Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA INTERAKTIV PLATFORMALAR IMKONIYATLARI
Nuriddinova Nozima Nuriddin qizi
Наука и технология в современном мире · 58 · 36–41 · 2026
Аннотация
This article explores the role and significance of digital technologies in teaching biology, with a particular focus on the opportunities provided by interactive platforms. It highlights how digital tools enhance the visualization of biological processes, enable virtual laboratory experiments, and support interdisciplinary integration. The paper examines the use of innovative platforms such as Google Classroom, Kahoot, PhET, and BioMan Biology, emphasizing their effectiveness in increasing student engagement, motivation, and interactive learning in biology education. Key words: biology, digital technologies, interactive platform, virtual laboratory, quality of education, online learning, interdisciplinary integration, visual materials. Kirish. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizning deyarli barcha sohalarida chuqur o‘rin egallab borayotgani singari, ta’lim tizimi ham bu jarayondan chetda qolmayapti. Ayniqsa, so‘nggi yillarda ta’limda raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi o‘quv jarayonining shakli, usuli va mazmunini tubdan o‘zgartirmoqda. Bu o‘zgarishlar biologiya kabi tabiiy fanlarni o‘qitishda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi, chunki biologiya 68 ` – bu ko‘plab murakkab, abstrakt tushunchalar, jarayonlar va ko‘p bosqichli tajribalarni o‘z ichiga oluvchi fan hisoblanadi. An’anaviy o‘qitish uslublari, ba’zan, biologik hodisalarni to‘liq tushuntirib berishga, ayniqsa, ularni vizual tarzda namoyish etishga yetarli darajada imkon yaratmaydi. Shu sababli raqamli texnologiyalarning, xususan interaktiv platformalarning qo‘llanilishi biologiya fanini o‘rgatishda o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan tushunchasini chuqurlashtirish, qiziqishini oshirish va o‘quv faoliyatini faollashtirishda muhim vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Interaktiv ta’lim platformalari yordamida biologik jarayonlar animatsiyalar, simulyatsiyalar va virtual laboratoriyalar orqali oson tushunarli bo‘lib boradi. Bunday yondashuvlar o‘quvchilarni faollikka undaydi, ularni mustaqil fikrlashga va izlanishga yo‘naltiradi. Shu bilan birga, raqamli resurslar orqali har bir o‘quvchi o‘ziga mos tempda o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillariga to‘liq mos keladi. Mazkur maqolada biologiya fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati, ayniqsa interaktiv platformalarning imkoniyatlari, ularning o‘quv jarayoniga ta’siri va samaradorligi atroflicha yoritiladi. Adabiyotlar tahlili. Biologiya ta’limida raqamli texnologiyalarni qo‘llash zamonaviy pedagogik yondashuvlar doirasida keng o‘rganilmoqda. Turli tadqiqotlar, ilmiy maqolalar va tajriba asosida ishlab chiqilgan dasturlar raqamli vositalarning biologiya fani samaradorligini oshirishdagi o‘rnini tasdiqlab bermoqda. 1. Mayerning Multimodal o‘qitish nazariyasi (Mayer, 2001) Richard Mayer tomonidan ishlab chiqilgan Multimedia Learning Theory (ko‘p kanalli o‘rganish nazariyasi) ga ko‘ra, o‘quvchilar vizual va audio axborotni birgalikda qabul qilganda ma’lumotni yaxshiroq o‘zlashtiradilar. Biologiya kabi fanlarda bu uslub, ayniqsa, hujayra strukturasi, organlar tizimi, DNK replikatsiyasi kabi murakkab tushunchalarni tushuntirishda muhim ahamiyatga ega. 2. Jon Deweyning faol o‘quv yondashuvi Dewey ta’limni faollik va tajriba orqali o‘rganish deb talqin qiladi. Interaktiv platformalar aynan o‘quvchining dars jarayonida ishtirokini ta’minlaydi, bu esa Dewey prinsiplariga mos keladi. O‘quvchi virtual laboratoriyada tajriba o‘tkazadi, viktorinalarda qatnashadi va amaliy bilim oladi. 3. UNESCO tavsiyalari (2020) COVID-19 pandemiyasi davrida UNESCO tomonidan berilgan tavsiyalarda raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali ta’lim uzluksizligini ta’minlash muhimligi ta’kidlangan. Biologiya fanida bu hol virtual laboratoriyalar, onlayn darslar va simulyatsiyalar orqali samarali amalga oshirilgan. 4. Zamonaviy platformalarning ilmiy asoslari PhET Interactive Simulations (University of Colorado Boulder) – biologiya va boshqa fanlar uchun ishlab chiqilgan interaktiv simulyatsiyalar real tajribalar o‘rnini bosadi. Ilmiy maqolalar PhET simulyatsiyalarining o‘quvchilarning kontseptual tushunishini sezilarli darajada yaxshilaganini ko‘rsatadi. BioMan Biology – gamifikatsiya asosida ishlab chiqilgan ta’lim platformasi bo‘lib, o‘rganish jarayonini qiziqarli va faol qiladi. Tadqiqotlar o‘yin asosida ta’limning 69 ` motivatsiyani oshirishi va bilimni mustahkamlashi mumkinligini tasdiqlagan (Anderson & Krathwohl, 2001). 5. Milliy va mahalliy tajribalar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Raqamli ta’lim konsepsiyasi”da fanlarni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Biologiya faniga oid interaktiv videodarslar, elektron darsliklar va virtual laboratoriyalar joriy qilinmoqda. Tadqiqot metodlari. Ushbu maqola doirasida biologiya fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalar, ayniqsa interaktiv platformalarning o‘quv jarayoniga ta’sirini o‘rganishda quyidag
Доказательный фрагмент
«This article explores the role and significance of digital technologies in teaching biology, with a particular focus on the opportunities provided by interactive platforms.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the role and significance of digital technologies in teaching biology, with a particular focus on the opportunities provided by interactive platforms. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- biology, digital technologies, interactive platform, virtual laboratory, quality, biologiya, raqamli texnologiyalar, onlayn ta’lim, fanlararo integratsiya, ta’lim sifati, virtual laboratoriya, vizual materiallar, interaktiv platforma
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021