Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SINFDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARDA FORTEPIANO CHOLG‘USI USTIDA ISHLASH USULLARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · ISHLASH USULLARI (in-academy.uz/index.php/si) · Haqqulov Sherzod (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
This article covers the methods of working on the piano instrument in extracurricular activities, it contains information about the history of the creation of the piano instrument and how it has been preserved to this day. Key words: Types of training, piano, art, renaissance period, music, culture, grand piano, musical-aesthetic, education-music, pedagogy, performance skills. KIRISH. Darhaqiqat, juda ko‘plab, e’lon qilingan yozma manbaalarja fortepiano cholg‘usi xususida ko‘plab qimmatli ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Jumladan, bu haqdagi ma’lumotlar bundan besh yuz yillik tarixga ega klavir san’ati Uyg‘onish davrida vujudga kelib, XVII-XVIII asrlarda gullab-yashnadi. XVIII asr boshida fortepiano cholg‘usi yaratilganidan so‘ng, fortepiano san’ati rivojlanish davri boshlandi. Ushbu musiqa fortepiano cholg‘usi XVIII asrning boshlarida (1710 yilda) italiyalik Kristofori tomonidan yaratilgan bo‘lib, unda ohista va baland (kuchli va kuchsiz) tovushlarni chalish mumkin bo‘lgan. Shu bois fortepiano cholg‘usining nomi “fortepiano” deb nomlanib, italyan tilida tovush kuchi nuqtayi nazaridan - “baland-past” ma’nolarini bildiradi. Fortepiano cholg‘usining klavishlarini bosganda jaranglaydigan tovushlar esa klavishdan emas, balki fortepiano (pianino) cholg‘usining ichida tarang tortilgan simlardan yangraydi. Agar simlar vertikal (tikka) tortilgan bo‘lsa, bu – fortepiano cholg‘usi bo‘lib, u hajm jihatidan kichikroq hamda katta bo‘lmagan xonalarda ijro etish uchun mo‘ljallangan. Agar simlar gorizontal (yotiq) tortilgan bo‘lsa, bu – royal cholg‘usidir. Uning tovushlari balandroq va jarangli bo‘lib, hajm jihatidan katta. 154 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Fortepiano cholg‘usining o‘zidan ko‘ra mukammalroq ishlab chiqilgan yana bir turi royal kontsert zallarida ijro etish uchun mo‘ljallangan. Fortepianoda o‘tirish, ijrochilik holati Ma’lumki, har qanday cholg‘uni ijro etishni o‘rganishda avval cholg‘u oldida to‘g‘ri o‘tirib, gavdani, oyoq-qo‘llarni erkin tutish kabi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish muhimdir. Bu ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishi ijrochilik holatining to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi. Fortepiano ijrochiligida uchta ta tayanch nuqtalari mavjud bo‘lib, bular oyoq holati, o‘rindiqda (stulda) o‘tirish holati va “qo‘l holati” (barmoqlar)dir. Shuningdek, yana bir necha xususiyatlari mavjud. Ular: oyoq holati – bir oz oldinga surilgan holda yerga yoki maxsus taxtachaga tayangan bo‘lishi lozim; o‘rindiqda (stulda) o‘tirganda, butun o‘rindiqqa emas, balki uning yarmiga mustahkam o‘tirish kerak. O‘rindiqning balandligi esa maxsus burama moslama yoki taxtachalar bilan shogirdga moslashtirilgan bo‘lishi lozim. Uning balandligi shunday qo‘yilgan bo‘lishi kerakki, unda tirsaklar klavishdan pastda yemas, balki ular bir tekis balandlikda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir; barmoqlar uchinchi – eng muhim tayanch nuqtalardan biri sanaladi. Gavdani tik tutgan holda qomatni biroz oldinga, cholg‘uga yaqin tutib, “qo‘l holati” (barmoqlar)ni qo‘yganda bilak tepaga ko‘tarilmagan, tirsak tanadan uchyuz burchak ostida bo‘lishi maqsadga muvofiq. Yelkalar erkin holatda hamda o‘quvchining qaddi rostlangan bo‘lishi lozim. Qo‘llar yumaloq va klavishni bosganda barmoqlar uchiga tayangan bo‘lishi kerak. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Fortepiano cholg‘usi o‘ziga xos xususiyatga ega. Unda ijro etishda tovushni tiniq, ravon ijro etish uchun ularning imkoniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan bilish hamda ularda ijro etish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish talab etiladi. Ijro yetilayotgan asarlarni qismlarga va qismlarni jumla va frazalarga bo‘lish orqali musiqaning aniq ijro etishga erishiladi. Bir nechta musiqiy jumladan esa asarning qismi paydo bo‘ladi. Yangi asarlarni o‘zlashtirish jarayonida har bitta fraza, jumla uchun alohida tovush kuchi talab etilishi mumkin. Ijrochilik ko‘nikmalarini shakllantirishga doir mashq va kichik kuylar taklif etilayotgan mashqlarni turli shtrixlarda va har xil harakatlarda qo‘llab, barmoqlar texnikasining fikrlash tezligini birinchi darslardan boshlab rivojlantirish zarur. Ko‘p miqdorda turli balandlikdagi tovushlarni ikki qo‘lda ijro etish uchun bir- biriga chiziq bilan bo‘lingan ikkita nota yo‘lidan foydalaniladi: yuqoridagi qator o‘ng qo‘lda, pastdagi qator esa chap qo‘lda ijro etish uchun mo‘ljallangan. Ularning “akkolada” deb nomlanuvchi yoy birlashtirib turadi. O‘quvchilar o‘rganishlari lozim bo‘lgan eng birinchi kichik asarlar – bir ovozli qo‘shiqlar bo‘lib, ular navbatma-navbat ikki qo‘l bilan chalish uchun mo‘ljallangan.Ijro dasturini tanlash Fortepiano ijrochiligining boshlang‘ich davrida ijro repertuarining ko‘lami nihoyatda kengdir. Jahon kompozitorlarining musiqiy namunalari bilan birga, O‘zbekiston kompozitorlarining milliy ruh bilan sug‘orilgan ko‘plab namunalari, o‘zbek xalq kuylarining fortepiano uchun moslashtirilgan variantlari mavjuddir. O‘quvchilarning badiiy ijrochilik tafakkurini boyitish, texnik imkoniyatlarini rivojlantirish uchun turli xarakterd
Доказательный фрагмент
«This article covers the methods of working on the piano instrument in extracurricular activities, it contains information about the history of the creation of the piano instrument and how it has been preserved to this…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article covers the methods of working on the piano instrument in extracurricular activities, it contains information about the history of the creation of the piano instrument and how it has been preserved to this… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Types of training, piano, art, renaissance period, music, culture, grand, Mashg‘ulot turlari, uyg‘onish davri, musiqaviy-estetik, royal, ijrochilik ko‘nikmalar., musiqa, tarbiya-musiqa, pedagogika, fortepiano, madaniyat, san’at
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025