К содержанию
РецензированоUZ2026

INTERNET-MARKETINGNI KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMYATI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMYATI (in-academy.uz/index.php/yo) · Pirmatov Oybek Shovkat o'g'li (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada internet-marketingning kichik biznes subyektlarini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ishda internet-marketing tushunchasi, uning asosiy yo‘nalishlari va vositalari, kichik biznes faoliyatida qo‘llanishi, O‘zbekistondagi amaliy holat va muammolar yoritilgan. Kalit so‘zlar: Internet-marketing, kichik biznes, raqamli marketing, ijtimoiy tarmoqlar, elektron tijorat, marketing strategiyasi, raqamli texnologiyalar. Internet-marketing – bu raqamli texnologiyalar, internet tarmoqlari va zamonaviy axborot vositalari orqali mahsulot yoki xizmatni targ‘ib qilish, mijozlar bilan o‘zaro aloqani mustahkamlash hamda bozordagi raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan marketing faoliyatidir. Bu marketing turi an’anaviy marketingga nisbatan tezkor, interaktiv va kam xarajatli bo‘lishi bilan ajralib turadi. Internet-marketingga quyidagilar kiradi:  Veb-saytlar orqali marketing  Elektron pochta (e-mail) orqali marketing  Qidiruv tizimlari marketingi (SEO, SEM)  Ijtimoiy tarmoqlar orqali marketing (SMM)  Kontekstli va bannerli reklama  Mobil ilovalar va messendjerlar orqali reklama Internet-marketing mijozlarning xatti-harakatlarini tahlil qilish, ularning ehtiyojlarini aniqlash va individual yondashuv orqali ularni jalb qilish imkonini beradi. Shu bois, bugungi kunda u nafaqat yirik kompaniyalar, balki kichik biznes subyektlari uchun ham muhim vositaga aylangan. Internet-marketingning asosiy turlari:  Qidiruv tizimlari marketingi (SEO va SEM): SEO (Search Engine Optimization) – bu veb- saytni Google yoki boshqa qidiruv tizimlarida yuqori o‘rinlarga chiqishini ta'minlashga qaratilgan jarayon. SEM (Search Engine Marketing) esa pullik reklama orqali foydalanuvchilarni jalb qilishni ko‘zda tutadi.  Ijtimoiy tarmoqlar marketingi (SMM): SMM – ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Instagram, Telegram, TikTok, YouTube va boshqalar) orqali mijozlar bilan aloqa o‘rnatish va mahsulotni reklama qilishdir. O‘zbekiston sharoitida Telegram va Instagram eng ko‘p foydalaniladigan platformalar hisoblanadi.  E-mail marketing: E-mail marketing orqali kompaniyalar mijozlarga yangiliklar, chegirmalar va takliflar haqida xabar yuboradilar. Bu usul nisbatan arzon va shaxsiylashtirilgan bo‘lib, mijoz sadoqatini oshirishga xizmat qiladi.  Kontent marketing – bu foydali va sifatli axborot (bloglar, maqolalar, videolar) orqali mijozlarni jalb qilishdir. Bu usul orqali mijozlar kompaniya haqidagi fikrlarini shakllantiradi. Bugungi kunda internet-marketing quyidagi yo‘nalishlarda rivojlanmoqda: Sun’iy intellekt (AI) orqali avtomatlashtirish; Chat-botlar orqali mijozlar bilan muloqot; Mobil marketing (smartfon foydalanuvchilariga yo‘naltirilgan); Video-kontent marketing (reklama roliklari, vloglar); Influencer marketing (ijtimoiy tarmoq yulduzlari orqali reklama). Shunday 4 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo qilib, bu trendlar kichik bizneslar uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Misol uchun, ijtimoiy tarmoqdagi mashhur shaxs orqali reklama qilish orqali mijozlar sonini sezilarli darajada oshirish mumkin. Bugungi raqamli iqtisodiyot sharoitida internet-marketing kichik biznesni rivojlantirishda kuchli vositaga aylanmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, kichik tadbirkorlar internet vositalaridan to‘liq foydalansa, quyidagi natijalarga erishish mumkin: - Mijozlar sonining ortishi: Maqsadli auditoriyaga tez va samarali yetib borish orqali mijozlar bazasini kengaytirish. - Brend imidjining shakllanishi: Ijtimoiy tarmoqlarda doimiy faoliyat yuritish orqali ishonchli brend yaratish. - Savdo hajmining oshishi: Onlayn reklama va raqamli savdo kanallari orqali mahsulot aylanmasini ko‘paytirish. - Raqobatbardoshlikni ta’minlash: Bozordagi boshqa yirik brendlar bilan samarali raqobat yuritish. Shu tariqa, kelajakda kichik bizneslar uchun onlayn to‘lov tizimlari, CRM tizimlar, mijozlarga xizmat ko‘rsatish chat-botlari kabi innovatsion texnologiyalar joriy qilinishi kutilmoqda. Bu esa internet-marketing samaradorligini yanada oshiradi. Kichik tadbirkorlar raqamli texnologiyalarni tezroq joriy qilish uchun quyidagilarga muhtoj:  Raqamli savodxonlikni oshirish – Internet-marketing bo‘yicha qisqa kurslar, treninglar va master-klasslar orqali bilimlarni oshirish zarur.  Arzon internet va texnik baza – Internet infratuzilmasi zaif bo‘lgan hududlarda kichik biznes uchun alohida shart-sharoit yaratish kerak.  Davlat qo‘llab-quvvatlovi – Subsidiyalar, soliq imtiyozlari, grantlar orqali kichik bizneslar internet-marketingga o‘tishga rag‘batlantirilishi lozim.  Mentorlik tizimi – Tajribali mutaxassislar kichik tadbirkorlarni yo‘naltirishi va individual rejalashtirishda yordam berishi mumkin.  Kichik biznes egalari quyidagi bosqichli strategiyani amalga oshirish orqali internet- marketda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari mumkin:  Maqsadli auditoriyani aniqlash: Kimlar mahsulotingizdan foydalanadi? Ularning yosh, jins, hudud va internetda faol bo‘lgan platformalarini aniqlash muhim.  Platformani tanl

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada internet-marketingning kichik biznes subyektlarini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada internet-marketingning kichik biznes subyektlarini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
elektron tijorat, marketing strategiyasi, kichik biznes, raqamli texnologiyalar., raqamli marketing, ijtimoiy tarmoqlar, Internet-marketing
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники