Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DAVLAT BOSHQARUVI SOHASIDA KORRUPSIYAVIY OMILLAR
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Jumanov Jamshidbek (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Mazkur tezisda davlat boshqaruvi tizimidagi korrupsiyaviy omillar tahlil qilinadi. Davlat boshqaruvida korrupsiya nafaqat ishonchni pasaytiruvchi, balki samaradorlikni kamaytiruvchi muhim xavf omili hisoblanadi. Ushbu omillar – normativ- huquqiy hujjatlarning noaniqligi, nazorat tizimining sustligi, byurokratiya, mansabdor shaxslarning javobgarligi zaifligi, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlar orqali yuzaga keladi. Maqolada ushbu omillarning ildizlari, ularning davlat xizmatining turli bosqichlaridagi ta’siri, xalqaro tajribalar va statistik ma’lumotlar asosida yoritiladi. Shuningdek, korrupsiyaviy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: davlat boshqaruvi, korrupsiyaviy omillar, byurokratiya, manfaatlar to‘qnashuvi, nazorat mexanizmlari, davlat xizmati, huquqiy bo‘shliqlar, korrupsiyaga qarshi siyosat, institutsional islohotlar, samaradorlik. Kirish. Davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashishda birinchi galda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalardan biri korrupsiyaviy omillarni aniqlash hamda korrupsiya bo‘yicha tushunchalarni oydinlashtirib olish hisoblanadi. Tadqiqotlarda hamda adabiyotlarda korrupsiyaviy omillarni asosan korrupsiyaning paydo bo‘lishi bilan bog‘lashadi. Biroq biz bu fikrdan yiroqmiz. Korrupsiyaviy omillar nafaqat korrupsiyaning paydo bo‘lishiga, ayni paytda uning rivojlanishi va mavjudligini saqlab qolishi uchun ham xizmat qiladi. Korrupsiya murakkab, sohalar va tarmoqlararo supermegaxarakterga bo‘lganligi sababli uning omillari ham xuddi shunday xarakterga ega hisoblanadi. Ammo shunday bo‘lsada unga nisbatan polifonik yondashuv kuchli. Bu esa korrupsiya va korrupsiyaviy omillarga nisbatan substansional yondashuv orbitasidan uzoqlashishga sabab bo‘lmoqda. Shu o‘rinda korrupsiyaviy omillar va korrupsiyaning bir-biriga nisbati qanday, ulardan qay biri birlamchi va qay biri ikkilamchi degan masalani ham aniqlashtirib olishimiz maqsadga muvofiq. Agarda korrupsiyaviy omillar bo‘lmasa korrupsiya ham bo‘lmaydi degan nuqtai nazardan yondashadigan bo‘lsak unda korrupsiyaviy omillar birlamchi bo‘ladi. Agarda korrupsiyani qanday tushunish kerakligi nuqtai nazardan yondashadigan bo‘lsak, unda korrupsiya birlamchi bo‘lib qoladi. Masalan biz korrupsiyani faqat jinoyat, boringki, huquqbuzarlik sifatida tushunadigan bo‘lsak, unda korrupsiyaning mohiyati ham huquqbuzarliklarga xos mazmunda bo‘ladi. Xususan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-fevraldagi 2-MH-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda korrupsiya huquqbuzarlik sifatida tushunilgan hamda shu asosda korrupsiyaviy omil ham huquqbuzarlik tushunchasiga mos tarzda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish imkoniyatini yaratadigan, korrupsiyani yuzaga keltiradigan huquqiy normalar sifatida talqin etilgan1. Asosiy qism. Tahlillar va o‘rganishlar korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi ko‘p jihatdan ushbu tushunchaning qanday anglanishi va uning amaliyotda qanchalik o‘z ifodasini 1 Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг 2021 йил 24 февралдаги “Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар ва улар лойиҳаларининг коррупцияга қарши экспертизасини ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида”ги 2-мҳ-сон буйруғи // https://lex.uz. 142 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si topishiga bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda o‘zbek leksikonida korrupsiya asosan “pora” sifatida tushuniladi. “Pora” so‘zi forschadan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida “mayda pul”, “chaqa”, “xayr sadaqa” singari ma’nolarni anglatgan holda biror ishni noqonuniy hal qilib berganlik uchun mansabdor shaxsga beriladigan yoki berilgan narsa (pul) sifatida tushunilgan. J.Shirinov ham tanish-bilish yo‘li bilan o‘z yaqinlarini lavozimga tayinlash, davlat funksiyalarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvi, muayyan masalani hal etishda qimmat baho sovg‘alar berish va olish, davlat xizmatchisining biznesga noqonuniy “rahnamolik” qilishi, mansabini suiiste’mol qilgan holda fuqarolarda huquqini talab qilish istagini yo‘qotish, boshqaruvda hiyla-nayrang (saylovlarni soxtalashtirish, ayrim guruh manfaati yo‘lida adolatsiz qaror qabul qilish), sudning mustaqilligiga daxl qilish, sun’iy tanqislikni vujudga keltirish, siyosatchilarning xalqqa “yaxshi kishi bo‘lib ko‘rinishi” uchun o‘z mavqeidan foydalangan holda qonunga xilof ravishda davlat xizmatlarini ko‘rsatishi kabilar korrupsiya hisoblanishi, ammo milliy qonunchiligimizda korrupsiyaviy jinoyatlarning toifalari aniq emasligi, ko‘pincha, pora berish va pora olish va shukabi boshqa jinoyatlarni korrupsiyaviy jinoyat deb hisoblanayotganligini ta’kidlaydi2. “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida jamoatchilik fikri” mavzusidagi ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, aksariyat respondentlar korrupsiyani “poraxo‘rlik, pora olish va/yo
Доказательный фрагмент
«Mazkur tezisda davlat boshqaruvi tizimidagi korrupsiyaviy omillar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tezisda davlat boshqaruvi tizimidagi korrupsiyaviy omillar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nazorat mexanizmlari, huquqiy bo‘shliqlar, samaradorlik., korrupsiyaviy omillar, korrupsiyaga qarshi siyosat, byurokratiya, davlat boshqaruvi, davlat xizmati, institutsional islohotlar, manfaatlar to‘qnashuvi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024