К содержанию
РецензированоRU2026

ERGONIMLARNING RIVOJLANISHI, SHAKLLANISHI VA ZAMONAVIY ONOMASTIKADAGI O‘RNI

ONOMASTIKADAGI O‘RNI · Salohiddinova Muborak Baxtiyor qizi

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

В данной статье всесторонне рассматривается понятие эргонимов, факторы, влияющие на их формирование, и их роль в современной ономастике. Функции эргонимов в экономической и культурной жизни анализируются на основе примеров эргонимов, образованных в узбекском языке. Статья раскрывает связь между коммуникацией и экономическим успехом через эргонимы. Kalit so‘zlar Ergonim, onomastika, brend, korxona nomi, mahsulot nomi, tilshunoslik, marketing, iqtisodiy onomastika, milliy ergonimlar, xalqaro brendlar. Til, eng avvalo, kishilarning o‘zaro muloqot qurolidir. Bu – shubhasiz. Ammo tilning betakror va beqiyos vazifalari shu bilan tugamaydi. Til xalq tarixi, madaniyati va ma’naviyatining buyuk merosi hamdir. Til o‘zida ifodalagan xabarlarni o‘z bag‘rida saqlab avloddan avlodga yetkazuvchi quroldir. Shu sababli tilni xalq nafaqat muloqot quroli, balki buyuk madaniy – ma’rifiy meros sifatida doim qadrlab kelgan. Qayd qilingan xususiyatlar, ayniqsa, tilning onomastik tizimida yorqin ko‘rinadi. Chunki, ijtimoiy hayotning biror sohasi yo‘qki, unda u yoki bu tip atoqli otlar ishtirok etmagan bo‘lsa. Qadimiy tarixiy nomlar xalq tarixining o‘ziga xos darakchilaridir. Atoqli otlar , o‘zida lisoniy xususiyatlardan tashqari, qimmatli tarixiy, etnografik, etikaviy va estetik, diniy – mifologik, geologik, geografik, geofizik va hattoki arxeologik ma’lumotlarni ham mujassam qilgan bo‘ladi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning quyidagi fikrlarini eslash o‘rinli bo‘ladi: “Tarixiy xotira tuyg‘usi to‘laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o‘tgan yo‘l o‘zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo‘qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo‘ladi”1 1 Karimov I.A . Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat , 2010. – B. 97. 44 ` Jamiyat hayotida til va atamalar muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa , iqtisodiy faoliyat maxsus nomlarning (ergonimlarning) shakllanish va rivojlanishi iqtisodiy-madaniy taraqqiyotning muhim ko‘rsatkichidir. Ergonimlar korxona va mahsulotlar o‘rtasidagi farqlash, tanitish, marketing va kommunikatsiyaning asosiy vositasidir. Bugungi kunda ergonimlar onomastikaning alohida sohasi sifatida o‘rganilib ularning ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy funksiyalari tadqiq qilinmoqda. Ergonim – bu ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, savdo yoki boshqa iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq obyektlarga berilgan nomdir. Yunoncha “ergon” (mehnat, ish) va “onoma” (ism) so‘zlaridan kelib chiqqan bu atama iqtisodiy faoliyatning nomlash ehtiyojidan kelib chiqqan.2 Ergonimlar orqali jamiyatda mahsulot va xizmatlarga nisbatan o‘ziga xos munosabat shakllanadi, ular ijtimoiy xotiraning bir qismi sifatida yashab keladi. Ergonimlar iqtisodiy hayot jarayonida marketing va kommunikatsiya vositasi sifatida shakllanadi va faoliyat yuritadi.3 Ergonimlarning shakllanishi murakkab jarayon bo‘lib , bir qator omillar ta’sirida ro‘y beradi: - Iqtisodiy omillar – bozor talabi va mahsulotning savdodagi muvaffaqiyati - Madaniy omillar – milliy qadriyatlar va tarixiy an’analarning aks etishi - Marketing va reklama – nomning esda qoluvchanligi original va jozibador bo‘lishi - Tilshunoslik omillari – fonetik qulaylik, semantik mazmun va oson talaffuz Masalan , Xalqaro “Nestle” nomi asoschisi Anri Nestle familyasidan kelib chiqqan bo‘lsa, “Samsung” koreys tilida “uchta yulduz” ma’nosini bildiradi va kompaniyaning doimiy o‘sish porlash ramzi sifatida tanlangan. Bundan tashqari, yana bir nechta xalqaro miqyosdagi nufuzli, brend tusiga kira olgan ergonimlarga misollar keltiradigan bo‘lsak: “Toyota” – avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya (yapon tilida “kelajak uchun harakat” ramzi) yoki “Nike” – sport tovarlari brendi (yunon afsonalaridagi g‘alaba ma’budasi Nike nomidan olingan). Zamonaviy globallashuv natijasida ergonimlar mahalliy, balki, xalqaro bozorda ham raqobatbardoshlikka erishishi uchun brend nomlari ko‘pincha oson talaffuz qilinadigan va albatta, turli tillarda ijobiy ma’no anglatadigan bo‘lishi lozim. Shu talablarga ko‘ra, munosib nom tanlanadi. Masalan, “Opel” avtomobillari Britaniyada “Vauxhall” nomi ostida sotiladi. Ergonimlar zamonaviy iqtisodiy va madaniy hayotning ajralmas qismidir. Ular korxona va mahsulotlarning bozordagi muvaffaqiyatini ta’minlashda , iste’molchilar e’tiborini jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, ergonim tanlash jarayoni ehtiyotkorlik, til va madaniyat xususiyatlarini chuqur tahlil qilishni talab qiladi. Ularni to‘g‘ri shakllantirish kompaniya muvaffaqiyati va milliy iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega.

Доказательный фрагмент

«В данной статье всесторонне рассматривается понятие эргонимов, факторы, влияющие на их формирование, и их роль в современной ономастике.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье всесторонне рассматривается понятие эргонимов, факторы, влияющие на их формирование, и их роль в современной ономастике. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
marketing, mahsulot nomi, Ergonim, tilshunoslik, iqtisodiy onomastika, onomastika, xalqaro brendlar., brend, milliy ergonimlar, korxona nomi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5