Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
BOBUR SHE’RLARIDA INSON RUHIYATI VA KECHINMALARI TASVIRI
Omonkeldiyeva Maftuna Murodullo qizi · Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning she’riy merosida inson ruhiy holatlari va ichki kechinmalarining badiiy-estetik ifodasi tahlil qilinadi. Maqolada shoirning g’azallarida ask etgan asosiy g’oyaviy-estetik yo‘nalishlar- insoniy fazilatlar, axloqiy poklik, vatan sog’inchi, muhabbat va dunyoning o‘tkinchiligi kabi mavzular poetic struktura asosida tahlil etiladi. Mazkur tadqiqot ishida “Boburnoma”dagi lirik parchalar ham tahlil etilib, ularda shoirning ruhiy holati, ma’naviy izlanishlari hamda estetik qarashlari ifodasining o‘ziga xos jihatlari ilmiy asosda ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: She’riy meros, ichki kechinma, inson ruhiyati, tasavvuf, ruhiy poklanish, vatan sog‘inchi, falsafiy timsollar. Annotation: This article analyzes the artistic and aesthetic expression of human mental states and inner experiences in the poetic heritage of Zahiriddin Muhammad Babur. The article analyzes the main ideological and aesthetic directions of the poet's ghazals - human qualities, moral purity, longing for the homeland, love and the transience of the world - on the basis of poetic structure. This research also analyzes lyrical fragments from "Boburnoma", in which the specific aspects of the poet's mental state, spiritual searches and aesthetic views are shown on a scientific basis. Key words: Poetic heritage, inner experience, human psyche, mysticism, spiritual purification, homesickness, philosophical symbols. Bobur Mirzo (1483–1530) o‘zbek adabiyoti va tarixida alohida o‘rin tutgan shaxsdir. U nafaqat buyuk sarkarda va davlat arbobi, balki iste’dodli shoir sifatida ham tanilgan. Uning adabiy merosi, ayniqsa, she’riyati, o‘zbek klassik adabiyotining muhim qismidir. Bobur o‘z ijodiy faoliyatida Alisher Navoiy, Hofiz Sheroziy, Sa’diy va Jomiy an’analarini davom ettirib, ularni yangi mazmun va shakl bilan boyitgan. Uning she’riyati chuqur ma’no va mazmunga ega bo‘lib, tarixiy, falsafiy, diniy va ma’naviy qarashlar bilan uyg‘unlashgan. Boburning eng mashhur adabiy asari – “Boburnoma” bo‘lsa-da, uning she’riyati ham alohida e’tiborga loyiqdir. Bobur o‘z g‘azallarida insoniy fazilatlar, axloqiy poklik, tavba, vatan sog‘inchi, muhabbat va dunyoning o‘tkinchiligi kabi mavzularni yoritadi. Shoir o‘z davrining ijtimoiy va siyosiy holatini ham teran tushungan holda, uni badiiy ifoda etgan. Uning she’rlari tilining ravonligi, badiiy tasvir vositalarining serqirraligi va falsafiy chuqurligi bilan ajralib turadi Charxning men ko‘rmagan javr-u jafosi qoldimu? Xasta ko‘nglim chekmagan dard-u balosi qoldimu? Ushbu misrada shoir butun umriga nazar tashlar ekan, undagi o‘zining mashaqatli keshmishini aks ettirgandek bo‘ladi. Yaqin insonlarining xiyonati, yurtdan ayrilish, 4 sargardonlik, dushmanlar kechgan ayovsiz jang, oilaviy munosabatlarning yaxshi emasligi — bularning barchasi Boburning nola-yu fig‘on cheklishiga sabab. Misra savol shaklida, diqqat bilan kuzatgan kitobxon uni shoir o‘ziga berayotganini payqaydi. Bunday ifoda baytning badiiy jozibasini oshirgan. Javr, jafo, dard, balo singari tanosib san’atini yuzaga chiqaradigan so‘zlarni o‘qiganimizda esa har biridan ayri hissiyot tuyamiz. Boburning g‘azallarida tasavvufiy qarashlarning kuchli ekanligi seziladi. U o‘z she’riyatida dunyoviy va ma’naviy hayotni bir-biriga bog‘laydi, insonning ichki poklanishi va ma’naviy yuksalishiga alohida urg‘u beradi. Uning tavbaga bag‘ishlangan g‘azallari bu jihatdan alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u erkinlik va poklikka intilish motivlarini ilgari suradi. Bobur may ichishdan voz kechish, dunyoviy lazzatlardan voz kechib, axloqiy mukammallikka erishish haqida yozadi. Bobur o‘z g‘azallarida insonning ma’naviy o‘sishi, ruhiy poklanishi va dunyoviy hayotning o‘tkinchiligi haqida falsafiy mushohadalar yuritadi. Uning tavbaga bag‘ishlangan she’rlari axloqiy poklik va insoniy mukammallikka erishish yo‘llarini ko‘rsatadi. U may ichishdan voz kechish, ma’naviy poklanish va o‘zini o‘zi anglashni targ‘ib qiladi. Bu jihatlar tasavvufiy g‘oyalarga hamohangdir. Tasavvuf adabiyotida insonning ma’naviy kamol topishi asosiy tushunchalardan biri bo‘lib, Bobur bu g‘oyani o‘ziga xos tarzda ifodalagan. Shoir uchun ichki poklanish va gunohlardan voz kechish faqat shaxsiy intilish emas, balki ijtimoiy va axloqiy jihatdan ham katta ahamiyat kasb etgan. Tavba qilish o‘zlikni anglash sari yetaklashini quyidagi misralarda gavdalantiradi: Niyati G‘azv ilakim yorubsan, O‘lmakingni o‘zungga ko‘rubsan. [Hamidov, 2025:22]. Bu misralarda shoir dunyoning vaqtinchalik ekanini anglash va inson o‘z hayoti davomida to‘g‘ri yo‘lni topishi kerakligi haqida fikr bildiradi. “Niyati G‘azv” iborasi jihod qilish yoki ichki kurashni anglatib, bu yerda insonning o‘z nafsiga qarshi kurashi tasvirlanadi. Tavba qilish va gunohlardan voz kechish orqali inson o‘z hayotini yaxshilashi mumkinligi g‘oyasi shoirning falsafiy qarashlarini ochib beradi. Shuningdek, Bobur g‘azallarida uning siyosiy hayoti, janglar va yurtidan uzoqlashganlik kechinmalari ham aks etgan. Hindistonga kelgach, u
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning she’riy merosida inson ruhiy holatlari va ichki kechinmalarining badiiy-estetik ifodasi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning she’riy merosida inson ruhiy holatlari va ichki kechinmalarining badiiy-estetik ifodasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Poetic heritage, inner experience, human psyche, mysticism, spiritual, She’riy meros, tasavvuf, ichki kechinma, inson ruhiyati, falsafiy timsollar., ruhiy poklanish, vatan sog‘inchi
Смежные источники
Общество и управлениеСадык Сафаев2013
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025