К содержанию
РецензированоUZ2026

CLIL METODIKASI ORQALI KOMMUNIKATIV KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHDA OG‘ZAKI NUTQNING O‘RNI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Meliqo‘ziyeva Gulchehra Abdullajon qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 662-664 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada CLIL (Content and Language Integrated Learning) metodikasining tibbiy ta’limda kommunikativ ko‘nikmalar, xususan, og‘zaki nutqni rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqot Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabalarining ishtirokida olib borildi. Natijalar CLIL metodikasi orqali og‘zaki nutq faoliyatining sezilarli darajada rivojlanishini ko‘rsatdi. Kalit so‘zlar: CLIL, og‘zaki nutq, kommunikativ ko‘nikmalar, tibbiy ingliz tili, integratsiyalashgan o‘qitish. Bugungi kunda tibbiy ta’limda xorijiy til, xususan, ingliz tilini o‘rgatish nafaqat bilim, balki samarali muloqot ko‘nikmalarini ham shakllantirishni taqozo etmoqda. Xalqaro amaliyotda keng qo‘llanilayotgan CLIL metodikasi – fan va til integratsiyasi orqali til o‘rganishga yondashuv – aynan tibbiyot yo‘nalishidagi talabalar uchun dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqolada CLIL metodikasi asosida og‘zaki nutqni shakllantirish mexanizmlari, ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Zamonaviy tibbiy ta’lim global tendensiyalar bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanmoqda. Bugungi kun talabalarining kasbiy bilimga ega bo‘lishi bilan birga, xorijiy tillarda, ayniqsa, ingliz tilida samarali muloqot qila olishi dolzarb masalaga aylangan. Bu esa tibbiy sohada faoliyat yuritayotgan yoki yuritmoqchi bo‘lgan mutaxassislar uchun nafaqat xalqaro tajriba almashish, balki ilmiy maqolalar yozish, xorijiy adabiyotlarni o‘rganish, konferensiyalarda ishtirok etish kabi ko‘plab imkoniyatlarni ochib beradi. An’anaviy chet tilini o‘qitish metodlari, ayniqsa tibbiy ta’limda, talabalarni yetarlicha faol og‘zaki nutqga jalb eta olmaydi. Bu holatga sabab sifatida til o‘rganish jarayonining mavhumligi, real kontekstdan uzoqligi va talabalar orasida nutqiy faollik past bo‘lishi keltiriladi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, fan va tilni integratsiyalashgan holda o‘qitish – ya’ni CLIL (Content and Language Integrated Learning) metodikasi – dolzarb va samarali yechim sifatida qaralmoqda. CLIL yondashuvi o‘zida kasbiy fan va chet tilini bir vaqtning o‘zida o‘qitishni nazarda tutadi. Bu metodika talabalarni haqiqiy kontekstda tilni qo‘llashga undaydi va ayniqsa og‘zaki nutq, ya’ni so‘zlashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Tibbiy matnlar, klinik holatlar, guruhiy muhokamalar va taqdimotlar orqali talabalar nafaqat tibbiy bilimlarini mustahkamlashadi, balki muloqotga kirishish, fikr bildirish, savol berish va tushuntirish kabi kommunikativ harakatlarni faol bajara boshlaydilar. Ushbu maqolada CLIL metodikasi asosida tibbiy ta’lim talabalarining og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlar, amaliy tajribalar va ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotdan maqsad – CLIL asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonining kommunikativ kompetensiyalar, ayniqsa, og‘zaki ifoda qobiliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda 60 nafar 2-bosqich talabalar ishtirok etdi va ular eksperimental hamda nazorat guruhlariga ajratildi. Eksperimental guruhga CLIL metodikasi asosida "Anatomy" va "Physiology" fanlari ingliz tilida integratsiyalashgan holda o‘qitildi. Dars jarayonlarida rol o‘ynash, muhokama, klinik holatlar asosida taqdimotlar kabi og‘zaki nutq faoliyatiga 12 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si yo‘naltirilgan topshiriqlardan foydalanildi. Baholash uchun pre- va post-testlar, o‘qituvchi kuzatuvlari, hamda talabalar fikri asos bo‘ldi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, eksperimental guruh talabalari og‘zaki nutq testlarida o‘rtacha 36% rivojlanishni namoyon etdi, ayniqsa, tibbiy terminlarni ishlatish, so‘zlashuv davomiyligi va grammatik to‘g‘rilikda sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Talabalar CLIL asosida o‘tilgan mashg‘ulotlarda o‘z fikrini erkin bayon etish, savol-javob va muloqotga faol qatnashishda yuqori natijalarga erishdilar. CLIL metodikasi tibbiy kontekstda og‘zaki nutqni rivojlantirishda samarali yondashuv ekani isbotlandi. Til va fanning integratsiyasi, ayniqsa, kasbiy leksikani real vaziyatlarda qo‘llashga yordam berdi. Shu bilan birga, dastlabki bosqichlarda talabalar uchun tushunish va so‘zlashuvda qiyinchiliklar kuzatildi. Biroq metodik yondashuv va darsda interaktiv usullardan foydalanish bu muammolarni kamaytirdi. CLIL metodikasi og‘zaki nutqni rivojlantirishda katta salohiyatga ega bo‘lib, tibbiy yo‘nalishdagi talabalar uchun kasbiy muloqotga tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil etish imkonini beradi. Uni keng joriy qilish orqali til o‘rganish motivatsiyasi va kommunikativ kompetensiyalarni yangi bosqichga olib chiqish mumkin.

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada CLIL (Content and Language Integrated Learning) metodikasining tibbiy ta’limda kommunikativ ko‘nikmalar, xususan, og‘zaki nutqni rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada CLIL (Content and Language Integrated Learning) metodikasining tibbiy ta’limda kommunikativ ko‘nikmalar, xususan, og‘zaki nutqni rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kommunikativ ko‘nikmalar, tibbiy ingliz tili, og‘zaki nutq, CLIL, integratsiyalashgan o‘qitish.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники