Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARI ILM FAN TARAQQIYOTI
Tursunov Abdulla Baxrom oʻgʻli
Наука и технология в современном мире · 1941
Аннотация
Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida ilm-fan sohasida yuz bergan oʻzgarishlar, xususan, Oʻzbekistonga koʻchirilgan ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari va ularning mahalliy ilm-fan taraqqiyotiga koʻrsatgan taʼsiri yoritilgan. Urush sharoitida ham ilm-fan rivojida davom etganlik, texnik loyihalash va ishlab chiqarish sohalarida yirik natijalarga erishilganligi asosli dalillar bilan ko‘rsatib berildi. Kalit soʻzlar. Fanlar akademiyasi, SAGU, Ulugʻ Vatan urushi, Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moskva, Leningrad, Kiyev, Oʻzbekiston. 1941-yil 22-iyunda fashistlar Germaniyasi SSSRga qoʻqqisdan hujum boshladi. Aynan shu vaqtdan boshlab tarix notogʻri yozilib SSSR II jahon urushining faqat 1941-1945 davrini oladi. Mojariston, Ruminiya, Finlandiya, Italiya uning tomonidan turib urushga kirdi. Bu esa Ulugʻ Vatan urushiga aylanib ketdi. Oʻzbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi ishtirokining axloqiy-maʼnaviy jihatdan asosi shundaki, bu urushda oʻzbek xalqi fashizmdan faqat SSSRnigina emas, eng avvalo, Oʻzbekistonni himoya qilishni, uni yana bir bosqinchidan saqlab qolishni maqsad qilib qoʻygan edi. Bu maqsad yoʻli qoʻrbonlarsiz oʻtmadi. Shu bilan birga ilm fan taraqqiyoti salbiy taʼsir koʻrsatdi. Bolqon yarimorolida, Belorussiya, Ukraina va Rossiyadagi bir qator sanoat korxonalari va institutlar yurtimizga koʻchirilib keltirilgan. Fanlar akademiyasining ochilishi respublika hayotida muhim voqea bo‘ldi, ilm-fanning yanada taraqqiy etishi uchun mustahkam poydevor yaratildi. Tez orada yangi ilmiy muassasalar vujudga keldi. Til, adabiyot va tarix institutlari asosida Tarix va arxeologiya, Til va adabiyot institutlari, Sharqshunoslik instituti, Iqtisodiyot, Matematika va mexanika, Tuproqshunoslik, Fizika-texnika institutlari va boshqa laboratoriyalar tashkil etildi. 1945 yilga kelib Fanlar akademiyasi tarkibida 23 ta ilmiy muassasa, shu jumladan, 2 ta ilmiy tadqiqot institutlari, 2 ta laboratoriya, tajriba stansiyalari faoliyat ko‘rsata boshladi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining a’zo-xodimlari — 15 haqiqiy a’zosi, 20 muxbir a’zosi va 1265 ilmiy xodimi, shu jumladan, 54 ta fan doktori va 172 ta nomzod ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi. Ular orasida fizika-matematika fanlari doktori, T. A. Sariqov, kimyogar I. I. Romanovskiy, geolog olim X. M. Abdullayev, fizik olim G. V. Karpov, adabiyotshunos Y. Muminov, adib S. Ayni, faylasuf Oybek, biolog F. G‘ulom va boshqalar bor edi.1 Respublika olimlari faoliyatidagi asosiy yo‘nalishlardan biri iqtisodiyotning urush davri andozasiga solib qayta qurilishi va ishlatish, mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan mahalliy xom ashyoni o‘rganish va o‘zlashtirish, yangi resurslarni izlab topish va ulardan foydalanish, korxonalar va dehqonchilik xo‘jaliklariga amaliy ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatishdan iborat edi. Masalan, O‘rta Osiyo industrial instituti va SAGU (O‘rta Osiyo davlat universiteti) xodimlari Angren ko‘mirini, kauchukli o‘simlik va altinrudalarni faoliyati bilan foydalanish 1 Узбекистон тарихи (1917-1991 йиллар): Масул мухарир : К.Ражабов -Т: “Шарк”- 2001. 158 б. 49 ` imkoniyatlarini o‘rganib chiqdi. Ular amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqib bordilar.2 O'zbekiston Fanlar akademiyasining tantanali ochilish maro-simi 1943-yil 4-noyabrda bo'ldi. Fanlar akademiyasining birinchi Prezidenti qilib taniqli olim T.N.Qori-Niyozov saylandi. Albatta, O'zbekistondagi fan taraqqiyotida, xususan, Fanlar Akademiyasi faoliyatida mustamlakachilik siyosati o'z asoratini qoldirdi. Ilmiy buyurtmalar Moskvadan berilar va tasdiqlanar, ilmiy tadqiqot ishlari faqat rus tilida olib borilar edi.3 Urush yillarida Oʻzbekiston Respublikasiga koʻplab oʻquv va ilmiy-tadqiqot muassasalari koʻchirildi. 1941 yil noyabriga qadar Belorussiya, Ukraina va Rossiyadan 22 ta ilmiy-tadqiqot instituti, 16 ta oliy taʼlim muassasasi va 2 ta kutubxona Oʻzbekistonda joylashtirildi. Maʼlum maʼnoda, ushbu muassasalar faoliyati Oʻzbekistonda texnik-loyihalash ishlarining rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Masalan, Rostovdan koʻchirilgan "Stankoproekt" loyihalash tashkilotiga 1942 yildan boshlab Oʻzbekistonga koʻchirilgan barcha mashinasozlik va metallurgiya korxonalarining texnik loyihalashtirish ishlari topshirildi.4 Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov, Voronej. Odessa va boshqa shaharlardan ko'chinlib keltırılgan 31 olly o'quv yurti va 7 harbiy akademiya qabul qilib olindi. Ularning ba'zilari o'zaro yoki O'zbekiston oliy o'quv yurtlari bilan birlashdilar. Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida ilm-fan sohasida yuz bergan oʻzgarishlar, xususan, Oʻzbekistonga koʻchirilgan ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari va ularning mahalliy ilm-fan taraqqiyotiga koʻrsatgan taʼsiri yoritilgan. Urush sharoitida ham ilm-fan rivojida davom etganlik, texnik loyihalash va ishlab chiqarish sohalarida yirik natijalarga erishilganligi asosli dalillar bilan ko‘rsatib berildi.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida ilm-fan sohasida yuz bergan oʻzgarishlar, xususan, Oʻzbekistonga koʻchirilgan ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari va ularning mahalliy ilm-fan taraqqiyo…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida ilm-fan sohasida yuz bergan oʻzgarishlar, xususan, Oʻzbekistonga koʻchirilgan ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari va ularning mahalliy ilm-fan taraqqiyo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Rossiya, Fanlar akademiyasi, Ukraina, Ulugʻ Vatan urushi, Leningrad, SAGU, Moskva, Belorussiya, Kiyev, Oʻzbekiston.
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
The American Journal of Applied sciencesUsmonova Manzura Isakovna, Umarova Nasiba Erkinovna +22021
The American Journal of Applied sciencesHydrogeological Conditions, J.X. Djumanov +22021