К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUV – MASHG‘ULOT GURUHI FUTBOLCHILARNING KUCH SIFATINI RIVOJLANTIRISHGA OID VOSITA VA USULLARNI TADBIQ QILISH SAMADORLIGI

Email: Saidbokhir@mail.ru

Современная наука и исследования · 2 · 193-199 · 2026

Аннотация

The article presents the results of a survey aimed at developing the strength and physical qualities of football players in the training group. Based on the information presented in this article, coaches and specialists will gain knowledge on how to effectively organize training sessions. Keywords: survey, practice, academy, sport, method, physical, training. Dolzarbligi. Bugunga kelib, dunyoda futbol sport turi jadal rivojlanib bormoqda. Bizning yurtimizda ham sportning ushbu turiga katta e’tibor berilmoqda. Yurtboshimiz tomonidan chiqarilayotgan futbol boʻyicha qaror va farmonlar ijrosini taʼminlash maqsadida futbol akademiyalarida tahsil oluvchi futbolchilarning har tomonlama integral tayyorgarligini oshirish va futbolchilarni musobaqaga sifatli tayyorlash, ularning jismoniy sifatlarini oshirish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Yosh futbolchilarimizning Osiyo va jahon miqyosidagi musobaqalardagi ishtirokini tahlil qilishda, futbolchilarimizning oʻyinning soʻnggi daqiqalarigacha maydonda kurash olib borishlari va texnik-taktik harakatlarni samarali bajarishlarida kuch jismoniy sifatining namoyon boʻlishida ayrim xato va kamchiliklar kuzatilmoqda. Mutaxassislar oldida turgan dolzarb masalalardan biri, futbolchilarning kuch jismoniy sifati va toʻpga zarba berish boʻyicha tahlillar olib borish, eksperimental tajribalar oʻtkazishga ehtiyoj sezilmoqda. Ishning maqsadi. Futbol akademiyalarida faoliyat olib boruvchi mutaxassislarining fikr muloxazalarini o‘rganish asosida kuch jsmoniy sifatini takomiilashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot vazifalari. - yosh futbolchilarning kuch jismoniy sifatini rivojlantitish bo‘yicha uslubiy manbalarni tahlil qilish. - Anketa so‘rovnomasi bo‘yicha mutaxassislarining fikr muloxazalarini o‘rganish asosida kuch jsmoniy sifatini takomiilashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. 1016 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Tadqiqot obekti: O‘zbekiston Respublikasi futbol akademiyalari murabbiylarining faoliyat jarayoni. Tadqiqot usullari: Anketa so‘rovnomasi, pedagogik tahlil, matematik statistik usul. Biz ushbu maqolada Toshkent futbol akademiyasi va Namangan futbol akademiyasi futbolchilarining kuch jismoniy sifatini rivojlantirish vosita va usullarining yoritilishi, muammoli jihatlar, kuch jismoniy sifatini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan anketa soʻrovnomasi oʻtkazdik. Ushbu soʻrovnomada jami 50 nafar futbol mutaxassislari ishtirok etib, ularning anketa soʻrovnomasiga bergan javoblari asosida kuch sifatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Olingan natijalar tahlili. Ilmiy adabiyotlar tahliliga ko‘ra olingan xulosalar asosida hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan murabbiylarning ham fikr-mulohazalarini o‘rganishga ehtiyoj sezildi. Bu narsa futbolchilarning kuch-jismoniy sifatini oshirish va takomillashtirishda hozirgi kunda o‘quv-mashg‘ulot jarayoni tashkil etishda murabbiylarni qiynayotgan savollar va mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilab olish uchun zarurat tug‘iladi. Demak, ushbu anketa 10 ta savoldan iborat bo‘lib, dastlabki savol (1.1 rasm) “Futbolda jismoniy tayyorgarlikni aniqlovchi testlar yetarlicha ishlab chiqilganmi?” degan 1.1 rasm savolga so‘raluvchilarning 70.4% ha, ishlab chiqilgan deya javob berishgan. 29.6% so‘raluvchilar esa yetarlicha ishlab chiqilmaganligini ta’kidlashgan. Bu savoldan olingan javoblar bo‘yicha ushbu xulosani ta’kidlash mumkinki, testlar mavjud, lekin 30% ortiq mutaxassislarning yetarlicha ishlab chiqilmagan deyishlarining asosiy sababi bu testlash jarayoni eski usulda amalga oshirilayotganligi, ya’ni testlash jarayonida yangi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash darajasi pastligi va o‘sha yangi zamonaviy biron bir tayyorgarlik turini izchil o‘rganish imkonini beruvchi testlar yetarli emasligini nazarda tutgan holda ushbu javoblarni berishganligi ma’lum bo‘ldi. Ikkinchi savol bo‘yicha, ya’ni “Siz amaliyotda jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlovchi testlardan amalda foydalanasizmi?” 1.2 rasm degan savolga mutaxassislarning 70.4% ga yaqin qismi ha deb javob berishgan. 29.6% mutaxassislar esa yo‘q deb javob berishgan. Bu o‘z-o‘zidan ma’lumki, jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlovchi testlardan asosan o‘sha futbol to‘garaklarida va o‘sha shaxsiy klublarda ishlovchi murabbiylar asosan shu javobni berishgan. Davlat futbol akademiyalari va sport maktablarida bu narsa qat’iy belgilanganligi va o‘sha testlardan foydalanishlari ta’kidlab o‘tilgan. Bu savol bo‘yicha ham olingan natijalarda 1017 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 o‘sha jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha testlar mavjudligi, lekin sobiq ittifoq davrida ishlab chiqilgan testlar ekanligi ko‘rsatildi. Bunga asosan, futbol rivojlantiradigan davlatlar olib borayotgan testlash, ya’ni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda testlash jarayonini amalga oshirish muhim omil ekanligini ta’kidlab o

Доказательный фрагмент

«The article presents the results of a survey aimed at developing the strength and physical qualities of football players in the training group.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article presents the results of a survey aimed at developing the strength and physical qualities of football players in the training group. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
survey, practice, academy, sport, method, physical, training, anketa, jismoniy, usul, amaliyot, akademiya, mashg‘ulot.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники