Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHET TILI NAZARIY FANLARINI O‘QITISH MASALALARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Sayyora Samiyeva (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada chet tili nazariy fanlarini o‘qitishning asosiy shakllari haqida so‘z boradi. Ma’ruza - oliy ta’limda ta’limni tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi va yo‘naltiruvchi, axborot, metodologik, tarbiyalovchi hamda rivojlantiruvchi vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi. Seminar - dolzarb ilmiy-amaliy muammolarga mustaqil ravishda yechim topishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodi. Muallif ba’zi xorijiy, rus, milliy olim va tadqiqotchilarining ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini tashkil qilish borasidagi fikrlari, ilgari surgan go‘yalari bilan tanishtirgan. Kalit so‘zlar: ta’lim, metod, ma’ruza, nazariy fan, seminar, innovatsion ma’ruza, innovatsion uslub, muammo. Barchamizga ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarida talabalarga nazariy fanlarni o‘rgatishning ikki shakli mavjud: ma’ruza va seminar. Ma’ruza – oliy ta’limda ta’limni tashkil etishning asosiy shakli hisoblanib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi: 1. Yo‘naltiruvchi – talabalarni o‘quv materialining asosiy jihatlariga e’tibor qaratishga imkon berish. 2. Axborot – professor-o‘qituvchi ma’ruza vaqtida muammoni, muammo bilan bog‘liq asosiy dalil va xulosalar mohiyatini ochib beradi. 3. Metodologik – ma’ruza jarayonida muammoning falsafiy-nazariy asoslari bayon etiladi. 4. Tarbiyalovchi – talabalarda tinglash, idrok etish, munozarada ishtirok etish madaniyatini shakllantirish. 5. Rivojlantiruvchi – talabalarda mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqara olish qobiliyatini rivojlantirish imkonini beradi. Hozirgi kunda oliy o‘quv yurtlarida ma’ruzalar an’anaviy va noan’anaviy, ya’ni innovatsion ma’ruza turlariga bo‘linadi. An’anaviy ma’ruzalar o‘qituvchi faolligida, noan’anaviy ma’ruzalar esa, talaba faolligida o‘tadi. Noan’anaviy ma’ruzalarning quyidagi turlari mavjud: muammoli ma’ruza, ko‘rgazmali ma’ruza, binar ma’ruza, oldindan xato fikr ham bayon qilinishi reja qilingan ma’ruza, anjuman tarzida o‘tkaziladigan ma’ruza, maslahat ma’ruza. Ma’ruza jarayonida auditoriyada talabalar sonining ko‘pligi o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqotni sezilarli darajada zaiflashtiradi va ma’ruzachi uchun talabalarning mavzuni tushungani yoki tushunmaganini aniqlashni qiyinlashtiradi. Chet til bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan OTM larda nazariy fanlar ma’ruzalarida 85-90 nafar talaba tinglovchi sifatida qatnashadi. Ko‘p sonli auditoriyada an’anaviy ma’ruzalar o‘qish ta’lim sifatining pasayishiga olib keladi. Shu sababli noan’anaviy ma’ruzalarni tashkillashtirish dolzarb vazifaga aylandi. Zamonaviy ma’ruza avvalgi o‘qitishning «nofaol» usulidan «faol» usuliga o‘tmog‘i, bahs, munozara, suhbat, muhokama shaklida amaliy ishlarning uyg‘unligi, ya’ni interaktiv usullarda tashkil etilishi lozim. Shu sababli hozirgi vaqtdagi ko‘plab innovatsion uslublar o‘qitishning interaktiv uslublarini qo‘llash bilan bog‘liq. Bir qator xorij tadqiqotchilari: Djon Middendorf (Joan Middendorf) va Alan Kalish (Alan Kalish), Rik Sulivan (Rick Sullivan) va Noel Mikintosh (Noel McIntosh)lar o‘qituvchilar uchun ma’ruzalar o‘qitishda ko‘rsatmalarni taklif qilganlar. Shulardan, Djon Middendorf va Elen 152 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Kalish “The “Change-Up” ma’ruzalari to‘g‘risida so‘z yuritganlar. Ular ma’ruza-dars jarayonida 20 tadan ko‘p amaliy strategiyalarni taklif qilganlar [2; 50-b]. Shulardan ba’zilarini keltirib o‘tmoqchimiz: 1) Savol yozing (Write a Question) – o‘qituvchi talabalardan “savollaringiz bormi?” deb so‘rash o‘rniga, ulardan ma’ruza to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini va bitta yoki ikkita savol yozishlarini so‘raydi. 2) Juftlikda o‘ylang va fikringizni bo‘lishing (Think-Pair-Share) – talabalarga murakkab savollar berilganda, “Javob berishni xohlovchilar bormi yoki kim javob beradi?” deb so‘rashning o‘rniga o‘qituvchi talabalarga juftlikda muhokama qilib, o‘ylab ko‘rishlariga imkon berishi lozim. So‘ngra, talabalardan savolga javob berishga harakat qilishlarini so‘raydi. 3) Iqtiboslar topish (Finding Illustrative Quotations) – o‘qituvchi talabalardan mavzuga oid muayyan dalillarni qo‘llab quvvatlaydigan iqtiboslarni topishni so‘raydi. Bu vazifa uyda bajarish uchun beriladi. Buning uchun talabalar ma’ruza matnini uyda qaytadan o‘qib chiqishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. 4) Uy vazifasini bajarishdagi kutilishi mumkin bo‘lgan qiynichiliklarni auditoriyada amaliyotda mashq qilish (Practice Homework Problems) - ma’ruza taqdim qilingach, o‘qituvchi talabalarga uy vazifasini bajarishda duch kelishlari mumkin bo‘lgan muammoga o‘xshash topshiriq beradi. Talabalar topshiriqni sinfda muhokama qiladilar. Garvard universitetining Derek Bok ta’lim markazi tadqiqotchilari tomonidan ma’ruza taqdim etishda o‘qituvchilar uchun ko‘rsatmalar berilgan. Ushbu ko‘rsatmalarda ma’ruza 5 bosqichga bo‘lingan: Boshlanish (Beginning the lecture (or course)), darsda faol bo‘lishga undash (Inviting participation), savol berish (Punctuating the lecture with questions), ma’ruza shaklini o‘zgartirish (Varying the format) va yakuniy b
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada chet tili nazariy fanlarini o‘qitishning asosiy shakllari haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada chet tili nazariy fanlarini o‘qitishning asosiy shakllari haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovatsion uslub, ta’lim, ma’ruza, innovatsion ma’ruza, metod, muammo., nazariy fan, seminar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026