К содержанию
РецензированоUZ2026

TARIXIY O‘LKASHUNOSLIK DARSLARI ORQALI TALABALARDA TAHLILIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI · Yuldasheva Nilufar Nazarovna

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘ka tarixini o‘rganish yoshlarni avlodlarimizning ko‘p ming yillik madaniy va ma’naviy merosi, ularning jahon ilmiy tafakkuri va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan tanishtirish, madaniyatimiz benazir allomalari nomlarini hurmat bilan tilga olish, ular bilan faxrlanishga, milliy iftixor tarbiyasini amalga oshirish hamda tahliliy tafakkurni rivojlantirish haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: tarix, ta’lim jarayoni, ma’ruza, individual mashg‘ulot, bilimlar majmuasi, klassifikatsiya, dars variantlari, jozibali dars, integratsiya, amaliy metod, ko‘nikma, malaka, tahlil. O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi o‘zbek xalqining ma’naviy va ma’rifiy hayotida butunlay yangi bir davrni boshlab berdi. Shu boisdan ham “Tarixiy o‘lkashunoslik” fani yoshlarimizga ta’lim-tarbiya asoslarini davr talabi darajasida olib berishda alohida ahamiyat kasb etadi. “Men barchangizni tarixni o‘rganishda yanada uyg‘oq, yanada faol bo‘lishga chaqirmoqchiman. Tarixga sergak qaragan odamgina doimo hushyor va ogoh bo‘lib yashaydi. Bugungi vaziyatga ham kelgusi jarayonlarga ham xolis va haqqoniy baho bera oladi. Bu esa hozirgi murakkab va shiddatli zamonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, yuksak taraqqiyotga erishishning eng muhim shartidir”[1]. Ta’lim tizimi rivojlanishining bugungi kundagi bosqichida jahon mamlakatlarida, jumladan, AQSH, Yaponiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya va Yevropaning iqtisodiyoti rivojlangan boshqa davlatlarida ta’limning tashkiliy va boshqaruv tuzilmalari, ularning rivojlanishlariga muhim ahamiyat qaratilib kelinmoqda[2]. Taniqli tarixchi-metodist olim A.I.Strajev tarix o‘qituvchilari uchun egallashi zarur bo‘lgan bilim va metodik mahorat xususida fikr yuritar ekan, shunday yozadi: - birinchidan, tarixni ilmiy-metodologik jihatdan batafsil o‘zlashtira olishi; - ikkinchidan, turli sohalar bo‘yicha aniq tarixiy bilimlar bilan qurollangan bo‘lishi; - uchinchidan, keng miqyosdagi umummadaniy, umumbashariy dunyoqarashga ega bo‘lishi; - to‘rtinchidan, pedagogik va psixologik bilimlarni o‘z ichiga olgan, mustaqil pedagogik fan va san’at sifatida shakllangan fan – tarix o‘qitish metodikasi bilan har tomonlama qurollangan, zamonaviy tarix o‘qituvchisiga xos sifatlar majmuining sohibi bo‘lishi kerak”[3]. Dars jarayonida har bir mavzuning mazmuniga qarab bu talablar konsentratsiyasini amalga oshirib borish, shubhasiz dars samaradorligini talabalarda tahliliy tafakkur etish qobiliyatlarini tizimli ravishda kamol toptirishda katta rol o‘ynaydi. Darsga bo‘lgan talablardan yana bir muhim komponenti uning maqsadini to‘g‘ri belgilash hisoblanadi. Metodik adabiyotda bu xususda bir necha fikr mavjud. Masalan, V.G.Karsev: “Darsning maqsadi darsda o‘rganiladigan masalalarning mohiyatini ochib berishdan, uning asosiy g‘oyasini, asosiy ma’nosini talabalarning dars davomida asosiy xulosa sifatida anglab olishlari va idrok etishlari kerak bo‘lgan narsani belgilashdan iborat bo‘lishi lozim” deb ko‘rsatadi. A.A.Vagin va N.V.Speranskaya, V.G.Karsevning har bir darsning umumiy g‘oyaviy-nazariy yo‘nalishini belgilash kerak, degan fikrlariga qo‘shilish o‘rinlidir. Biroq, shu bilan birga tarixiy 128 o‘lkashunoslik darsi oldiga qo‘yiladigan maqsadlarni to‘g‘ri belgilashda birinchidan, mazkur dars mazmunida eng muhim narsa nima ekanligini va talabalarning tarixni ilmiy asosda tushunib olishlariga, ularni umuminsoniy ma’naviyat ruhida tarbiyalashga qanday hissa qo‘shishi lozimligini aniqlab olish kerak. Ikkinchidan, talabalardagi mavjud bo‘lgan tarixiy malakalarning namoyon bo‘lish darajasiga va uning rivojlantirish umumiy tizimiga asoslangan holda, talabalarda muayyan malakalarni shakllantira borish vazifasini ayrim darslarning maqsadlaridan biri qilib qo‘yish foydalidir. Tarixiy o‘lkashunoslik darslarining samaradorligida rentabelli darslik muhim rol o‘ynydi. Biroq, darslik qanchalik takomillashgan bo‘lmasin, o‘qituvchining jozibali ma’ruzasi yoki suhbati o‘rnini egallay olmaydi. Darslik qanchalik takomillashgan bo‘lganligiga qaramasdan, hayotning hamma tomonlarini o‘z ichiga qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Shunday ekan, dars davomida u yoki bu mavzuni bayon etishda o‘qituvchi unga ijodiy yondashishi, o‘rganilayotgan tarixiy davrni turmush bilan uzviylikda bog‘lab o‘rganishga erishishi lozim. Tarixiy o‘lkashunoslik darsi, uning xillari va tuzilishi xususida bayon etilgan fikrimiz garchi bu muammo bo‘yicha so‘nggi mezon bo‘lmasa-da, bunda O‘zbekiston Respublikasi miqyosida umumlashtirilgan ilg‘or tajribalar asos qilib olingan. Dars - o‘quv jarayonining asosiy tashkiliy shakli bo‘lib, unda o‘qituvchi aniq belgilangan dars doirasida talabalarning doimiy tarkibi bilan qat’iy jadval bo‘yicha shug‘ullanadi, jamoaviy bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, o‘quv dasturiga o‘zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi. Dars o‘quv ishini tashkil qilishning asosiy shakli bo‘lsa-da, u ta’limning boshqa shakllarini: ma’ruza, amaliyot, l

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘ka tarixini o‘rganish yoshlarni avlodlarimizning ko‘p ming yillik madaniy va ma’naviy merosi, ularning jahon ilmiy tafakkuri va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan tanishtirish, mada…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘ka tarixini o‘rganish yoshlarni avlodlarimizning ko‘p ming yillik madaniy va ma’naviy merosi, ularning jahon ilmiy tafakkuri va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan tanishtirish, mada… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bilimlar majmuasi, tahlil., ko‘nikma, individual mashg‘ulot, jozibali dars, dars variantlari, ta’lim jarayoni, ma’ruza, tarix, amaliy metod, malaka, klassifikatsiya, integratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники