К содержанию
РецензированоUZ2026

TALONCHILIK JINOYATINING TUSHUNCHASI VA TAVSIFI

TERGOV HARAKATLARINING AHAMIYATI · Suyunov Shahzodbek Shovkatovich · Ilhomova Zebo Bahrom qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqola talonchilik jinoyatining mohiyati, tushunchasi va tavsifini huquqiy nuqtai nazardan tahlilini, talonchilikning boshqa jinoyatlardan ajralib turuvchi xususiyatlarini, uning ochiqdan-ochiq amalga oshirilishini, jabrlanuvchining xayoti yoki sog’lig’i uchun bevosta xavfli bo’lmagan zo‘rlik ishlatish yoki shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitishga asoslangan usulini, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni, huddi shuningdek ushbu jinoyatni tergov qilishda tergovga qadar tekshiruv davrida kechiktirib bo’lmas tergov harakatlarining ahamiyatini, mazkur jinoyatlarni fosh etishning kriminalistik va amaliy tahlillarini yoritib o’tgan. Talonchilik jinoyatining jamiyatda xavfsizlik va mulk daxlsizligiga salbiy ta’siri xususida xulosa qilingan. Kalit so‘zlar Talonchilik, talon-taroj qilish, zo‘rlik, zo’rlik ishlatish, mol-mulk, ochiqdan-ochiq talon- taroj qilish, issiq izida fosh etish, mulk daxlsizligi. Talonchilik jinoyati deganda, o’zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilish tushuniladi. Bunda aybdor, jabrlanuvchi va boshqalarning ko’z oldida o’zganing mol-mulkini egallab olayotganligini va ular uning harakatlarining jinoiy xususiyatini tushunganligini anglaganda, o’zganing mulkini oshkora talon-taroj qilish talonchilik hisoblanadi. Talonchilik jinoyati deganda jabrlanuvchiga nisbatan hayot yoki sog’liq uchun xavfli bo’lmagan zo’rlik ishlatib yoki ishlatmasdan mulkni ochiqchasiga talash tushiniladi. Talon-taroj qilish deganda, o’zganing mulkini o’zining yoki boshqa shaxslarning foydasi uchun, mulkdorga yoki ushbu mulkning boshqa egasiga zarar keltirib qonunga xilof tarzda va haq to’lamay olib qo’yishdir. Talon-taroj qilishning obyekti o’zgalar mulkidir1. Talonchilik uchun Oʻzbekiston Respublikasi JKning 166moddasida javobgarlik masalasi berilgan. Bunda talonchilikning kvalifikatsiya tarkibi sogʻliq va hayot uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatish, yoxud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish kabi oʻziga xos belgini oʻz ichiga oladi2. Xuddi jismoniy zoʻrlik kabi, jismoniy zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish orqali ruhiy zoʻrlik ham talonchilikning kvalifikatsiya belgisi hisoblanadi. talonchilikda zoʻrlik mulkdorga, shuningdek, real holda yoki aybdorning fikricha, talon-tarojga toʻsqinlik qiluvchi boshqa 1 Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69. 2 Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки // “Адвокатлик фаолияти: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175. 91 ` shaxslarga nisbatan ham ishlatilishi mumkin. Insonga nisbatan zoʻrlik ishlatish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish talonchilik turining mohiyatini oʻzgartiradi3. Talonchilik jinoyatini tergov qilishda isbotlanishi lozim bo’lgan holatlar mavjud bo’lib ular quyidagilardan iboratdir. - Talonchilik jinoyati qachon, qayerda, qanday sharoitda va kimga nisbatan sodir etilganligi; - Talonchilikni kim sodir etgani ( yoshi, hujum qilgan kishining kasbi, ilgari u jinoiy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligi, agar tortilgan bo’lsa jazoni qayerda o’tagan, tanishlari doirasi, jinoiy aloqalari va hokazo); - Agar jinoyat guruh tomonidan sodir etilgan bo’lsa, guruh tarkibidagi har bir ishtirokchining jinoyatni sodir etilishidagi o’rni (roli); - Jinoyat sodir etish usuli; - Jinoyatni yashirish harakatlari; - Jabrlanuvchiga nisbatan qo’llanilgan zo’rlikning xarakteri; - Agar jinoyatni sodir etish vaqtida o’qotar yoki sovuq qurolishlatilgan bo’lsa, bu qurol kimga tegishli va kimdan sotib olinganligini yoki olib qo’yilganligini; - Jabrlanuvchining shaxsi, unga yetkazilgan jismoniy va moddiy zarar miqdori; - Aynan nima olib ketilgan va bu narsa ilgari kimga tegishli bo’lgan; - Talonchilik jinoyatini sodir etishga imkon tug’dirgan shart- sharoitlar nimalardan iboratligini; - Yetkazilgan tan jarohatining tavsifi ( agar u mavjud bo’lsa ) va og’irlik darajasi; - Jabrlanuvchiga yetkazilgan tan jarohatlari to’g’risidagi ko’rsatuvlarning guvoh bergan ma’lumotlar bilan taqqoslab ko’rish va uning tasdiqlanishi; - Talonchilik jinoyatining sodir etilishiga sabab bo’lgan shart-sharoitlar; - Jabrlanuvchida kata pul summasi borligini bilgan shaxslarning doirasini aniqlash va boshqalardan iborat4. Talonchilik jinoyati izlarini zudlik bilan aniqlash, qayd etish va to’plash, jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni topish va ushlash hamda ishning barcha holatlarini har tomonlama, to’liq va xolisona tekshirilishini ta’minlashda tergov-tezkor guruhining hodisa joyiga o’z vaqtida va to’liq tarkibda chiqishi alohida ahamiyat kasb etadi. Amaliyotda bir necha xil tergov-tezkor guruhlari faoliyat olib boradi. Ichki ishlar organlari navbatch

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola talonchilik jinoyatining mohiyati, tushunchasi va tavsifini huquqiy nuqtai nazardan tahlilini, talonchilikning boshqa jinoyatlardan ajralib turuvchi xususiyatlarini, uning ochiqdan-ochiq amalga oshirilish…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola talonchilik jinoyatining mohiyati, tushunchasi va tavsifini huquqiy nuqtai nazardan tahlilini, talonchilikning boshqa jinoyatlardan ajralib turuvchi xususiyatlarini, uning ochiqdan-ochiq amalga oshirilish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mulk daxlsizligi., Talonchilik, talon-taroj qilish, issiq izida fosh etish, zo’rlik ishlatish, zo‘rlik, mol-mulk, ochiqdan-ochiq talon-taroj qilish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5