К содержанию
РецензированоUZ2026

STEAM YONDASHUVI ASOSIDA BIOLOGIYANI O‘QITISH: TEXNOLOGIYA BILAN UYG‘UNLIKDA O‘RGANISH

UYG‘UNLIKDA O‘RGANISH · Nuriddinova Nozima Nuriddin qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This thesis analyzes the effectiveness of teaching biology through the STEAM approach integrated with modern technologies. It highlights how the integration of STEAM components in biology education fosters students’ practical skills and creative thinking. The paper discusses the use of digital tools and innovative technologies to enhance interdisciplinary learning and develop complex reasoning abilities in students. Keywords: STEAM approach, biology education, technology, innovative methods, digital learning, engineering thinking, AR/VR, interactive teaching, interdisciplinary integration. Kirish. Zamonaviy ta’limda fanga bo‘lgan yondashuv tubdan o‘zgarib bormoqda. An’anaviy bilim berish metodlarining o‘rnini innovatsion, o‘quvchini faol ishtirokchi sifatida shakllantiradigan yondashuvlar egallamoqda. Ayniqsa, STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvi — o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashi, muammoni hal qilish qobiliyati, hamkorlikda ishlashi va ijodiy tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan integratsiyalashgan o‘qitish modelidir. Biologiya kabi tabiiy fanlarni o‘qitishda STEAM yondashuvi orqali texnologiyani o‘quv jarayoniga tatbiq etish, o‘quvchilarni nafaqat nazariy bilimlarga, balki real hayotiy vaziyatlarda amaliy yechimlar topishga yo‘naltiradi. Bu esa biologiyaning tiriklik haqidagi fundamental tushunchalarini chuqurroq va samaraliroq o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Masalan, virtual laboratoriyalar, 3D modellashtirish, sensorli qurilmalar yoki sun’iy intellektga asoslangan ta’lim vositalari orqali o‘quvchilarga hujayra tuzilishi, genetik meros, ekotizimlar yoki inson organizmidagi biologik jarayonlarni interaktiv shaklda o‘rganish 115 imkoniyati yaratiladi. STEAM yondashuvi biologiyani boshqa fanlar, xususan, texnologiya va muhandislik bilan uyg‘unlashtirgan holda, o‘quvchining bilimga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi va ularni kelajakdagi innovatorlar sifatida shakllantiradi. Ushbu mavzuda olib borilayotgan tadqiqot biologiyani STEAM asosida texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirib o‘qitishning samaradorligini aniqlash, pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish hamda ta’lim jarayoniga yangicha metodikalarni joriy etish imkoniyatlarini tahlil qilishga qaratilgan. Adabiyotlar tahlili. So‘nggi yillarda ta’limda integratsiyalashgan yondashuvlar, xususan, STEAM modeli bo‘yicha o‘qitish konsepsiyasi global miqyosda keng qo‘llanila boshladi. STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) modeli fanni o‘rganishni amaliy faoliyat, ijodiy fikrlash va real muammolarni hal qilish bilan bog‘laydi. Ko‘plab xorijiy va mahalliy tadqiqotlarda bu yondashuv o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda samarali vosita sifatida baholanadi. Masalan, Yakman (2008) tomonidan ilgari surilgan STEAM modeli integratsiyalashgan o‘qitish orqali o‘quvchilarni real hayotiy muammolar asosida o‘ylashga undaydi. Beers (2011) esa STEAM asosidagi ta’lim o‘quvchilarning nafaqat bilimlarini, balki kasbiy yo‘nalishini ham shakllantirishda muhim omil ekanini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, tabiiy fanlar, ayniqsa biologiya, texnologiya va muhandislik bilan uyg‘un holda o‘rganilsa, bu fanlar o‘quvchida yanada chuqurroq tushunchalar hosil qiladi. Mahalliy olimlar, masalan, Qodirova Z. (2021) va Nazarov A. (2022) o‘z tadqiqotlarida O‘zbekiston ta’lim tizimida STEAM elementlarini joriy qilish bo‘yicha tajribalarni o‘rganib chiqqan. Ularning fikricha, biologiya fanini raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish — o‘quvchilarning laboratoriya ko‘nikmalarini rivojlantirish, tajribalarni vizual va interaktiv tarzda o‘rganish imkonini beradi. Bundan tashqari, biologiyani o‘qitishda virtual laboratoriyalar, 3D modellar, sensor qurilmalar, sun’iy intellektga asoslangan ilovalar kabi texnologik vositalarni qo‘llash orqali biologik jarayonlarning chuqur o‘zlashtirilishi kuzatilgan (Smith & Roberts, 2020; Kim et al., 2019). Ayniqsa, inson fiziologiyasi, genetik meros, hujayra tuzilmasi kabi mavzularni interaktiv vositalar orqali o‘rganish o‘quvchilarda ilg‘or tafakkurni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, biologiya fanini STEAM yondashuvi asosida va zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘un holda o‘qitish — ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirish va ularning real hayotga tayyorlanishini ta'minlashda muhim omil hisoblanadi. Shu bois bu yo‘nalishda tajriba va tadqiqotlarni chuqurlashtirish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Tadqiqot metodlari. Ushbu tadqiqotda biologiya fanini STEAM yondashuvi asosida va texnologik vositalar bilan uyg‘unlashtirib o‘qitishning samaradorligini aniqlash maqsad qilingan. Shu asosda tadqiqot quyidagi metodlar asosida olib borildi: 1. Nazariy tahlil usuli Ilmiy adabiyotlar, maqolalar, xalqaro va mahalliy tadqiqotlar, metodik qo‘llanmalar tahlil qilindi. Xususan, biologiya fanini integratsiyalashgan holda o‘qiti

Доказательный фрагмент

«This thesis analyzes the effectiveness of teaching biology through the STEAM approach integrated with modern technologies.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis analyzes the effectiveness of teaching biology through the STEAM approach integrated with modern technologies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
STEAM approach, biology education, technology, innovative methods, digital, AR, interaktiv o‘qitish, muhandislik fikrlash, fanlararo integratsiya., VR, texnologiya, innovatsion metodlar, STEAM yondashuvi, biologiya ta’limi, raqamli ta’lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники