К содержанию
РецензированоUZ1942

KARIMBOY QURAMBOYEV MUNAQQIDLIK FENOMENI

Jo’rayeva Zebiniso Ergashevna

Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 1942

Аннотация

Maqolada yuksak intellektual bilim, kuchli intuitiv qobiliyat va teran ijodiy eruditsiya birligi filologiya fanlari doktori, prof. K.Quramboyev munaqqidlik faoliyati misolida tadqiq qilinadi. Unda qardosh tillardan tarjima malakasi, adabiy aloqalar tadriji hamda ijodiy ta’sir omillariga e’tibor qaratiladi, buyuk siymolar ijodi tahlili tekshiriladi. XX asr 70-yillarida fan sahniga chiqqan mutaxassis nazariy tajribasi joriy adabiyotshunoslik aspektida umumlashtiriladi. Tayanch so’zlar: munaqqid, fenomen, bilim, eruditsiya, salohiyat, faoliyat, ijod. Karimboy Quramboyev 1942-yilning 10-noyabrida Toshhovuz viloyatining Toshhovuz tumanidagi Oltmish qishlog’ida ziyoli oilasida tavallud topdi. Qishloqdagi 20-o’rta maktabni tugatgach, 1960-yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti|)ning o’zbek filologiyasi fakultetiga o’qishga kiradi. Uni muvaffaqiyatli tamomlagandan so’ng, Toshhovuz tumani Hallang qishlog’idagi 2-umuta’lim maktabida o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi sifatida ishlay boshlaydi. 1967-1970-yillarda maktab direktori o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritadi. Ilm-fanga mayl uni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutiga yetaklaydi. XX asr 70-yillarida o’zbek adabiy tanqidchiligi maydoniga kirib kelgan K.Quramboyev ilmga tashnaligi, qiziquvchanligi va yuksak slohiyati bilan keng ilmiy jamoatchilik nazariga tushdi. O’zbekiston Fanlar akademiyasi Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti "Adabiy aloqalar" bo’limiga aspiranturaga qabul qilingan mutaxassis muddatidan avval, 1972-ilda O’zbekiston FA muxbir-a’zosi Yusuf Sultonov ilmiy rahbarligida "Adabiyotlarning o’zaro ta’siri va yozuvchi ijodining o’ziga xosligi" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi, 1992-yili esa K.Quramboyev Ashxobodda, Turkmaniston FA Maxtimquli nomidagi Til va adabiyot institutining ixtisoslashgan ilmiy kengashida "O’zga millat poetik tajribasi va uning milliy adabiyotlarning rivojlanishidagi roli" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya etadi. Yillar kesimida muallif qalamiga mansub 300 ga yaqin imiy maqola va tezislar, "Xidir Deryayev" (1977), "O’zbek-turkman adabiy aloqalari" (1978), "Maxtimquli she’riyati O’zbekistonda" (1984), "Ko’ngil bermish so’zimga…" (1992), "G’afur G’ulom va adabiy aloqalar" (G.Quramboyeva bilan hammualliflikda, 2006), "Adabiy ta’sirdan ijodiy o’ziga xoslikka" (2007), "Tarjima va tarjimon mas’uliyati" (2007), "Adabiy jarayon, ijod mas’uliyati, adabiy aloqalar" (2009) va "Maxtimquli – ilhom chashmasi" (2012) monografiya, risola, o’quv qo’llanma, darsliklar o’quvchi hukmiga havola etiladi. Olim fenomenini bir nechta qismga ajratish maqsadga muvofiq: adabiy aloqalar, tarjima nazariyasi, hozirgi adabiy jarayon! Munaqqid keng ilmiy jamoatchilikka jonkuyar, zahmatkash, talabchan mutaxassis mashhur, uning ilmiy talqinida nozik kuzatish va jonli mushoda bir-birini to’ldiradi, ilmiy matn xaritasini aniq chizish olim iqtidorini tavsiflaydi. Harakatdagi ijtimoiy-estetik hodisa sifatida adabiy tanqid sarhadlarini kengaytirishga intiladigan olim doimiy tarzda nazariy qarashlarni yangilab turadi, tamoyil, mezon va 104 baholash sathlarini o’zgartirish iqtidorli adabiyotshunos faoliytini bezash uchun xizmat qiladi. Farazdan faktga o’tish jarayonida muallif tavsiflash, adabiy an’aalarni ilg’or adabiyotshunoslik tajribasiga payvandlash, tanqidchilik paradigmasini belgilashda tafakkur vositachilik vazifasini belgilashda olim nazariy qarashlari muhim o’rin tutadi. O’zbek, qoraqalpoq, qozoq va turkman badiiy tizimini tadqiqot obyekti sifatida o’rganishga jazm qilgan mutaxassis madaniy hamkorlik rishtalariga e’tibor qaratadi, tahlil va talqinni fikrlash malakasi mustaqilligiga yo’naltiradi. Ayniqsa, adabiy aloqalar tagmatnida muallif nazariy ta’limoti yorqin namoyon boladi, mushohadalar zalvorli, mantiqiy asoslangan, kuzatish tezkorligi va tahlil teranligi olim siyratiga ajib bir harorat bag’ishlaydi. Har bir xalq ijod ruhiyatini puxta o’rganadigan munaqqid ijodiy fenomenida nazariy kenglik qabarib ko’rinadi. Umuman, prof. K.Quramboyev ilmiy-ijodiy fenomeni fakt va faraz aloqasini qayta tiklash mahorati, tahlil malakasida teranlashuv, falsafa hamda mantiq o’ziga xosligini hisobga olishida bo’rtib turadi. Olim talqinida ifoda va tasvir uyg’unlashadi, nazariy aqida va amaliy tasdiq bir- birini to’ldiradi, milliy va mental xususiyatlar daxlsizlanadi. Mutaxassis har bir maqola, tezis, risola, monografiyada kichik mavzuda katta falsafiy-umumnazariy qarashlar shiddatini taqdim etadi, adabiy ma’lumotlarni saralaydi, boyitadi, tartibga soladi. Joriy holatda muallif kredosi jamiyat ilmiy-ijtimoiy tafakkuriga uzluksiz ravishda ta’sir o’tkazadi.

Доказательный фрагмент

«Maqolada yuksak intellektual bilim, kuchli intuitiv qobiliyat va teran ijodiy eruditsiya birligi filologiya fanlari doktori, prof.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada yuksak intellektual bilim, kuchli intuitiv qobiliyat va teran ijodiy eruditsiya birligi filologiya fanlari doktori, prof. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijod., munaqqid, bilim, salohiyat, eruditsiya, fenomen, faoliyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники