К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUVCHILARDAGI KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHNING KREATIV PEDAGOGIKASI ASOSLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · PEDAGOGIKASI ASOSLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · Safarova Madina Azamat qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativligini rivojlantirishning krteativ pedagogikasi, kreativ shaxsni shakllantirish va rivojlantirish bosqichlari, metod va texnologiyalari haqida fikr yuritilgan. Kalit so’zlar: yoshlar; innovatsion; o’quvchilar; kreativ; pedagogika; kreativ shaxs; metod; texnologiya; rivojlantirish; kreativlik daraja; mezon; baholash; raqamli ta’lim; rag’batlantirish; didaktik asos. Hozirda mamlakatimiz yoshlarini xar tamonlama yetuk barkamol avlod qilib shakllantirishga bo‘lgan e’tibor har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda va bu davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib ham bo‘lgan. Kreativlik, ya'ni ijodkorlik, zamonaviy ta'lim tizimining ajralmas qismidir. O’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularning shaxsiy va professional hayotida muvaffaqiyatga erishishlari uchun muhimdir. Kreativ pedagogika – bu ta'lim jarayonida ijodiy fikrlashni rag'batlantirishga qaratilgan yondashuvdir. U o’quvchilarni innovatsion fikrlashga, yangi g'oyalar ishlab chiqishga va o'z fikrlarini erkin ifoda etishga undaydi. Kreativ pedagogikaning asoslari va o’quvchilardagi kreativlikni rivojlantirish ushbu bosqichlardan iborat:  kreativ shaxsni shakllantirish bosqichlari. Bu yerda o‘quvchilardagi kreativ tafakkurni shakllantirish, o‘quvchilardagi kreativ qobiliyatning shakllanganligi, o‘quvchilardagi kreativlikka xos xususiyatlar, kreativlikni tashxislash kabilardan didaktik asos sifatida foydalaniladi. Bundan o‘quvchilardagi kreativlikni rivojlantirishga oid innovatsion metod va texnologiyalar ishlab chiqishda foydalaniladi;  shaxs kreativligini rivojlantirish bosqichlari. Ushbu tarkibiy qismida boshlang‘ich ta’limning barcha bosqichlaridagi (1-4 sinf o‘quvchilaridagi) o‘quvchilar tafakkur qamrovini hisobga olgan holda ta’lim olib borish asosiy e’tiborda bo‘ladi. Bundan o‘quvchilardagi kreativlik darajasini aniqlash va baholash mezonini ishlab chiqishda foydalaniladi;  shaxs kreativligini shakllantirish metodlari. Bu bosqichda ushbu sohada olib borgan tadqiqotimizdagi “O’quvchilarni kreativlik fikrlashga o‘rgatishning muloqotlar maydoni muhiti metodikasi” dan didaktik asos sifatida fodalanamiz. Bu manbadan didaktik asos sifatida foydalanishga sabab qaralayotgan innovatsion metodikada bir tomonlama muloqot, ikki tomonlama muloqot va ikki tomonlama guruhli muloqotlar muntazam ravishda bab – baravar ishchi holatda bo‘ladi va ular quyidagidek aqliy operatsiyalar negizida amalga oshiriladi: da’vat; anglash; mulohaza va optimal qaror qabul qilish. Bu tarkibiy qismlardagi metodlardan boshlng‘ichdagi qaysi fanda qanday kreativ metodikadan foydalanishni ilmiy – metodik jihatdan asoslashda foydalaniladi;  shaxs kreativligini rivojlanish texnologiyalari. Mazkur tadqiqot ishimizda zamonaviy pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlari biri bo‘lgan raqamli ta’lim texnologiyalariga asosiy e’tibor qaratiladi. Bunday e’tibordan foydalanishga sabab, birinchidan, raqamli texnologiyalardan foydalanib o‘rganilayotgan mavzu (fanni) mos vertual materiallarini tayyorlab olib, undan amaliyotda foydalanishga keng imkoniyatlar mavjud, ikkinchidan, 164 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo boshlang‘ich ta’limga oid (mavzu, fan, tushuncha va h.k.) pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish mumkin, uchinchidan, raqamli texnologiyalardan foydalanib o‘quv jarayonida to‘ldirilgan reallik texnologiyalardan foydalanishga keng imkoniyatlar mavjud, to‘rtinchidan, raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quvchilardagi kreativlikni rivojlantirishga oid kompyuterli didaktik o‘yinlarni tashkil qilib, treninglar olib borish mumkin, beshinchidan, raqamli ta’lim texnologiyalari yordamida trening mashg‘ulotlari uchun trenajyorlar ham tayyorlash mumkin. Bu orqali o‘quvchilardagi kreativlikni rivojlantirishning optimal variantlaridan birini yo‘lga kiritish mumkin bo‘ladi. Ushbu tarkibiy qismlardagi materiallardan multimediali ta’lim texnologiyalar va ularga asoslangan holda tayyorlangan elektron o‘quv – didaktik materiallar (pedagogik dasturiy vositalar, intellektual o‘qitish tizimlari, mavzuni (fanni) o‘rganishga oid “Didaktik portfel” tayyorlash, elektron albom, elektron atlas, virtual stendlar, audio va vidio materiallar, raqamli video lavhalar)ni tayyorlashda foydalaniladi. Bu materiallar boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridagi kreativlikni rivojlantirishda mustahkam ko‘rsatmaviy didaktik asos bo‘lib hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan o‘quvchilardagi kreativlikni rivojlantirishning uch bosqichlari (o‘quvchilardagi kreativlikni rivojlantirishning didaktik asoslari, nazariy asoslari va kreativ pedagogikasi asoslari) mazkur tadqiqot ishimizning ilmiy – amaliy qismiga o‘tishga to‘liq imkoniyatlar yarata oladi. Bunday deyishimizga sabab, bu olib borgan tadqiqotimizga asoslangan holda o‘quchilardagi kreativlikning rivojlantirishga oid optimal variantlaridan birini kafolatlash mumkin bo‘ladi, ya’ni olib borgan tadqiqotimizga asoslangan holda boshlang‘ich ta

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativligini rivojlantirishning krteativ pedagogikasi, kreativ shaxsni shakllantirish va rivojlantirish bosqichlari, metod va texnologiyalari haqida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativligini rivojlantirishning krteativ pedagogikasi, kreativ shaxsni shakllantirish va rivojlantirish bosqichlari, metod va texnologiyalari haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kreativ shaxs, o’quvchilar, yoshlar, rag’batlantirish, texnologiya, innovatsion, metod, pedagogika, kreativlik daraja, baholash, didaktik asos., kreativ, mezon, rivojlantirish, raqamli ta’lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники