Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINI MASALALAR YECHISHGA O`RGATISH METODIKASI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Nurmatov Sardor Sidikovich (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Matematika darslarida masalalar yechishning dolzarbligi,masalalar o'quvchilarning aqliy qobiliyatini o'stirishining dolzarbligi. Kalit so'zlar: Masalalar, sonlar, matematik tushuncha, qo'shish, sodda masala, to'plam, noma'lum sonlar. "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma'naviy salohiyotga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz" Masalalalar yechish avvalo, mukammal matematik tushunchalarni shakllantirish, ularning dasturda belgilab berilgan nazariy bilimlarni o'zlashtirishlarida favqulodda muhim ahamiyatga ega. Masalan, agar biz o'quvchilarga qo'shish haqida to'gri tushuncha shakllantirishni xohlasak, buning uchun bolalar yigindini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni deyarli har gal to'plamlarni birlashtirish amalini bajarib yechish lozim. Boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan sodda va murakkab masalalar o'quvchilar bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Yangi texnikani joriy qilish hisobiga yoki mehnatni yaxshi tashkil qilish hisobiga mehnat unumdorligini oshirish, hukumatimizning bolalar haqida, ularning o'qishlari va dam olishlari borasidagi g'amxo'rligi kabi muhim vazifalarni ularning kuchlari yetadigan materiallarda tushuntiradi. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishda matnli masalalarni yechishng ahamiyati juda kattadir. Matnli masalalarni yechish jarayonida o'quvchilar yangi matematik bilimlarni egallaydilar va bu bilimlarni turmushda qo'llash ko'nikmalarni va malakalarni hosil qiladilar. Masala ustida ishlash uning mazmunini o'zlashtirishdan boshlanadi. O'quvchilar ham o'qish malakasiga ega bo'lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o'qituvchi o'qib beradigan masala matnini tinglashga, shartning muhim elementlarini tovush chiqarib ajratishga o'rganish lozim. Masalani ifodali o'qishda sonli ma'lumotlar masalani yechish uchun muhim ahamiyatga ega. Masalalarni yechish orqali ularning tarbiyaviy ahamiyatiga ham e'tibor qaratmoq darkor. Masalalar tabiat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Qurilayotgan zavod va fabrikalarning joylashgan o'rni, ishlab chiqarish hajmi, mahsulotlarning sarflanish miqdori, yetishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari va ularning realizatsiyasi, bunyod etilayotgan inshootlarining o'lchamlari, texnika ekinlarining ekin maydoni, unumdorligi, mahsulotlar miqdori, ularga ketayotgan sarf-xarajatlarini hisoblash hammasi matematik masalalar bilan bog'liq. Bunday masalalar jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Tabiatning sofligi, beg'uborligi, ekologiyaning tozaligi, ichimlik suvlarining tiniqligini asrash, o'simlik va hayvonlarning yer yuzidan yo'qolib ketishidan saqlash, qazilma boyliklarni behuda sarflamaslik, madaniy va manzarali, qurilishbop daraxtlarni ko'paytirish uchun qilinayotgan harakatlarning barchasi matematik masalalar bilan bog'liq. Bu kabi masalalar esa tabiat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Bularni o'quvchilarning o'zlari ajrata olishlari kerak. 122 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Matematika darslarida masalalar yechish o'quvchilarning ilmiy va ijodiy dunyoqarashining shakllanishida muhim rol o'ynaydi. O'quvchilarda masalalar yechish malakasini tarkib toptirishda ijodiy harakterdagi mashqlarning ham muhim ahamiyati bor. Bunga quyidagilar kiradi: 1. Masalalarni har xil usullar bilan yechish. 2. Muammoli xarakterdagi masalalarni yechish. 3. Masalalar tuzish va ularni almashtirishga doir topshiriqlar. Shuni unutmaslik kerakki, har bir masala bolalar uchun haqiqiy bilim manbai bo'lib qolsin. Buning uchun o'quvchining diqqatini masala shartidan tafakkurini va bilish qobiliyatlarini rivojlantiradigan darajada ko'proq ma'lumotlarni olishga yo'naltirish kerak. Boshlangich sinflar uchun matematikadan dasturda bolalarni masalalarni yechishga o'rgatishga katta ahamiyat bergan. Bu dasturda bolalarga masalalarni yechishda ular oldindan o'rgangan arifmetik amallarning xossalaridan foydalanishi va o'zlariga ma'lum bo'lgan usullardan eng ratsionalini tanlay olishga o'rgatish zarurligi ta'kidlangan. Turmushda sonlar bilan bog'liq bo'lgan cheksiz ko'p hayotiy vaziyatlar vujudga keladiki, bu sonlar ustida turli arifmetik amallar bajarish talab qilinadi. Bular masalalardir. Masalan: 1. Yosh tabiatshunoslarga 15 tup olmako'chati va 10 tup olxo'ri ko'chati ajratildi . Yosh tabiatshunoslarga qancha ko'chat ajratilgan? 2. Yengil mashina yo'lda 4 soat bo'ldi va soatiga 56 km tezlik bilan yurdi. Mashina qancha masofani bosib o'tdi? 3. Do'konda 2 bo'lak chit sotildi. Birinchi bo'lak uchun 180 so'm, ikknchi bo'lak uchun ikki marta ko'p pul berishdi, ikkinchi bo'lak uchun qancha pul berishgan? Avvalo har bir masala berilgan va noma'lum sonlarni o'z ichiga oladi. Masaladagi son to'plamlar sonini yokimiqdorlarning qiymatini xarakterlaydi, munosabatlarini ifodalaydi yoki berilgan mavhum sonlar bo'ladi. Masalan masalada 15 soni olma ko'chatlari to'pla
Доказательный фрагмент
«Matematika darslarida masalalar yechishning dolzarbligi,masalalar o'quvchilarning aqliy qobiliyatini o'stirishining dolzarbligi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMatematika darslarida masalalar yechishning dolzarbligi,masalalar o'quvchilarning aqliy qobiliyatini o'stirishining dolzarbligi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Masalalar, sonlar, matematik tushuncha, qo'shish, sodda masala, to'plam, noma'lum sonlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014