The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
IQLIM O‘ZGARISHINING TA‘SIRINI OLDINI OLISH HAMDA UNGA MOSLASHISH BO‘YICHA OʻZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN HARAKATLAR
Aliyev Azizbek · Алиев Азизбек
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
In recent years, many parts of the Central Asian region have been experiencing a trend of unusually cold winters and hot summers, leading to the melting of 144 glaciers and permafrost in the Pamir and Tien Shan mountains. The risk of heavy rains, droughts, floods and mudflows is increasing. This, in turn, can exacerbate existing problems such as climate change impacts on water resources, agriculture and human health, desertification of certain territories, and degradation of ecosystems and natural resources. This article provides information on programs and actions being implemented in Uzbekistan to prevent the impact of climate change, mitigate its consequences and adapt to climate change. Keywords: Uzbekistan, climate change, Central Asia, global, action, human health, region, water resources, hot weather, abnormal cold, drought, natural disaster, "Green" economy. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida dunyo bo‘yicha o‘rtacha harorat har qachongidan ham yuqori bo‘lgan. Prognozlarga ko‘ra, harorat ko‘tarilishi shu tarzda davom etsa, 2050-yilga kelib, dunyoning oltita mintaqasida 216 million kishi, shu jumladan Markaziy Osiyoda 5 million kishi iqlim qochqinlariga aylanadi. Bugungi kunda ro‘yxatga olingan tabiiy ofatlar soni 1970-yilga nisbatan 5 barobar ko‘pni tashkil etmoqda. So‘nggi 20 yil ichida tabiiy ofatlar 1,2 milliondan ziyod odamni bevaqt xayotdan ko‘z yumishiga sababchi bo‘ldi, iqtisodiy zarar esa 3 trillion dollardan ortiq miqdorni tashkil etdi. Kelgusi 30 yil ichida iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlari jahon iqtisodiyotiga 8 trillion dollar zarar keltirishi taxmin qilinmoqda. 2050-yilga kelib esa iqlim o‘zgarishi oqibatida dunyoda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 3 %ga kamayishi kutilmoqda. Xozirgi kunda zamonaviy ilmiy hamjamiyat “global isish” atamasidan asta sekin yuz o‘girmoqda, chunki sayyoramizda sodir bo‘layotgan iqlim o‘zgarishlari jadalligi yildan-yilga ortmoqda. Shuning uchun “global isish” atamasidan ko‘ra “global iqlim o‘zgarishi” degan atama ko‘proq mos keladi. Yerning turli mintaqalaridagi meteorologik kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, iqlim o‘zgaruvchanligi va issiqxona effekti sayyoramiz atmosferasi shakllanganidan so‘ng paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari iqlim o‘zgarishiga eng ko‘p uchraydigan va zaif hisoblanadi. Bu yerdagi havo harorati sayyoramizdagi o‘rtacha haroratdan 1,7 baravar tezroq o‘smoqda, bu esa muzliklar maydoni qisqarishiga olib kelmoqda, ularning hajmi so‘nggi 50 yil ichida deyarli 32% ga kamaydi. Bu esa daryolar oqimini kamaytiradi, mintaqaning oziq-ovqat va energiya xavfsizligi uchun xavf tug‘diradi. Global iqlim o‘zgarishi natijasida so‘nggi 50-60 yil ichida mintaqaning muzliklar maydoni taxminan 30% ga kamaydi. 2050-yilgacha Sirdaryo havzasida suv resurslari 5% gacha, Amudaryo havzasida esa 15% gacha kamayishi kutilmoqda. 2050-yilga kelib Markaziy Osiyoda toza suv yetishmovchiligi yalpi ichki mahsulotning 11% ga pasayishiga olib kelishi mumkin1. O‘zbekistonda ham iqlim o‘zgarishi sodir bo‘layotganini ko‘rish uchun maxsus asbob- uskunalar talab qilinmaydi. Misol uchun, 2007-2008-yillar qish oylarida butun mamlakat bo‘ylab termometr ustunlari - 200C gradusgacha tushib ketdi. 2009- yilda esa buning aksi bo‘ldi: yanvar oyining o‘rtalarida havo harorati juda yuqori bo‘ldi, taxminan +100C issiq. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonda suv tanqisligini kuchaytirishi, 1 2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish Konsepsiyasi//Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10 .2019-y., 06/19/5863/3979-son. 145 qurg‘oqchilikning davomiyligini uzaytirishi, shuningdek, iqtisodiyotning suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Agar 2015-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda umumiy suv tanqisligi 3 milliard kub metrdan ziyod boʻlgan boʻlsa, 2030-yilga kelib u 7 milliard kub metr, 2050-yilga kelib 15 milliard kub metrni tashkil qilishi mumkin. So‘nggi 15 yil ichida aholi jon boshiga suv bilan ta‘minlanganlik 3048 kub metrdan 1589 kub metrga kamaydi. Bundan tashqari, hududda suvdan oqilona foydalanish bilan bog‘liq muammolar mavjud. So‘ngi ma‘lumotlarga ko‘ra, mintaqaning ba’zi mamlakatlarida suvdan foydalanish tanqidiy darajaga (100% dan ortiq) yetdi. Xususan, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 169%, Turkmanistonda esa 144% ni tashkil etadi. Tojikistonda suv tashvishlari o‘rtacha 62% deb baholanadi. Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham shirin suvdan foydalanish ko‘rsatkichlari jahon darajasidan yuqori bo‘lib, mos ravishda 50% va 33% ni tashkil etadi. O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bu borada institutsional baza mustahkamlandi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi to‘liq isloh qilindi, O‘rm
Доказательный фрагмент
«In recent years, many parts of the Central Asian region have been experiencing a trend of unusually cold winters and hot summers, leading to the melting of 144 glaciers and permafrost in the Pamir and Tien Shan mounta…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn recent years, many parts of the Central Asian region have been experiencing a trend of unusually cold winters and hot summers, leading to the melting of 144 glaciers and permafrost in the Pamir and Tien Shan mounta… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Uzbekistan, climate change, Central Asia, global, action, human health, region, iqlim o‘zgarishi, “Yashil” iqtisodiyot., anomal sovuq, issiq havo, suv resurslari, Markaziy Osiyo, harakat, O‘zbekiston, mintaqa, qurg‘oqchilik, tabiiy ofat, inson salomatligi
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021