Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHUST PICHОQCHILIGI KASB-HUNAR TERMINLARINING TARIXIY-MADANIY AREAL XUSUSIYATLARI
AREAL XUSUSIYATLARI · Raxmatullayev Anasxon Xamidullo o‘g‘li
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
В статье приводится профессиональная лексика на узбекском языке, термины, относящиеся к сфере ножеделия: названия ножей и их частей, а также комментарии по историко-культурным ареальным особенностям профессиональной терминологии чустского ножеделия. Ключевые слова: язык и культура, национальный язык, литературный язык, профессиональная лексика, ножеделие, ножеделие - нож, бритва, кинжал, ранний палеолит, режущее оружие, бронзовый век, медь, железо и латунь, чустское ножеделие. Annotation. The article provides professional vocabulary in the Uzbek language, terms related to the field of knifemaking: names of knives and their parts, as well as comments on the historical and cultural areal features of the professional terminology of Chust knifemaking. Key words: language and culture, national language, literary language, professional vocabulary, knifemaking, knifemaking - knife, razor, dagger, early Paleolithic, cutting weapons, Bronze Age, copper, iron and brass, Chust knifemaking. Pichoqning tuzilishi va uning bezagi va nomlari. Pichoq uchta qismdan tigʻ, dasta va qindan iborat. Tigʻ – pichoq tigʻi (mеtаll jоyi), pichoqning gulbanddan yuqo-rigi, yaʻni kesadigan ismi. Qadimdan tigʻni oʻtkirlash va silliqlashga katta eʻtibor beril-gan. U bigiz, qalam, naqsh, naycha qalam kabi oʻygʻich qalamlar bilan bezatiladi. Toʻgʻri tigʻli pichoq, tigʻi tol bargini eslatuvchi, oʻtkir tigʻli birmuncha tepaga qayrilgan oʻtkir tigʻli, tigʻi-da chuqurchasi yoki tishlari boʻlgan pichoqlar boʻladi. Pichoq dastasi – dasta har xil boʻlib, oʻziga yarasha usullarda yasaladi. Ular suqma dasta, yorma dasta hamda naqshinkor dastalar boʻladi. Suqma dasta – pichoqchiliqda suqma con deb ham yuritiladi. yogʻoch, shoh suyaq metall va bosh-qalarni ichini teshib, dumga suqib, mahkam qilinadi. Yorma dasta – pichoqchilikda, metall sopining ikki y uziga yorma yogʻoch, suyaq shox va boshqalarni boʻlaklari oʻrnatilgan pichoq. Pichoq dastalari hayvon shoxi, suyagi, tishi, metall, yogʻoch ham-da plastmassa va boshqa materiallardan ishlanadi. Dastalarni ishlashda uning materialini, fakturasini hamda koʻrinishini saqlab qolishga harakat qilingan Qin – pichoq, qilich, xanjar va boshqa asbob-larni solib qoʻyish uchun mahsus moslama. U charmdan, baʻzida matodan, uchiga, dasta qismiga metall qadab mustahkamlab tayyorlanadi. Qinlar pichoqdan oʻngʻay, qulay foydalanish uchun hamda qoʻshimcha badiiy bezak sifatida ham ishlatiladi. Qinni gazlama, metall, teri, yogʻoch va boshqalar-dan ishlanadi). Qinni bezash uchun 123 quroq kashta chekanka va boshqalar ishlatiladi. Ular teriga badiiy oʻyma naqshlar berishda ishlatiladi. Pichoqlarni ustalar har xil texnik usullarda bezaganlar. Metall ishlashda quyish, shtampovka, metallni issiq va sovuq ishlash, oʻymakorliq gravirovka, oltin suvi yugurtirish, oʻyish, sil-liqlash hamda pardozlash usullarini qoʻllaganlar. Ustalar poʻlatdan qilingan pichoq tigʻlariga metall ustidan tilla suvi yugurtirib kertik qilinib pichoqlarni ajoyib koʻrinishga keltir- ganlar. Ular pichoqlarni silliqlash hamda pardoz berish natijasida tigʻlarini oynadek yalti- ratishgan. Dastasi va uchini kumushdan oʻyma naqshlar qilib bezatishgan. Pichoqchilik hunarmandchiligida ishlatiladigan materiallar nomi. Pichoq temir yoki poʻlatdan ishlanadi. Bronza davrida pichoqlarni misdan va bronzadan yasashgan. Keyinchalik temir kashf etilgandan keyin temir pichoklar yasalgan. Pichoq qinini tayyorlash uchun teri, gazlama, metall, yogʻoch va boshqalar ishlatiladi. Uni bezash uchun esa kashta, quroq, chekanka va boshqa materiallar ishlatiladi. Pichoq bandi yogʻochdan, mol shoxi, fil suyagi yoki tishidan yasaladi. Pichoqchilikda pichoq tigʻini tayyorlashda zok ishlatiladi. Zok – pichoqchilikda mis kuporosi, ruscha «jelezniy koporos» degani. Zok pichoq tigʻini zanglashdan saqlash uchun ishlatiladigan modda. Bu poroshok zok degan joydan olingani uchun shunday nom bilan yuritiladi. Bu poroshok suvda eritib tampon bilan pichoq tigʻini artiladi. Pichoq tigʻi qoramtir tusga kirib, zanglamaydigan va puxta boʻladi. Hozirgi paytda bu kimyoviy usulda amalga oshiriladi. Pichoqning bandini ishlashda gulband va har xil qimmatbaho toshlar ham ishlatiladi. Gulband – pichoqchilikda ishlatiladigan material, pichoqning boʻyni, mahkam boʻlishi, sinib ketmasligi uchun suyak, yogʻoch, shox qismlarining tushib ketmasligi uchun oʻrnatiladigan babbit yoki qalay. Qalay yoki babbit eritilib, koviya bilan yopishtiriladi. Keyin uning yuzi silliq- lanib pardozlanadi, Gullar solinadi yoki qimmatbaho toshlar bilan bezaladi Piston – pichoqchilikda pichoqning dastasiga qadimgi sadafni atrofiga aylantirib qoʻyilgan halqa sim boʻlib sadafni max; kam. tortib turadi. Temirchi kabi pichoqchi usta ham doʻkonda oʻchoq, dam, sandon, bozgʻon, egov, bolgʻa va boshqa juda koʻp asboblar bilan ishlaydi. Shulardan baʻzi birlarini koʻrib chiqamiz Tigʻombir – pichoq tigʻini yasashda chardani qimchib ushlab turishda ishlatiladigan poʻlat ombird. Ustalarimiz turli asboblarni oʻzlari yaratganlar. Birinchi marta ombirn
Доказательный фрагмент
«В статье приводится профессиональная лексика на узбекском языке, термины, относящиеся к сфере ножеделия: названия ножей и их частей, а также комментарии по историко-культурным ареальным особенностям профессиональной т…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье приводится профессиональная лексика на узбекском языке, термины, относящиеся к сфере ножеделия: названия ножей и их частей, а также комментарии по историко-культурным ареальным особенностям профессиональной т… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- language and culture, national language, literary language, professional, xanjar, pichoq yasash – pichoq, kesuvchi qurollar, Chust pichоqchiligi., mis, kasbiy lug‘at, ilk paleolit, adabiy til, temir va mis, milliy til, bronza davri, ustara, pichoq yasash, til va madaniyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026