Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMIDA GENDER TENGLIGINING INKLYUZIVLIK VA SAMARADORLIKDAGI O‘RNI
VA SAMARADORLIKDAGI O‘RNI · Boboraxmatova Malika Ulug’bek qizi
Наука и технология в современном мире · 4 · 2026
Аннотация
Mazkur tezisda hozirgi kunda davlat boshqaruvi tizimida gender tengligining inklyuzivlik va samaradorlikdagi o‘rnini atroflicha o‘rganib uni amaliyotga talqin qilishga oid ishlar tahlil qilingan. Barcha davlatlarda tobora o‘zining ahamiyatini oshirib borayotgan erkaklar hamda ayollar o‘rtasidagi tengsizlikni bartaraf etish uchun qonunchilik hujjatlari ishlab chiqish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan va muhim amaliy ahamiyat kasb etuvchi takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: gender, davlat organlari, xotin-qizlar, gender huquqiy ekspertiza, gender statistikasi, demokratizm. Gender tengligi inklyuziv va samarali davlat boshqaruvining ajralmas komponentidir. Ayollar jamiyatning yarmi sifatida, hukumatning barcha daraja va bo‘g‘inlarida teng huquqli ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishlari zarur. Davlat boshqaruvi, ko‘plab mamlakatlarda eng yirik ish beruvchilardan biri sifatida, gender tenglik tamoyillarini amalda joriy etishda yetakchi rol o‘ynashi lozim. Zero, davlat institutlari gender sezgir yondashuvni modellashtirish orqali teng vakillik va yetakchilik imkoniyatlarini ta’minlab, jamiyatda inklyuziv rivojlanish jarayonlarini jadallashtirishi mumkin. COVID-19 pandemiyasi global miqyosda sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va ijtimoiy hayot sohalarida misli ko‘rilmagan inqirozlarga sabab bo‘ldi. Bu holat nafaqat davlatlar va hukumatlar uchun dolzarb sinov bo‘ldi, balki mavjud gender tengsizliklarini yanada kuchaytirdi. Ayniqsa, ayollar va qizlar, shuningdek, jamiyatda diskriminatsiyaning turli shakllariga duch kelayotgan guruhlar ushbu inqirozdan nisbatan ko‘proq zarar ko‘rdi.Pandemiya sharoitida hukumatlar nafaqat sog‘liqni saqlash choralarini belgilash, balki fuqarolarning ehtiyojlariga tezkor va samarali javob berish qobiliyati orqali ham baholanmoqda. Shu nuqtai nazardan, genderga sezgir siyosat yuritish va ayollar hamda qizlarning ehtiyoj, huquq va manfaatlarini hisobga olish davlat boshqaruvining mas'uliyatli va inklyuziv bo‘lishini taqozo etadi.Pandemiyaning ta’siri gender masalasidan mustasno emas aksincha, u ayollar zimmasiga qo‘shimcha parvarish, uy ishlaridagi yuklamaning oshishi, ish o‘rinlarini yo‘qotish kabi qo‘shimcha bosimlar bilan namoyon bo‘ldi. Shuning uchun, siyosiy qarorlarni ishlab chiqish va inqirozga qarshi strategiyalarni shakllantirishda ayollarning teng huquqli ishtirokini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ayollar qaror qabul qilish jarayonlarida bevosita ishtirok etgan taqdirdagina siyosatlar genderga mos va adolatli bo‘lishi mumkin.Shu bois, inklyuziv davlat boshqaruvi, ayniqsa inqiroz sharoitlarida, barcha ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda, adolatli va tenglikka asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. 1 Yuqorida keltirib o’tganimizdek, davlat boshqaruvida gender tenglikni ta’minlash bir qator samarali natijalarga yetaklaydi.Xo’sh,ushbu jarayon qanday amalga oshiriladi.Dastlabki 1 Gender equality in public administration | executive summary 41 ` qarashda gender muvozanatini ta'minlash aynan davlat sektori doirasida amalga oshirish nisbatan osondek tuyulishi mumkin. Chunki davlat boshqaruvi bozordan farqli o‘laroq, faqat iqtisodiy manfaatlar bilan emas, balki adolat, tenglik va demokratiya kabi ijtimoiy qadriyatlar bilan ham uyg‘un holda shakllanadigan siyosiy qarorlar orqali boshqariladi. Shu sababli, xodimlarni tanlashda gender tengligi, ijtimoiy inklyuzivlik va vakillik masalalari alohida ahamiyat kasb etishi kerak.Biroq amaliyotda bu holat har doim ham shunday emas. Ba’zida davlat boshqaruvi tizimining ichki ishlari, ayniqsa byurokratik mexanizmlarning faoliyati, bozor tamoyillariga yaqin tarzda shakllanadi va u yerdagi xodimlar siyosati ko‘proq mehnat bozoridagi talab va takliflarga bog‘liq bo‘ladi. Natijada, gender muvozanatini ta’minlashga qaratilgan islohotlar kutilgan darajada tez yoki samarali kechmasligi mumkin.Shu sababli, davlat boshqaruvida gender tengligini ta’minlash nafaqat siyosiy irodani, balki tizimli yondashuv, institutsional o‘zgarishlar va doimiy monitoringni ham talab qiladi. Davlat byurokratiyasi ko‘pincha gender neytral muhit sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, bu fikrga qarshi jiddiy tanqidlar mavjud. Ijtimoiy tadqiqotchilar davlat byurokratiyasining haqiqatan ham jinsga nisbatan neytral bo‘lmagan ish joyi ekanligini isbotladilar. Ularning ta’kidlashicha, ideal byurokrat modeli, odatda, o‘z lavozimiga to‘liq vaqt bag‘ishlaydigan va martaba davomida tanaffus qilmaydigan shaxs sifatida qabul qilinadi, bu esa ko‘plab ayollar uchun amalda qiyinchilik tug‘diradi. Bundan tashqari, yuqori davlat lavozimlariga nomzodlarni tanlashda qo‘llaniladigan standartlar va imtihonlar aslida madaniyat va genderga nisbatan neytral emasligini ko‘rsatadi. Tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, ayol rahbarlar qaror qabul qilish jarayonlarida yuqori samaradorlik va innovatsiyani namoyish etadilar. Ularning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki qarorlar qabul qilishni yanada inklyuziv va demokr
Доказательный фрагмент
«Mazkur tezisda hozirgi kunda davlat boshqaruvi tizimida gender tengligining inklyuzivlik va samaradorlikdagi o‘rnini atroflicha o‘rganib uni amaliyotga talqin qilishga oid ishlar tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tezisda hozirgi kunda davlat boshqaruvi tizimida gender tengligining inklyuzivlik va samaradorlikdagi o‘rnini atroflicha o‘rganib uni amaliyotga talqin qilishga oid ishlar tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- gender, demokratizm., davlat organlari, gender huquqiy ekspertiza, gender statistikasi, xotin-qizlar
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
Авторефераты диссертацийKarimova Gulirano Muxtor qizi2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021