Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INKLYUZIV SINFLARDA O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPETENSIYASI: TALAB VA MUAMMOLAR
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TALAB VA MUAMMOLAR (in-academy.uz/index.php/si) · Sarsenbaeva Raya (in-academy.uz/index.php/si) · Saidboyeva Barno (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Инклюзивное образование является неотъемлемой частью современной системы образования, создавая полноценные условия для обучения всех учащихся, включая детей с особыми потребностями. В таких классах профессиональная компетентность учителя приобретает особое значение. В данной статье рассматриваются основные навыки, квалификации и компетенции, необходимые педагогам, а также актуальные проблемы, возникающие в процессе их формирования. Успешная реализация инклюзивного образования во многом зависит от психологической, педагогической, коммуникативной и методической подготовки учителя. С этой точки зрения, в статье подчеркивается важность постоянного профессионального роста, саморазвития и повышения квалификации педагогов. В 11 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si статье представлены научно-практические рекомендации для учителей, работающих или планирующих работать в инклюзивных классах. Ключевые слова: компетенция, педагогический, методический, коммуникативный, квалификация, инклюзивное образование. Inklyuziv ta’lim muhitida o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki moslashtiruvchi, qo‘llab-quvvatlovchi va motivatsiya beruvchi shaxs sifatida qaraladi. Kasbiy kompetensiyaga ega bo‘lgan o‘qituvchi har bir o‘quvchining individual ehtiyojlarini inobatga olib dars olib boradi. U pedagogik metodikani shaxsiylashtira oladi, ijtimoiy-emosional muhit yaratadi va turli salohiyatga ega bolalar o‘rtasida inklyuziv madaniyatni shakllantiradi. Bunday muhitda samarali ishlash uchun o‘qituvchi maxsus pedagogika, defektologiya, logopediya, psixologiya sohalarida yetarli bilimga ega bo‘lishi lozim. Asosiy muammolardan biri – o‘qituvchilarning malaka darajasining notekisligi, inklyuziv ta’lim bo‘yicha yetarlicha o‘qitilmaganidir. Shuningdek, ko‘p hollarda inklyuziv sinflarda moddiy-texnik baza talab darajasida emas. Darsliklar va didaktik materiallar soni cheklangan. Shu sababli o‘qituvchilar innovatsion yondashuvlar, AKT vositalari va moslashuvchan metodlar orqali bu muammolarni qoplashga harakat qilishadi. Bu bo‘limda aynan shunday kompleks yondashuvning muhimligi yoritilgan. O‘qituvchining inklyuziv ta’limda muvaffaqiyatli ishlashi uchun avvalo o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini aniqlash, ularni baholash va ularga mos o‘quv strategiyalarini ishlab chiqish qobiliyati zarur. Shu bilan birga, u har xil intellektual, jismoniy yoki emotsional rivojlanish darajasiga ega bolalar bilan teng darajada ishlay olishi kerak.Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘plab o‘qituvchilar hali ham inklyuziv yondashuv bo‘yicha yetarli tayyorgarlikka ega emaslar. Ayniqsa, kommunikativ yondashuvlar, sabr-toqat, individual yondashuv va emotsional barqarorlik kabi jihatlar ustida ishlash lozim. Shuningdek, inklyuziv muhitda samarali ishlash uchun doimiy kasbiy rivojlanish – malaka oshirish kurslari, treninglar va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish zarur. Ta’lim muassasalarida bu boradagi imkoniyatlar kengaytirilishi, metodik qo‘llanmalar va o‘quv materiallari bilan ta’minlash dolzarb vazifalardan biridir. Jamiyatda inklyuziv ta’limga ijobiy munosabatni shakllantirish, ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ham o‘qituvchi kompetensiyasining muhim qismi hisoblanadi. Shu bois, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasi nafaqat bilim, balki empatiya, ijtimoiy ko‘nikma va madaniy sezgirlikni ham o‘z ichiga olishi kerak.Asosiy metod sifatida deskriptiv (tasviriy) tahlil, solishtirma (komparativ) metod, hamda nazariy umumlashtirish ishlatildi. Bu usullar orqali inklyuziv ta’limda o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasini chuqur o‘rganish, mavjud adabiyotlarni tahlil qilish va ilg‘or tajribalarni qiyoslash imkonini berdi. Shuningdek, kontent tahlili (content analysis) orqali O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda chop etilgan maqolalar, konferensiya materiallari va amaliy tavsiyalar o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar asosida o‘qituvchilarning kompetensiya modellari, ularni shakllantirish bosqichlari va real muammolari tizimli yoritildi. Amaliy tajriba sifatida inklyuziv sinflarda faoliyat yuritayotgan bir nechta o‘qituvchilar bilan so‘rovnoma va suhbatlar tashkil etildi. Bu suhbatlar o‘qituvchilarning real ehtiyojlari, duch kelayotgan qiyinchiliklari, va malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyoji haqida aniq tasavvur berdi. So‘rovnomada asosan quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi: psixologik tayyorgarlik, metodik yondashuvlar, kommunikativ kompetensiya va emotsional boshqaruv. Metodik 12 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si yondashuvda esa interaktiv o‘qitish usullari, individual yondashuv, differensiallashtirilgan ta’lim, va kooperativ o‘qitish elementlari nazarda tutildi. Bu metodlar inklyuziv sinfda har xil ehtiyojlarga ega bolalar bilan samarali ishlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Metodologik jihatdan, maqolada pedagogik-psixologik tahlil, ilmiy-nazariy asoslash, va amaliy qo‘llash imkoniyatlarini birlashtirgan yondashuv qo‘llanilgan. Bu esa nafaqat ilmiy asoslangan tahlil, balk
Доказательный фрагмент
«Инклюзивное образование является неотъемлемой частью современной системы образования, создавая полноценные условия для обучения всех учащихся, включая детей с особыми потребностями.»
Образец извлечения
Демо-превьюИнклюзивное образование является неотъемлемой частью современной системы образования, создавая полноценные условия для обучения всех учащихся, включая детей с особыми потребностями. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- competence, pedagogical, methodological, communicative, qualification, kommunikativ, metodik, inklyuziv ta’lim., pedagogik, malaka, kompetensiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026