Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING TASAVVURINI RIVOJLANTIRISHDA SEMIOTIKANING ROLI
SEMIOTIKANING ROLI · Abdusamatov Alisher Sobirovich
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kichik yoshli o’quvchilarga semiotik yondashun asosida semiotikaning sohalari va ularning chegaralari hamda turlari, semiotika jihatlarining ahamiyati, tarixi va qo‘llanilishi, zarur pedagogik shart-sharoitlari, olimlar va ularning qarashlari, semiotikaning tarmoqlari, yo‘nalishlari va qo‘llanilishi haqida ma’lumot berilgan. kundalik hayotimizda. Undan qanday foydalanishimiz aytib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Semiotika, ta’lim, ta’lim tizimi, falsafa, semasiologiya, pragmatika, sintaktika. Borliqning tasavvurda manzara hosil qilishiga, ya’ni bilish ob’ekti elementlarining shaxs tomonidan anglanishiga xizmat qiluvchi tushunchalar bizning ongimizda xayoliy (fikriy) timsollar yoki tasavvuriy modellar ko’rinishida mavjud bo’ladi. Hamonoki, ta’lim oluvchi ongida bunday timsollar mavjud bo’lmas ekan, atrof-borliq xossalarini namoyon etguvchi faktlar o’zlashtirilmaydi, binobarin, shaxs takomili amalga oshmay qolaveradi. Unutmaslik lozimki, xayoliy (fikriy) timsollar surat emas: ularni inson miyasining boshqa qismi fikrlash faoliyati olib boriladigan miya qismiga tasvir sifatida taqdim etadi, deb o’ylash xato. Xayoliy timsollar – sub’ektning olam manzarasi haqidagi tasavvurlarini mujassam etuvchi shartli belgilarning tizimlashtirilgan majmuasidir [3]. Yuqoridagi xulosalardan bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida xayoliy (fikriy) timsollar majmuasini shakllantirish tamoyillarini yuzaga chiqarish mumkin bo’ladi. Bu tamoyillarga quyidagilar kiradi: Individuallik va sub’ektivlik tamoyili. Ya’ni inobatga olish lozimki, xayoliy (fikriy) timsollar individual va sub’ektivdir. Bu hol esa bilish ob’ektlar haqida shakllana boradigan fikriy timsollarning adekvatlik darajasi va ularning boshlang’ich ta’lim dasturiga kiruvchi o’quv fanlari mazmun-mundarijasiga muvofiqligini o’rganish muammosini keltirib chiqaradi. Bilishning mohiyati va tabiati xususidagi Aristotel` qarashlaridan kelib chiqiladigan bo’lsa, fikriy timsollar – mavjudiyatning alohida elementlarda namoyon bo’luvchi xususiyatlarini o’rganishga qaratilgan tahliliy-umumlashtiruvchi faoliyat natijasida shakllanadigan fikriy yaralmadir (konstruktdir). Bunday xususiyatga ega bo’lgan faoliyat o’z-o’zidan assortorik mulohazalarga olib kelishiga qaramasdan, u tadqiq etilayotgan hodisani (ob’ektni) o’rganishdagi muhim bosqichdir. Axborotni vizuallashtirish tamoyili. Bolada ijodiylikni (ijodiy tafakkurni ham deyish mumkin) rivojlantirishga qaratilgan ta’limda fikriy timsollarning adekvatligi ta’lim oluvchining tahliliy-umumlashtiruvchilik faoliyati asnosida olingan natijalarning ta’lim jarayonida axborotning vizuallashtirilishi, ya’ni «ko’rinmas ob’ektni shartli belgilar yordamida ko’rinuvchi ob’ektlarga aylantirish» orqali «gomomorfizm+oddiylik» formulasi asosida ta’minlanishi mumkin [1]. 16 Bu formulaning ma’nosi shuki, belgilar orqali vizuallashtirilgan fikriy (xayoliy) timsollar muayyan darajada moddiylik xususiyatlarini oladi va bu xususiyatlar o’quv fanlariga oid tushunchalarning mazmunini adekvat tarzda aks ettiradi. «Agar belgilar (ishoralar) timsolni to’liq aks ettira olsa, ular o’zida mujassam etilgan mavjudlikning bir qismiga aylanadi» [2]. Yangi davr Yevropa ratsionalizmi vakillari (Dekart, Bekon, Spinoza) timsollar orqali fikrlashning arxaik tafakkurga xos bo’lgan elementlarini inkor etadilar. Murakkab tizimlarni o’rganishga bag’ishlangan zamonaviy tadqiqotlarda timsolli fikrlashning zarurati tabiat, atrof-borliq sirlarini arxaik darajadan ko’ra yuksakroq darajada anglab yetishga imkon yaratadi. Demak, ushbu o’rinda axborotni vizuallashtirish tamoyilini o’rinli deb hisoblash mumkin, shuningdek, «gomeomorfizm+oddiylik» formulasining mohiyati quyidagicha talqin etiladi: - muammoli vaziyatning ko’rgazmali tasvirida faqat va faqat ayni muammoli vaziyatning yechimi bilan bog’liq, shu bilan birga tadqiqot predmeti hisoblangan mavjudlik (ob’ekt) ga aloqador xususiyatlargina aks etadi. V.P. Zinchenkoga ko’ra, ko’rgazmali belgilar vositasida bilish ob’ekti timsolini yaratish fikrlash va umumlashtirishning alohida ko’rinishi hisoblanadi, umuman, ob’ekt haqidagi bu tarzda fikrlash vizual semantika deb yuritiladi. Har qanday bilish ob’ekti ham bilim manbasi hisoblanadi va umumqabul qilingan belgilar (ramzlar) yordamida ma’lum ma’noda «moddiylashtiriladi». Qabul qilingan ishora va belgilar (ramzlar, timosllar): - birinchidan, muayyan ob’ektning belgisi (nomlanishi) hisoblanadi; - ikkinchidan, har qanday belgi kabi aynan o’zi ifoda etadigan ob’ektga xos va boshqa har qanday ob’ektga hech qanday aloqador emas; - uchinchidan, ushbu belgi (ramz) bilan ifoda etiladigan ob’ektga denonatlik munosabatida bo’lgan boshqa ob’ektning o’rnini bosa olmaydi. Metodologiya nuqtai nazaridan bilish ob’ektiga oid timsolli fikrlarni bunday (ya’ni belgi, ramziy belgilar, sxemalar orqali) ifodalash o’quv harakatlari qaratilgan ob’ektni to’liq qamrab oladi. Qolaversa, bunday belgilar turli ma’nolarni ifodalash, ikki fikrlilik kabi holatlarni to’liq
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kichik yoshli o’quvchilarga semiotik yondashun asosida semiotikaning sohalari va ularning chegaralari hamda turlari, semiotika jihatlarining ahamiyati, tarixi va qo‘ll…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kichik yoshli o’quvchilarga semiotik yondashun asosida semiotikaning sohalari va ularning chegaralari hamda turlari, semiotika jihatlarining ahamiyati, tarixi va qo‘ll… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ta’lim, sintaktika., pragmatika, falsafa, ta’lim tizimi, semasiologiya, Semiotika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024