К содержанию
РецензированоUZ2026

PEDAGOGIKA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING AXBOROT BILAN ISHLASH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH

ISHLASH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH · Temirov Oybek Mamatxo‘ja o‘g‘li

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur tezisda pedagogika va psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni axborot bilan ishlashga o‘rgatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) samarali foydalanishning nazariy asoslari, amaliy imkoniyatlari va pedagogik-mahorat darslaridagi integratsiyasi yoritiladi. Kalit so‘zlar: Axborot bilan ishlash malakasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, pedagogik mahorat, raqamli ta’lim, interaktiv o‘qitish, media savodxonlik, axboriy pedagogika. Bugungi axborot asrida zamonaviy pedagog oldida turgan muammolarni hal etish yo‘llarini izlar ekanmiz axborotning uzluksiz o‘zgarib borishi, yangiliklarning keng masshtabda tarqalishi va raqamli vositalarning o‘quv jarayoniga chuqur kirib kelishi axborot bilan ishlash malakasini shakllantirishni ustuvor vazifaga aylantirmoqda. Bo‘lajak pedagoglarda va ayniqsa, pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarida bu malakani shakllantirish ularning kelajakdagi pedagogik va kasbiy faoliyatlarida axborotning to‘g‘ri va samarali tahliliga tayangan holda qaror qabul qilish qobiliyatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi [1]. O‘qituvchining pedagogik qobiliyatlarini shakllantirish va tarbiyalash jarayonida axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish nafaqat o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshiradi, balki uning o‘z-o‘zini rivojlantirishga ham xizmat qiladi [2]. Axborot bilan ishlash malakasi. Axborot bilan ishlash malakasi – bu o‘quvchining yoki talabaning: kerakli axborotni topish,uni tahlil qilish va saralash, manbaga tanqidiy yondashish, ma’lumotni qayta ishlash, tuzish, taqdim etish, axborot manbalari asosida mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini anglatadi [3]. Bu malakalar, bo‘lajak pedagoglar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki zamonaviy o‘quvchi axborotga boy sharoitda ulg‘aymoqda va unga ta’lim berayotgan pedagog undanda bilimli, idrokli, moslashuvchan bo‘lishi kerak. Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishi talabalari o‘quv rejasida keltirilgan “Pedagogik mahorat” fani nafaqat o‘qitish metodlari, dars tahlili, kommunikativ ko‘nikmalarni o‘rgatadi, balki o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirishi, raqamli kompetensiyasini oshiradi [4]. Bu jarayonda AKT vositalari o‘z o‘rniga ega. Pedagogik mahorat fanining asosiy yo‘nalishlari orqali: talabaning dars uchun material tanlashi (axborot saralash), turli metodik vositalarni solishtirib tahlil qilishi (kritik fikrlash), o‘quv loyihalarini ishlab chiqishi (axborotni tuzish va ishlab chiqish), o‘z ishini virtual formatda taqdim etishi (vizualizatsiya) kabi axborot bilan ishlashga oid ko‘nikmalar rivojlanadi [5]. Talabalarning axborot bilan ishlash malakasining rivojlanishini baholashda quyidagi mezonlar qo‘llaniladi: -Axborot tanlashda aniqlik; -Manbaga tanqidiy yondashish; -Axborot asosida yakuniy qaror yoki xulosa chiqarish; 14 -Axborotni tushunarli va lo‘nda taqdim etish; -O‘z fikrini asoslab berish. Bu mezonlardan kelib chiqib talabalarda refleksiv yondashuvni shakllantirish orqali ularda o‘z-o‘zini tahlil qilish, ish usullarini qayta ko‘rib chiqish kutiladi. Biz talablarda axborot bilan ishlash malakalarini shakllantirish jarayonidagi ayrim muammolar va ularga yechimlarni aytib o‘tamiz. Muammo 1: Talabalarning AKT savodxonligi past Yechim: maxsus treninglar, mustaqil topshiriqlar orqali raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish. Muammo 2: Axborot manbalariga baho berishda sustkashlik Yechim: tanqidiy fikrlashni o‘rgatuvchi mashg‘ulotlar, sun’iy intellekt vositalari bilan parallel tahlil. Muammo 3: Ko‘chirishga moyillik (plagiat) Yechim: original fikrga asoslangan topshiriqlar, plagiatni aniqlovchi vositalar (Turnitin, PlagiarismCheck). Biz bugungi kundagi muammolarning ayrimlarinigina keltirib o‘tdik va bularni bartaraf etish orqali talablarda, bo‘lajak o‘qituvchilarda axborot bilan ishlash malakalarini takomillashtirishga erishish mumkin deb hisoblaymiz. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, “Pedagogik mahorat” fani doirasida axborot bilan ishlash malakalarini AKT orqali shakllantirish, pedagogika va psixologiya yo‘nalishidagi talabalar uchun muhim tayyorgarlik bosqichidir. Bu nafaqat ularning kasbiy kompetensiyasini rivojlantiradi, balki raqamli jamiyatda mustaqil va ongli qaror qabul qiluvchi shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Sun’iy intellekt, interaktiv platformalar, media vositalar – bularning barchasi ta’limning sifatini oshirish, axboriy madaniyatni shakllantirishda muhim vositalardir.

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda pedagogika va psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni axborot bilan ishlashga o‘rgatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) samarali foydalanishning nazariy asoslari, amaliy…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda pedagogika va psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni axborot bilan ishlashga o‘rgatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) samarali foydalanishning nazariy asoslari, amaliy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
interaktiv o‘qitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axboriy pedagogika., media savodxonlik, pedagogik mahorat, Axborot bilan ishlash malakasi, raqamli ta’lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники