Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
ROVIY – SARGUZASHT ADABIYOTINING FALSAFIY KALITI
Dilnoza Xamroyeva
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
философскийпоиск. DreamorJourneytoGulistan This article explores the artistic and philosophical function of the narrator figure in adventure literature.UsingAhmadA’zam’snovel asacasestudy, thepaperexaminesthenarrator’sroleasacentralcharacterwhoconnectsthechainofevents, unveils symbolic layers, and guides the reader through the threshold between reality and imagination. Through the narrator’s subjective storytelling, not only the external storyline is conveyed, but also its internal logic and philosophical depth. The article highlights how the narrator interacts with the features of the adventure genre, interprets symbolic meanings, Keywords: Dream or andencouragesthereadertowardindependentreflection. JourneytoGulistan narrator, adventure genre, subjective narration, symbolic layer, ,AhmadA’zam,philosophicalinquiry. Badiiy adabiyotda roviy voqealar zanjirini birlashtiruvchi va ularning ichki mantiqiy rivojini ta'minlovchi kalit shaxs sifatida namoyon bo’ladi. “Adabiyotshunoslik lug’ati”da roviyga quyidagicha ta’rif beriladi: “ROVIY (ar. - hikoyachi, qissa aytuvchi, xabar, maʼlumot beruvchi) - epik asarlardagi rivoya subyekti, voqealarni hikoya qilayotgan, ular kechayotgan 52 makon va zamon, ularda ishtirok etayotgan personajlarga oid tafsilotlarni yetkazib, tasvir predmetiga uyoki bu tarzda munosabat bildirayotgan shaxs.” [1;259] Roviyning o‘ziga xosligi shundaki, uvoqealarni nafaqatguvohsifatida,balki ularnianglashjarayonidahamishtirokchi sifatida kuzatadi. Bu jihat o‘quvchini voqealar mazmunini yanada chuqurroq idrok qilishga undaydi. Roviy – badiiy asar voqealarini hikoya qiluvchi shaxs yoki ovoz bo‘lib, u o‘quvchini asardunyosigayo‘naltiradivavoqealarnitushunishgayordamberadi. Sarguzasht adabiyoti inson tabiatidagi yangi, noma‘lum va g‘aroyib voqealarga intilishni ifoda etuvchi janr ekanligini hisobga olgan holda, ushbu asarlarda roviyning o‘rni alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u nafaqat voqealarni hikoya qiladi, balki asarning ichki falsafiy qatlamlarini ochib beradi. Sarguzasht asarlarda asosan, sirli yoki xayoliy mamlakatga borib qolgan roviy voqealarga o’z nuqtayi nazaridan baho beradi. Ahmad A‘zamning “Ro‘yo yoxud Gulistonga safar” romanida roviy o‘ziga xos sarguzasht qahramoni sifatida namoyon bo‘lib, sirli dunyo va undagi murakkab munosabatlarni o‘quvchiga yetkazishda asosiy vositachi bo’ladi. Roviy o‘z tajribalarini hikoya qilish jarayonida o‘quvchini G‘uliston dunyosiga olib kiradi. U asar voqealarini subyektiv nuqtai nazardan tasvirlab, real va xayoliy elementlarni uyg‘unlashtiradi. Bu yondashuv orqali o‘quvchi o‘zini voqealar ichida his qiladi. Roviyning “Keyin vaqt o’tib, o’z ko’zim bilan ko’rganlarimga o’zim ham uncha ishonmay qoldim, yo’q” [2;5] degan so‘zlari haqiqat va tasavvur o‘rtasidagi chegaralarni yoritadi. Asarda roviy hayrat bilan shubha tuyg’usini bir vaqtning o‘zida his qiladigan qahramon sifatida tasvirlanadi. O’zi tushib qolgan mamlakatga qanday borib qolganini isbotlash uchun hayotda uchratgan g’ayrioddiy voqealardan misol keltiradi. Masalan, ajinalar haqida keltirilgan voqealarni yodga olish kifoya. “To’g’ri, hayron bo’lishingiz mumkin, chunki bolaligingizda ham, hozir ham zanjirband ajinani ko’rmagansiz, men ham eshitmagan edim, lekin, aytyapman-ku, muvoziy dunyodagilarning hammasi bir xil emas, millatida, irqida tafovut deganday, rang-ro’yi, tuzilishi,tili,shevasiharxil,xuddishuningdek, yashashtarzihambir-biriga o’xshamaydi,juda ham turfa olam-da bu ham.” [2,188] U G‘uliston xayoliy mamlakatini tahlil qilish davomida insoniyat va jamiyat o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlikni yoritadi. Roviyning ichki monologi va o‘zini tahlil qilish jarayoni orqali o‘quvchi voqealarning haqiqiyligi va ramziy ma‘nosini anglashga undaladi. “Tupkaning tagidagi yashil burun orollari degan mamlakatchaning orolchalarigacha bor, lekin G’uliston xaritalarga tushmagan. O’zimizdagi jug’rofiya bilimdonlariga buni aytgan edim, menga ma’noli qarab qo’ydilar, xolos. Yo’q, birodarlar, mening aqlim joyida, ularning bunaqa qarab qo’yishlarida nima borligini ham tushunaman, o’zlari bilmagan narsani so’ragandan keyin xayollariga har narsa kelishi tabiiy. Qancha kutubxonalarda o’tirdim, qomuslarni varaqladim, talay ilmiy kitoblarni titkiladim, badiiy asarlarnio’qidim-g’uliylarninghayotiga tegishlibironishora topilarmikandeb,topolmadim.” [2,7] Ahmad A‘zam roviyni klassik sarguzasht asarlari qahramonlariga xos elementlar bilan boyitadi. Roviy “notanish dunyo”ga kirib, u yerda o‘zini anglash va jamiyatni tahlil qilish yo‘lida o‘ziga xos safarga chiqadi. Bu safar davomida G‘uliston hayoti orqali insonning erkinlikka bo‘lgan intilishi va jamiyatdagi cheklovlarning ramziy talqinlari ochib beriladi. Roviy o‘z ichki kechinmalarini hikoya qilish orqali o‘quvchiga inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurroq anglash imkonini beradi. Asar davomida u o‘z hayoti va G‘uliston jamiyati haqida tahliliy mulohazalar yuritadi. Bu jarayon o‘quvchini falsafiy izlanishlarga yetaklaydi. Asarda roviy ramzlarni ochish va ularning y
Доказательный фрагмент
«философскийпоиск. DreamorJourneytoGulistan This article explores the artistic and philosophical function of the narrator figure in adventure literature.UsingAhmadA’zam’snovel asacasestudy, thepaperexaminesthenarrator’…»
Образец извлечения
Демо-превьюфилософскийпоиск. DreamorJourneytoGulistan This article explores the artistic and philosophical function of the narrator figure in adventure literature.UsingAhmadA’zam’snovel asacasestudy, thepaperexaminesthenarrator’… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Dream or, roviy, ramziy qatlam, sarguzasht janri, “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar”, subyektiv hikoya, falsafiy izlanish, Ahmad A‘zam
Смежные источники
Общество и управлениеСадык Сафаев2013
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025