К содержанию
РецензированоRU2026

MAKTABGACHA YOSHDAGI IQTIDORLI BOLALAR BILAN ISHLASH METODIKASI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Sirojiddinova Shodiya Xasanovna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

В статье освещаются вопросы организации и совершенствования учебно-воспитательных процессов с одаренными детьми, воспитывающимися в дошкольных образовательных организациях. Annotation: The article highlights the issues of organizing and improving educational processes with gifted children raised in preschool educational organizations. Kalit so‘zlar: iqtidor, qobiliyat, iste’dod, qiziquvchanlik, yuqori imkoniyat, bilish jarayonlari, ta’lim, tarbiya, jadallashtirilgan ta’lim, maxsus dastur, shaxs xususiyatlari. Ключевые слова: одаренность, способности, одаренность, любознательность, высокая емкость, познавательные процессы, образование, воспитание, ускоренное обучение, специальная программа, особенности личности. Keywords: giftedness, abilities, giftedness, curiosity, high capacity, cognitive processes, education, upbringing, accelerated learning, special program, personality traits. Iqtidor – bu insonning hayotga moslashish uchun genetik va eksperimental ravishda oldindan belgilangan qobiliyatlarining o‘ziga xos o‘lchovidir. Iqtidorlilik – bu insonning boshqa odamlarga nisbatan bir yoki bir nechta faoliyat turlarida yuqori natijalarga erishish qobiliyatini belgilaydigan psixikaning tizimli sifati. Iqtidorli bola – bu u yoki bu faoliyat turidagi yorqin, ravshan, ba’zan ajoyib yutuqlari bilan ajralib turadigan bola. Iqtidorning asosiy funktsiyalari – bu dunyoga, atrof-muhitga maksimal darajada moslashish, ijodiy yondashuvni talab qiladigan yangi, kutilmagan muammolar paydo bo‘lganda, barcha holatlarda yechim topish. Shu nuqtai nazardan qaraganda, iqtidor bolalarning asosiy psixologik xususiyati,ularning haddan tashqari aqliy faolligi, ruhiy stressga beixtiyor, tinimsiz jalb etilishidir. Iqtidor tushunchasini birinchi marta XIX asr o’rtalarida ingliz psixologi Frensis Galton tomonidan ishlab chiqilgan. Iqtidor odatda “badiiy” va “amaliy” ga bo’linadi. Bolada har qanday qobiliyat erta paydo bo’lishi uning qobiliyati haqida bayon qiladi. B.M.Teplov iqtidorni “qobiliyatlarning sifat jihatidan o’ziga xos birikmasi” deb ta’riflagan, bunda u yoki bu faoliyatni bajarishda ko’proq yoki ozroq muvaffaqiyatga erishish bog’liqdir. Biror ishni muvaffaqiyatli bajarish uchun qobiliyatlar to’plamiga qo’shimcha ravishda, odam ma’lum miqdordagi ko’nikma, bilim va malakalarga ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari, ta’kidlash kerakki, qobiliyat maxsus (bitta faoliyat turiga) va umumiy (har xil faoliyat turlariga) bo’lishi mumkin. Ko’pincha ular bir-biri bilan birlashtiriladi. Psixologik tadqiqot va maxsus kuzatishlarning ko‘rsatishicha, yuqori aqliy qobiliyatlarga ega bolalar, aksariyat hollarda, oddiy bolalarga nisbatan birmuncha muvaffaqiyatli bo‘lishadi. Ta’lim tarbiyani oʻzlashtirish jarayonida muammolar kuzatilmaydi, tengdoshlari bilan yaxshi muloqotda bo‘lishadi, yangi muhitga tezda mostlashishadi. Bunda yoshligidan singib ketgan 174 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo qiziquvchanlik va mayllari bolaning kasb tanlashi va muvaffaqiyatlarga erishishida puxta zamin bo‘lib xizmat qiladi. Bunday bolalarning ta’limni oson o‘zlashtirishidagi yuqori imkoniyatlari inobatga olinganligi va ijodiy rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilmaganligi sababli ayrim muammolar tug’ilishi mumkin. Shu sababli iqtidorli bolalar bilan ishlash jarayonida avvalo bola yashaydigan muhit ya’ni uning oilasi haqida maʼlumotga ega boʻlish lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalarda turli qobiliyatlarni shakllantirish uchun sezgi organlari va shu asosda amalga oshiriladigan hissiy jarayonlarning rivojlanishi ham zarur. Ushbu qoida hissiyot, idrok, diqqat, fikrlash, tasavvur, xotira kabi psixologik jarayonlarning rivojlanishi uchun alohida ahamiyatga ega. Barcha psixik jarayonlar bola shaxsining ijodiy salohiyatini shakllantirish uchun asosdir. Rivojlangan bolalar o‘z-o‘zini o‘rganish qobiliyatining yuqori darajasi bilan ajralib turadi, ular erta nutq va katta so‘z boyligi, murakkab so‘zlardan foydalanish, shuningdek, hisoblash yoki o‘qishning erta rivojlanishi bilan ajralib turishadi. T.S.Komarovaning fikricha, “Maktabgacha yoshdagi bolalarning har qanday qobiliyatlarini rivojlantirish narsa va hodisalarni bevosita bilish tajribasiga asoslanadi. Idrokning barcha turlarini rivojlantirish, ob’ektlarning shakli va hajmini, ularning qismlarini, qo‘llarining harakatlarini navbat bilan o‘zlashtirish jarayoniga kiritish kerak, shunda qo‘l harakati tasviri shakllanadi. O‘z iqtidorini kashf etadigan va ularni yashirin saqlaydigan ya’ni ularni namoyon etmaydigan bolalar boʻladi. Aka-uka, opa-singillar va tengdoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lgan ba’zi iqtidorli bolalar uchun o‘zlarining farqlarini tushunish erta paydo bo‘lishi mumkin. Boshqalar uchun o‘zlarining maxsus qobiliyatlarini anglash birinchi navbatda maktabgacha taʼlim tashkilotida o‘zlarini boshqa bolalar bilan muqarrar ravishda taqqoslashda paydo bo‘ladi. Bolaning o‘zlarini sog’lom idrok etishi va boshqa bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlari oʻzinikidan farqli darajada yoki bir xi

Доказательный фрагмент

«В статье освещаются вопросы организации и совершенствования учебно-воспитательных процессов с одаренными детьми, воспитывающимися в дошкольных образовательных организациях.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье освещаются вопросы организации и совершенствования учебно-воспитательных процессов с одаренными детьми, воспитывающимися в дошкольных образовательных организациях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
giftedness, abilities, giftedness, curiosity, high capacity, cognitive processes, tarbiya, iste’dod, jadallashtirilgan ta’lim, ta’lim, iqtidor, bilish jarayonlari, qiziquvchanlik, yuqori imkoniyat, maxsus dastur, shaxs xususiyatlari., qobiliyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники