash uchun psixologik monitoringlar joriy etilishi; Shaxsiylashtirilgan topshiriqlarning tavsifini ishlab chiqish; O‘qituvchilar uchun yangi formatdagi metodik qo‘llanmalar tayyorlash. Kelgusidagi tadqiqotning yo‘nalishlari: Sun’iy intellekt asosida individual o‘quv yo‘nalishlarini yaratish; Ijtimoiy-emotsional o‘rganishga asoslangan motivatsion model ishlab chiqish; Raqamli platformalarda shaxsiylashtirilgan baholash tizimlarini joriy qilish.
Доказательный фрагмент
«Zamonaviy ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — o‘quvchilarning shaxsiy qobiliyatlari, ehtiyojlari va qiziqishlari asosida individual o‘quv yo‘nalishlarini shakllantirishdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюZamonaviy ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — o‘quvchilarning shaxsiy qobiliyatlari, ehtiyojlari va qiziqishlari asosida individual o‘quv yo‘nalishlarini shakllantirishdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kreativ fikrlash, o‘quvchi, muhit, ta‘lim jarayoni, motivatsiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026