К содержанию
РецензированоEN2026

FIRDAVSIYNING “SHOHNOMA” ASARI QAHRAMONLARI. ULARNING KEYING DAVR EPIK POEZIYASIGA KO`CHISHI

Xoliqulova Zarnigor Azim qizi

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

This article discusses the description of historical characters, along with legendary and mythological heroes, and their migration to later literature in the work of the great Persian-Tajik poet Abulqasim Firdawsi, "Shahnama", which is considered the highest literary masterpiece of the nation among the world masterpieces, world epics, and the eternal heritage of humanity. Keywords: Epic epic, poetry, mythological images, legendary heroes, historical characters Jamshid, Zahhok, Rustam, Sukhrob. O`zbek adabiyoti tarixida qadimgi shohlar haqidagi rivoyatlar, afsonaviy va epik dostonlardan iborat asarlar juda ko`plab uchraydi. Bularga misol qilib Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Firdavsiyning “Shohnoma” kabi nodir asarlarini misol qilib olishimiz mumkin. Bu asarlar ichida Firdavsiyning “Shohnoma” asari o`z davrining eng yirik epik asarlaridan biri bo`lib, o`zida qadimgi Forsning tarixiy, madaniy va axloqiy qadriyatlarini mujassam etgan. Abulqosim Firdavsiy 941-yilda Eronning Tus shahri yaqinidagi Boj qishlog`ida dehqon oilasida tug`ilgan. U dastlab qishlog`idagi diniy maktabda, so`ng Tus shahri madrasalarida tahsil oladi. Ijodkor yoshlik chog`laridayoq Sharq xalqlari tarixini zo`r zavq bilan o`rganadi, ko`hna rivoyatlarni yozib oladi. Aytishlaricha, Xuroson hukmdori Mahmud G`aznaviy shoirga “Shohnoma”ni yozishni topshiradi va asardagi har bir misra uchun bir dinor oltin tanga berishni va`da qiladi. Ammo keyinchalik hukmdor va`dasidan tonib shoirga 120 dona kumush tanga beradi. Firdavsiy bundan g`azablanib, bu tangalarni mulozimlarga taqsimlab beradi va G`znaviyni xasislik va pastkashlikda ayblovchi hajviya yozadi. Shundan so`ng shoir o`z ona 52 ` yurtidan quvg`in qilinadi. Ijodkorning “Shohnoma” asari haqida mulohaza yuritadigan bo`lsak, ushbu asar 30-35 yillik mehnat samarasi bo`lib, 60 ming baytdan iborat. Asar dastlab Abu Mansur Daqiy tomonidan “Xudoynoma” degan nom bilan yozila boshlagan. Ammo ijodkor asarning boshlanish vaqtlarida Quli tomonidan qatl ettiriladi va bu ishni Firdavsiy davom ettiradi. Asarda qariyb 4000 yil ichida Eron zaminida hukmronlik qilgan 4 ta sulolaga mansub 50 ta podshoh hayotiga tegishli voqea-hodisalar o`z aksini topgan. Bundan tashqari “Shohnoma”da peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va somoniylar kabi sulolalarga mansub bahodirlar va podshohlar haqida qahramonlik va ishqiy romantik dostonlar keltirilgan bo`lib, ularda ta`limiy-axloqiy mazmundagi lavhalar, pand-nasihatlar, lirik she`rlar ham o`rin olgan. Unda pahlavonlar, shohlar, amaldorlar, lashkarboshilar, olimlar, san`atkorlar, hunarmandlar, dehqonlardan iborat bir nechta obrazlar tasniflangan. Bulardan birinchisi, mifologik obrazlar bo`lib, bu qismda “Avesto”da qayd etilgan qadimgi miflar va kosmogonogik tasavvurlarda aks ettirilgan Qayumars, Hushang, Tahmuras, Jamshid kabi personajlarni uchratamiz. Ikkinchi afsonaviy qahramonlik qismi bahodirlar haqidagi Eron rivoyatlaridan iborat bo`lib, bularga Som, Narimon, Zol, Rustam, Gev, Bijon kabi obrazlar kiritilgan. Uchinchi qism esa tarixiy personajlardan tuzilgan bo`lib, Iskandar, Bahrom Go`r, Mazdak, Anushirvon, Xusrav Parviz kabi qahramonlar tavsifini o`z ichiga oladi. Asarda Zahhok haqida, “Rustam va Suxrob”, “Zol va Rudoba” hamda “Bijon va Manija” kabi dostonlar ham o`rin olgan. “Shohnoma”dagi afsonaviy qahramonlar orasida Rustam bilan birga Kova obrazi alohida ahamiyatga molik. Ahrimanning fitnasi bilan saltanatni egallab, ming yil davomida toj egasi bo`lgan Zahhok mamlakat ahlini qon qaqshatib, yelkasidan o`sib chiqqan ilonlarni ularning miyasi bilan parvarish etadi. Temirchi Kova mamlakatda zulm va zo`ravonlik avjiga chiqqan bir davrda adolatsizlikka qarshi bosh ko`taradi. U ofat va falokat timsoli bo`lgan Zahhokka qarshi sabr kosasi to`lgan xalq ommasini yetaklaydi va xalq qo`zg`oloniga rahbarlik qiladi. Natijada xalq ommasining junbushga kelgan to`lqini Zahhok va uning saltanatini yemirib tashlaydi. Ammo Firdavsiy tasavvurida yangi barpo etilajak mamlakatga oddiy temirchi bo`lgan Kovaning xalqqa boshchilik qilishi g`ayritabiiy edi. Shu sababli ham u Zahhokning o`rniga Jamshidning o`g`li Faridunning saltanat hukmdori bo`lgani va uning podshohlik davrida el-u yurtda adolat tantana qilganini tasvirlashga alohida e`tibor beradi. Shu tarzda Faridun ushbu asarda odil podshoh sifatida talqin etiladi. Asardagi eng qayg`uli dostonlardan biri “Rustam bilan Suxrob” bo`lib, unda asar qahramoni Rustam o`zining mashur oti Raxsh bilan ovga chiqib Turon o`lkasiga borib qoladi. U yo`lda otini o`g`irlatib qo`yadi va tasodifan Shamangan shahriga kirib boradi. Shamangan podshosi uni izzat-ikrom bilan kutib oladi va ziyofat boshlaydi. Bu orada shohning qizi Taxmina Rustamni yaxsh ko`rib qoladi va ular turmush qurishadi. Rustam o`z yurtiga qaytib ketar chog`ida farzandi uchun ayoliga bir gavhar berib ketadi. Oylar o`tib Taxmina o`g`il farzandli bo`ladi va unga Suxrob deb ism qo`yadi. Oradan bir necha yil o`tib Suxrob onasidan otasi Rustam ek

Доказательный фрагмент

«This article discusses the description of historical characters, along with legendary and mythological heroes, and their migration to later literature in the work of the great Persian-Tajik poet Abulqasim Firdawsi, "S…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the description of historical characters, along with legendary and mythological heroes, and their migration to later literature in the work of the great Persian-Tajik poet Abulqasim Firdawsi, "S… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Epic epic, poetry, mythological images, legendary heroes, historical, Zahhok, mifologik obrazlar, Rustam, tarixiy personajlar Jamshid, afsonaviy qahramonlar, Epik doston, Suxrob., poeziya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5