К содержанию
РецензированоUZ2026

SHAXSNING DAXLSIZLIK HUQUQI VA SHAXSIY MAʼLUMOTLAR TIZIMIDA UNUTILISH HUQUQINING OʻRNI

UNUTILISH HUQUQINING OʻRNI · Mansurova Nilufar Muxsinjon qizi

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Tezisda raqamlashtirish davrida Oʻzbekiston Respublikasida shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlashning huquqiy asoslari oʻrganilgan. Unda Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonuni hamda Yevropa Ittifoqining Umumiy Maʼlumotlarni Himoya qilish Reglamenti (GDPR) tahlil qilinib, ularning oʻxshash va farqli jihatlari aniqlangan. Shuningdek, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirishning istiqbolli yoʻnalishlari koʻrsatib oʻtilgan. Tezisda, sunʼiy intellekt texnologiyalari va shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik masalalari ham muhokama etilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, Oʻzbekiston shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish sohasida muhim qadamlar qoʻygan boʻlsa-da, qonunchilikni yanada takomillashtirish, nazorat mexanizmlarini kuchaytirish va xalqaro tajribani oʻrganish orqali milliy tizimni rivojlantirish zarur. Kalit soʻzlar: Shaxsga doir maʼlumotlar, maʼlumotlarni himoya qilish, Oʻzbekiston qonunchiligi, GDPR, huquqiy asoslar, maʼlumotlar xavfsizligi, sunʼiy intellekt, shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun, maʼlumotlarni qayta ishlash, transchegaraviy maʼlumotlar uzatish. Zamonaviy axborot jamiyatida shaxsiy maʼlumotlarning koʻlamli yigʻilishi, qayta ishlanishi va uzatilishi insonning daxlsizlik huquqiga nisbatan yangi muammolar tugʻdirmoqda. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida har bir shaxsning shaxsiy hayoti haqidagi maʼlumotlar doimiy ravishda turli elektron tizimlarda saqlanib, qayta ishlanmoqda. Bu holatda shaxsning oʻz shaxsiy maʼlumotlari ustidan nazorat huquqi muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxsiy daxlsizlik huquqi insonning tabiiy va ajralmas huquqlaridan biri sifatida tan olingan boʻlsa-da, raqamli muhitda bu huquqning amaliy amalga oshirilishi murakkab masalalar bilan bogʻliq. Ayniqsa, bir marta elektron tizimga kiritilgan shaxsiy maʼlumotlarning abadiy saqlanib qolishi va ularning notoʻgʻri foydalanilishi xavfi ortib bormoqda. Ushbu kontekstda “unutilish huquqi” tushunchasi alohida eʼtibor talab etadi. Bu huquq shaxsga oʻzining shaxsiy maʼlumotlarini maʼlum sharoitlarda elektron tizimlardan oʻchirib tashlash imkoniyatini beradi. Unutilish huquqi nafaqat shaxsiy daxlsizlikni himoya qilish vositasi, balki raqamli jamiyatda insonning qadr-qimmatini taʼminlaydigan muhim mexanizmdir. Hozirgi kunda koʻpgina rivojlangan mamlakatlarda shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha qonunchilik bazasi shakllantirilgan. Biroq, unutilish huquqining huquqiy tabiatini aniqlash, uning boshqa huquqlar bilan oʻzaro munosabatini belgilash va amaliy amalga oshirish mexanizmlarini yaratish masalalari hali ham dolzarb qolmoqda. Axborot texnologiyalari taraqqiyoti kuchayib borgani sayin, maʼlumotlarning huquqiy qadr-qimmati, ularni qonuniy hujjatlar vositasida saqlash va himoyalashga qaratilgan eʼtibor 35 ` ham tobora ortmoqda. Bugungi kunda raqamli maʼlumotlar asosiy oʻrin tutadigan dunyoda insonlarning shaxsiy maʼlumotlarini muhofaza qilish masalasi yanada dolzarb boʻlib bormoqda. Maʼlumot nima? Maʼlumot – uzoq vaqt mobaynida kishining oʻrganish natijasida hosil qilgan bilimlari yigʻindisi hisoblanadi. Shaxsga doir maʼlumot esa, muayyan jismoniy shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qogʻozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborotdir1. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish masalasi global ahamiyat kasb etmoqda. Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish bilan bogʻliq turlicha yondashuvlar XIX asrning oxirida paydo boʻlgan. Internet huquqi boʻyicha tadqiqotchi Viktor Mayer Schoenbergerning fikricha, yevropaliklarning shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilishga boʻlgan qiziqishi XX asrga borib taqaladi2. Dunyo miqyosida maʼlumotlarni toʻplash va qayta ishlash jarayonlarini tartibga soluvchi qonunchilik doirasini yaratishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi ham bu global tendensiyadan chetda qolmay, 2019yilda “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qildi. Mazkur maqolada Oʻzbekiston qonunchiligida belgilangan maʼlumotlarni toʻplash va qayta ishlash huquqiy asoslari hamda xalqaro amaliyot, xususan, Yevropa Ittifoqining Umumiy Maʼlumotlarni Himoya qilish Reglamenti (GDPR) doirasidagi yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinadi. Milliy qonunchiligimizda shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, qayta ishlashning huquqiy asoslari quyidagi qonun hujjatlari orqali amalga oshiriladi 1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – Shaxsga doir maʼlumotlarni himoyalash bilan bogʻliq eng oliy normativ huquqiy hujjat hisoblanib, uning 31-moddasida “Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega boʻlish, oʻz shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega. Har kim yozishmalari, telefon orqali soʻzlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyila

Доказательный фрагмент

«Tezisda raqamlashtirish davrida Oʻzbekiston Respublikasida shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlashning huquqiy asoslari oʻrganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tezisda raqamlashtirish davrida Oʻzbekiston Respublikasida shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlashning huquqiy asoslari oʻrganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Oʻzbekiston qonunchiligi, maʼlumotlar xavfsizligi, transchegaraviy maʼlumotlar uzatish., maʼlumotlarni himoya qilish, maʼlumotlarni qayta ishlash, GDPR, huquqiy asoslar, sunʼiy intellekt, shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun, Shaxsga doir maʼlumotlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5