Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING TA'LIMIY MARSHRUTINI TASHKIL ETISH BOSQICHLARI
TASHKIL ETISH BOSQICHLARI · Xakimova Gulchehra Sayrixonovna · Ustamova Nodira Maxmaraimovna (Shahrisabz davlat pedagogika instituti) · Qodirova Aziza Nurillayevna (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)
Наука и технология в современном мире · 1970
Аннотация
Ushbu maqolada hozirgi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim- tarbiya olishlari uchun qilinayotgan ishlar, inklyuziv ta'lim va bu ta'lim to'g'risidagi qabul qilingan qonun va bu borada bugungi kundagi muammo va kamchiliklar, imkoniyati cheklangan bolalarning ta'limiy marshrutini tashkil etish bosqichlari haqida so'z yuritilgan. Kalit so'zlar: Inklyuziv ta'lim, nogironligi bo'lgan bolalar, imkoniyati cheklangan, nuqson, kompleks, integratsiya, ta'lim marshruti. Kirish. Sharqning mashxur allomalari Ibn Sino, Imom Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniylarning tarbiyaning maqsadlari har bir bola shaxsining rivojlanishiga ta'limning ta'siri to'g'risidagi qarashlari inklyuziv talim rivojlanishining metodologik bazasi hisoblanadi. Juda uzoq vaqt davomida maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta'lim muassasalariga nisbatan maxsus segregatsion ta'lim muassasalarida ta'lim tarbiya berish samarali deb hisoblanib kelindi. 1970-1980 yillarga kelib jahon miqyosida insonparvarlik va kamsitishlarga yo'l qo'ymaslik g'oyasining ilgari surilishi maxsus ehtiyojli bolalarga e'tiborning yanada yaxshilanishiga olib keldi. Inklyuziv ta'limni tashkil qilish jarayonining asosiy maqsadi barcha bolalarni ta'lim jarayoniga qamrab olishdir. Imkoniyati cheklangan bola ham barcha bolalardek bola hisoblanadi va u tan olinishi, hurmatga sazovor bo‘lishiga haqli, shuning uchun ularni nuqsoni bilan atalishi nomaqbul hisoblanadi. Bola, u qanday holatda va qanday imkoniyatga ega bo’lishidan qat’iy nazar har doim kattalar yordamiga muhtojdir. Uni ajratish yoki alohida nom bilan atash insonparvarlik nuqtai nazariga to'g’ri kelmaydi. Agar imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan «anomal bolalar», «Imkoniyati cheklangan bola bolalar», «ko’r bolalar», «kar bolalar», «aqli zaif bolalar», «xarakat tayanch a’zolari falajlangan bolalar» va x. k. tushunchalar ishlatilib kelindi. Ammo ushbu tushunchalar mkoniyati cheklangan bolalarni huquqlarini poymol qiladi. Ota-onalarga ham salbiy ta’sir etadi. Asosiy qisim. Imkoniyati cheklangan bolalar normal rivojlanishdagi bolalar kabi topshiriq va vazifalarni tezlik bilan mukammal amalga oshira olmasalarda, ammo imkoniyat darajasida bajara oladilar. Bolaning huquqlarini himoya qilish, ularga ijobiy munosabatda bo'lish tarbiyalashning muhim usulidir. Shuning uchun ham tahqirlashlarga yo’l qo'ymaslik kerak, maxsus extiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga qabul qilinishi o‘quvchilarni yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko‘proq o‘quvchilarni qamraydigan yangi o‘qitish uslublarini ishlab chiqishga undaydi. Jamiyatda Imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan 27 ` yanglish fikr va munosabat mavjud. Ular haqida ma’lumotlarning kamligi va ularga yoshligidan maxsus muassasalarda yopiq tarzda ta’lim - tarbiya berilishi bunga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday munosabatni yo‘qotish yoki kamaytirish ancha mushkul ishdir. Lekin tajribadan shu narsa ma’lumki, kattalarga nisbatan bolalar farqli va o‘xshashlik jihatlarni tezroq anglar ekanlar. Agarda maxsus ehtiyojli bolalar normal rivojlanishdagi bolalar bilan birgalikda ta’lim - tarbiya olsalar, bu barcha bolalarni Imkoniyati cheklangan bolalarga Imkoniyati cheklangan bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qo‘yilgan birinchi qadamdir. Imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim muassasalari tarkibiga qamrab olinishi jahon miqyosida “inklyuziv” yoki “integratsion” ta’lim atamalari bilan ataladi. “Integratsiya” atamasini aniqlash maqsadida ushbu tushunchaning ta’rifini bergan. Unda “guruxlar integratsiyasiga”, “guruxda shaxslararo munosabatlarni tartibga solish” sifatida qaraladi shuningdek, jamoada faqatgina insonparvrlik munosabatlarni va mazkur guruxda ijobiy jamoatchilik fikrini yaratilishi bilan integratsiyani amalga tadbiq etish mumkin deb ta’kidlanadi. Keyingi yillarda imkoniyati cheklangan bolalarni barcha tengdoshlari qatori umumta’lim tizimida ta’lim olishiga jiddiy etibor berilmoqda va inklyuziv ta’lim matbuot axborot vositalari orqali ommaga keng targibot qilinmoqda. Bu borada ota-onalar ham farzandlarini umumta’lim tizimidagi integratsiyalashgan va inklyuziv guruh va sinflarda ta’lim - tarbiya olishiga o'z istaklarini bildirishmoqda. Nisbatan o‘zlari singari bola ekanliklarini anglab, kamsitmasliklarini ta’minlagan bo‘lar edi. Darhaqiqat, bu ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish oson kechmaydi. Ammo bu ta’lim tizimining xafli jihati juda ko‘p ular sirasiga qo‘yidagilar kiradi: - Inklyuziv ta’lim qashshoqlik iskanjasidan qutilishga imkon beradi; - Inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi; - Kamsitishlarni oldini oladi; Inklyuziv ta’lim yanada inklyuzivlikka olib keladi. Inklyuziv ta’limga bo‘lgan ehtiyoj uning jamiyatga va maxsus ehtiyojli bolalar uchun quyidagi xafli jihatlari mavjudligidan kelib chiqadi: - inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli bolalarga doimo o‘z oilasi ,mahallasi va qarindosh- urug‘lari davrasida bo‘lishga imkon beradi; - inklyuziv ta’lim barcha uchun, ta’lim sifatini yaxshilashga o
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada hozirgi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim- tarbiya olishlari uchun qilinayotgan ishlar, inklyuziv ta'lim va bu ta'lim to'g'risidagi qabul qilingan qonun va bu borada bugungi kundagi muammo…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada hozirgi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim- tarbiya olishlari uchun qilinayotgan ishlar, inklyuziv ta'lim va bu ta'lim to'g'risidagi qabul qilingan qonun va bu borada bugungi kundagi muammo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Inklyuziv ta'lim, nogironligi bo'lgan bolalar, imkoniyati cheklangan, nuqson, kompleks, ta'lim marshruti., integratsiya
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
The American Journal of Applied sciencesUsmonova Manzura Isakovna, Umarova Nasiba Erkinovna +22021
The American Journal of Applied sciencesHydrogeological Conditions, J.X. Djumanov +22021