Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AUTIZM FARZANDI BOR ONALARGA PSIXOLOGIK YORDAM KO‘RSATISH
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Fozilova Sabohat Nodir qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Ollaberganova Dilnoza (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada autizm spektr buzilishiga ega bolalarning onalariga ko‘rsatiladigan psixologik yordam shakllari, metodlari va ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Autizm farzandi bor ayollarda uchraydigan emotsional tushkunlik, stress, xavotir holatlari va psixologik siqilish holatlari ularni ruhiy salomatligi va farzandiga bo‘lgan munosabatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganiladi. Maqolada onalarga yo‘naltirilgan psixologik qo‘llab-quvvatlash dasturlarining afzalliklari va amaliy tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: Autizm, psixologik yordam, emotsional qo‘llab-quvvatlash, ruhiy salomatlik, stress, psixokorreksiya, oilaviy maslahat. Bugungi kunda dunyo miqyosida autizm spektr buzilishi bilan yashovchi bolalar soni ortib bormoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) 2024-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, har 100 nafar boladan 1–2 nafari autizm spektr buzilishi (ASB) bilan tug‘iladi. AQShda har 36-bola autistik tashxis bilan ro‘yxatga olingan (CDC, 2023). O‘zbekistonda ham bu ko‘rsatkich yildan- yilga ortmoqda. Farzandi autistik tashxisga ega bo‘lgan onalar jamiyatda ko‘pincha yolg‘iz qoladi, psixologik yordamga ehtiyoji ortadi, ammo yordam tizimi yetarlicha rivojlanmagan. Shu sababli, ushbu masala dolzarb ijtimoiy-psixologik muammolardan biri hisoblanadi. Bu holat nafaqat bolalarning balki ularning ota-onalari, ayniqsa, onalarining ruhiy salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Autizm farzandiga ega onalar ko‘p hollarda psixologik yordamga ehtiyoj sezadilar, biroq bu yordamni izlash yoki qabul qilishda muammolar yuzaga keladi. Shuning uchun, onalarni emotsional jihatdan qo‘llab-quvvatlash, stressni yengish yo‘llarini o‘rgatish va oilaviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha psixologik xizmatlar ko‘rsatish dolzarb masala hisoblanadi. Autizm spektr buzilishi (ASB) markaziy asab tizimining rivojlanishidagi noan’anaviylik bilan ifodalanadigan holat bo‘lib, u bola nutqi, ijtimoiy muloqoti va xulq-atvorida o‘ziga xos xususiyatlar bilan namoyon bo‘ladi. Bunday bolalarning ota-onalari, ayniqsa onalari, bolaga g‘amxo‘rlik qilish, uni ijtimoiylashtirish va rivojlantirishda asosiy rolni bajaradilar. Shu sababli, psixologik yordamni aynan onalarga qaratish muhim hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, autizm spektriga ega bolalarning onalarida depressiya, tashvish, stress va hatto ijtimoiy izolyatsiya holatlari yuqori darajada uchraydi. Bu holat ko‘pincha quyidagilar bilan izohlanadi: Bolaning tashxisidan kelib chiqadigan hayot tarzi o‘zgarishi; Atrofdagilar bilan muloqotda tushunmovchiliklar; Qo‘llab-quvvatlovchi tizimlarning yetishmasligi; Moliyaviy va emotsional bosim. Farzandida autizm aniqlanganidan so‘ng ota-onalarda, ayniqsa, onalarda salbiy emotsional holatlar yuzaga keladi: inkor qilish, depressiya, o‘zini ayblash, xavotir, izolyatsiya va umidsizlik. Mutaxassis A. M. Kazminaning (2019) ta’kidlashicha, “autistik bola onasi doimiy ichki zo‘riqish, xavotir va charchoq holatida yashaydi, bu esa uning psixik barqarorligini pasaytiradi”. Ijtimoiy psixolog L. A. Dardas (2014) tadqiqotlarida autistik bola onalarida umumiy populyatsiyaga nisbatan 2,5 baravar ko‘proq depressiya va tashvish holatlari qayd 137 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo etilgan. Bu esa onaning farzand bilan sifatli muloqot qilishiga to‘sqinlik qiladi. Onaning ruhiy salomatligi bolaning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi sababli, bu holatni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Autizm farzandi bor onalarga yordam ko‘rsatishda quyidagi yo‘nalishlar muhim: Individual psixoterapiya: Onaning shaxsiy muammolari, emotsional holatini tahlil qilish, qo‘rquv va xavotir bilan ishlash. Guruh terapiyasi: Boshqa onalar bilan muloqot, tajriba almashish va ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash. Psixota’limiy dasturlar: Onalarga autizm haqida bilim berish, bola bilan qanday muomala qilish bo‘yicha o‘quv kurslari. Relaxsatsion texnikalar: Nafas olish mashqlari, meditatsiya, vizualizatsiya usullari orqali stressni kamaytirish. Kognitiv–xulqiy terapiya : Onaning salbiy fikrlarini konstruktiv fikrlar bilan almashtirishga yordam beradi. Tayanch-terapiya va stressni boshqarish mashg‘ulotlari: Vizualizatsiya, progressiv mushak relaksatsiyasi, nafas olish texnikalari. Oilaviy maslahatlar: Oila a’zolarining bir-biriga bo‘lgan munosabatini mustahkamlash. Onalarga ko‘rsatilgan tizimli psixologik yordam natijasida quyidagi ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan: stress darajasi pasaygan, emotsional barqarorlik ortgan; bola bilan o‘zaro munosabat yaxshilangan, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash his qilina boshlangan. Psixologik yordam olish onaning o‘zini qadrlash darajasini oshirish bilan birga, bolaga ko‘proq mehr va sabr bilan yondashishiga yordam beradi. Autizm farzandi bor onalarni psixologik qo‘llab- quvvatlash — ularning sog‘lom ruhiy holatini saqlab qolish va bolaning ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashda muhim vositadir. Mutaxassislar va ta’lim muassasalari onalarga yo‘naltirilgan psixologik xizmatlar tashkil etish, onalar uchun maxsus tren
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada autizm spektr buzilishiga ega bolalarning onalariga ko‘rsatiladigan psixologik yordam shakllari, metodlari va ularning samaradorligi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada autizm spektr buzilishiga ega bolalarning onalariga ko‘rsatiladigan psixologik yordam shakllari, metodlari va ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psixologik yordam, emotsional qo‘llab-quvvatlash, psixokorreksiya, Autizm, stress, ruhiy salomatlik, oilaviy maslahat.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026