К содержанию
РецензированоUZ2026

MINTAQAVIY INTEGRATSIYANING NAZARIY ASOSLARI VA MARKAZIY OSIYO MISOLIDA IQTISODIY HAMKORLIKNING KONSEPTUAL RIVOJLANISHI

Sulaymanov Kamoliddin

Наука и технология в современном мире · 95 · 2026

Аннотация

Ushbu ilmiy ishda mintaqaviy integratsiya jarayonining nazariy asoslari hamda Markaziy Osiyo, xususan, MDH doirasidagi iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishi konseptual tahlil qilinadi. G‘arb olimlari (Karl Deutsch, Bela Balassa, Ernst Haas, Stanley Hoffmann, Alexander Cooley, Richard Pomfret), MDH tajribasi hamda O‘zbekistonlik tadqiqotchilar (R. Alimov, A. Azizov, N. Murodov, S. Sayfullayev va boshqalar)ning fikrlari asosida mintaqaviy integratsiyaning siyosiy, iqtisodiy va institutsional xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining amaliy tajribasi va uning Markaziy Osiyodagi iqtisodiy hamkorlikka ta’siri alohida tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar. mintaqaviy integratsiya, Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH), iqtisodiy hamkorlik, siyosiy integratsiya, infratuzilma, xavfsizlik hamjamiyati, funksionalizm, intergovernmentalism, Karl Deutsch, Bela Balassa, Ernst Haas, Stanley Hoffmann, Alexander Cooley, Richard Pomfret, R. Alimov, A. Azizov, N. Murodov, S. Sayfullayev, xalqaro huquq, iqtisodiy ittifoq. Bugungi globallashuv davrida mintaqaviy integratsiya xalqaro siyosat va iqtisodiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida shakllanmoqda. Davlatlar o‘z iqtisodiy manfaatlari, xavfsizlik ehtiyojlari va siyosiy barqarorlikni ta’minlash uchun ko‘proq mintaqaviy integratsion tuzilmalarda ishtirok etishni afzal ko‘rmoqda. Bu holat Markaziy Osiyo mintaqasida ham o‘z ifodasini topmoqda. Mintaqaviy integratsiyaning nazariy asoslari ko‘plab olimlar tomonidan chuqur tadqiq qilingan bo‘lib, har bir nazariya uning iqtisodiy, siyosiy va institutsional jihatlarini turlicha izohlaydi. Mintaqaviy integratsiya tushunchasining nazariy asoslari XX asrning o‘rtalaridan boshlab shakllana boshladi. Karl Deutsch o‘zining kommunikatsion yondashuvi orqali mintaqaviy hamkorlikni siyosiy jamiyatlarning integratsiyasi deb ta’rifladi. Uning fikricha, mintaqaviy integratsiya muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun davlatlar o‘rtasida ishonch, ijtimoiy almashinuv va siyosiy institutlarning uyg‘unligi zarur. Deutschning "security community" konsepsiyasi aynan Markaziy Osiyo uchun ham dolzarb, chunki bu hudud xavfsizlik sohasidagi o‘zaro bog‘liqlik va tashqi tahdidlarga birgalikda javob berish ehtiyojini boshdan kechirmoqda. Mintaqaviy integratsiya nazariyasida iqtisodiy yondashuv ham muhim o‘rin egallaydi. Bela Balassa o‘zining klassik "Stages of Economic Integration" (1961) asarida mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani besh bosqichda ko‘rsatadi: erkin savdo zonasi, bojxona ittifoqi, umumiy bozor, iqtisodiy ittifoq va nihoyat to‘liq iqtisodiy va siyosiy integratsiya. Markaziy Osiyo davlatlari hozircha integratsiyaning ilk bosqichlarida bo‘lsa-da, aynan erkin savdo zonalari va bojxona hamkorligi orqali iqtisodiy yaqinlashuv bosqichini o‘tamoqda. 31 ` Neofunksionalizm nazariyasining asoschilaridan biri Ernst Haas ham mintaqaviy integratsiyani "spilover effect" orqali izohlaydi. Uning fikricha, integratsiya bir sohada boshlangach, boshqa sohalarga ham o‘z-o‘zidan kengayadi. Masalan, savdo sohasidagi kelishuvlar transport, energetika, va keyinchalik xavfsizlik sohalariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy Osiyoda savdo yo‘laklarining rivojlanishi, masalan, "Markaziy Osiyo – Janubiy Osiyo" transport koridorlari, "Bir makon, bir yo‘l" tashabbuslari shunday spiral ko‘rinishidagi kengayish jarayonini aks ettiradi. Yana bir nazariy yondashuv intergovernmentalism bo‘lib, bu nazariyani Stenli Hoffmann ishlab chiqqan. U integratsiya jarayonini suverenitetga sodiq qolgan holda, davlat rahbarlari va hukumatlararo kelishuvlar orqali amalga oshirilishini ta’riflaydi. Markaziy Osiyo sharoitida aynan ushbu model dominant bo‘lib qolmoqda, chunki davlatlar o‘z suverenitetidan voz kechmagan holda, o‘zaro kelishuvlar orqali hamkorlik qilmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasi o‘zining iqtisodiy va geosiyosiy pozitsiyasi bilan mintaqaviy integratsiya uchun alohida qiziqish uyg‘otadi. Bu hudud Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi asosiy transport yo‘llari chorrahasida joylashgan. Xalqaro tashkilotlar, jumladan, Jahon banki va Xalqaro Valyuta Fondi (IMF) bu mintaqani "transkontinental savdo markazi" sifatida rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘p bora ta’kidlab keladi. Ayniqsa, energetika resurslari – gaz, neft, uran va suv resurslari mintaqa davlatlarini bir-biriga yanada bog‘lab qo‘yadi. Markaziy Osiyodagi mintaqaviy integratsiyaning hozirgi bosqichida ko‘plab ilmiy tadqiqotchilar yetakchi o‘rin tutmoqda. Masalan, Roy Allison o‘zining tadqiqotlarida Markaziy Osiyodagi xavfsizlik dinamikasini Rossiya, Xitoy va AQSh ta’siri kontekstida tahlil qiladi. Uning fikricha, tashqi kuchlarning raqobati mintaqaviy hamkorlik uchun ham imkoniyat, ham xavf yaratmoqda. Shuningdek, S. Frederick Starr Markaziy Osiyoni "Greater Central Asia" konsepti orqali ko‘rib chiqadi. U mintaqaviy integratsiya uchun infratuzilma, iqtisodiy islohotlar va madaniy bog‘liqlik muhimligini ta’kidlaydi. Starr fikricha, mintaqadagi transport tarmoqlari (masalan, Temiryo‘l, avtomobil yo‘llari,

Доказательный фрагмент

«Ushbu ilmiy ishda mintaqaviy integratsiya jarayonining nazariy asoslari hamda Markaziy Osiyo, xususan, MDH doirasidagi iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishi konseptual tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ilmiy ishda mintaqaviy integratsiya jarayonining nazariy asoslari hamda Markaziy Osiyo, xususan, MDH doirasidagi iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishi konseptual tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Karl Deutsch, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH), Richard Pomfret, S. Sayfullayev, iqtisodiy ittifoq., N. Murodov, Stanley Hoffmann, A. Azizov, Markaziy Osiyo, xalqaro huquq, iqtisodiy hamkorlik, infratuzilma, Ernst Haas, mintaqaviy integratsiya, intergovernmentalism, xavfsizlik hamjamiyati, R. Alimov, funksionalizm, Alexander Cooley, Bela Balassa, siyosiy integratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5