Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ELEKTRON TIJORATDA TADBIRKORLARNING HUQUQLRINI HIMOYA QILISHDA FUQAROLIK HUQUQIY USULLARINI QO’LLASH
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Razzaqova E’zoza Yusup qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Раззакова Эзоза Юсуп кизи (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
This thesis discusses the importance of civil law methods in the law of obligations and their role in enforcing the rights of entrepreneurs. Keywords: civil law methods, digital markets, business entities, contractual relations. Zamon shiddat bilan rivojlanib borar ekan, tadbirkorlik ham unga monand tarzdaq o’sib boradi. Onlayn makonda savdo-sotiq va elektron tijorat hayotimizning ajralmas qismiga aylanmoqda. Har qanday yangilanish va o’zgarish bor joyda huquqlarni himoya qilishga albatta ehtiyoj mavjud bo’ladi. Aynan raqamli bozorlarda ham iste’molchilar bilan bir vaqtda tadbirkorlaring ham huquqlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish esa avvalo Konstitutsiyadan boshlanadi, konstitutsiyaning 65- moddasi ham mavzu dolzarbligini yaqqol misoli. Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.1 Tadbirkorlar va iste’molchilar huquqlari 1 O’zbekiston Respublikasi Konstitutusiyasining 65-moddasi. https://lex.uz/docs/-6445145 20 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo konstitutsion darajada himoya qilinadi va bu zamon bilan hamnafaslik belgisidir. Elektron tijoratda tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini fuqarolik-huquqiy himoya qilish usullari elektron tijoratning jadal rivojlanishi bilan ortib borayotgan huquqiy muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida ushbu himoya usullari haqida to’xtalib o’tamiz: 1. Shartnomaviy-huquqiy himoya Elektron tijoratda tadbirkorlik faoliyati ko‘pincha elektron shartnomalar orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun quyidagi usullar samarali hisoblanadi: Elektron shartnomalarni tasdiqlash va yuridik kuchini ta’minlash: Raqamli imzo va elektron shartnomalar qonuniy jihatdan himoya qilinishi kerak. Standart shartnoma shartlarini ishlab chiqish: Bunda, tomonlar o‘rtasida kelishmovchiliklarni minimallashtirish maqsadida elektron tijoratga moslashtirilgan shartnoma modellarini qo‘llash muhimdir. Elektron shartnoma buzilishidan himoya: Shartnoma shartlari bajarilmaganda tomonlarning javobgarligini belgilovchi qonunchilik mexanizmlarini mustahkamlab qo’yish; 2. Tezkor huquqiy nizolarni hal qilish usullari Elektron tijoratda nizolarni tezkor hal qilish uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi: Onlayn nizolarni hal qilish tizimi: Nizolarni sudga bormasdan hal qilish uchun maxsus onlayn platformalar ishlab chiqish. Mediatsiya va arbitraj: Mediatorlar yoki arbitraj orqali nizolarni tezkor hal qilish mexanizmlarini kuchaytirish. Raqamli sud tizimi: Elektron tijorat bo‘yicha nizolarni ko‘rib chiqish uchun raqamli sud tizimlarini joriy etish va jarayonlarni soddalashtirish; 3. Fuqarolik-huquqiy javobgarlikni belgilash Shartnoma buzilganida kompensatsiya olish: Tadbirkorlik subyekti shartnoma shartlariga rioya qilmagan tomonlardan moddiy zararlarni qoplashni talab qilish huquqiga ega. Nohalol raqobatga qarshi choralar: Elektron tijoratda nohaq raqobatni oldini olish uchun qonunchilik mexanizmlarini joriy qilish. Intellektual mulkni himoya qilish: Tadbirkorlarning intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va qonuniy buzilishlarni bartaraf etish; 4. Elektron tijorat kodeksi: Elektron tijorat bo‘yicha yagona huquqiy hujjatni ishlab chiqish va uning Ichida barcha subyektlar huquqlarini aniq qilib belgilash. Xulosa sifatida qonunchilikka nazariy va amaliy takliflar mavjud. Nazariy taklif: Elektron tijorat to’g’risidagi koseksni ishlab chiqish va subyektlarning huquq va majburiyatlarini aniq qilib belgilash, ushbu kodeksda elektron yo’l bilan tuziladigan shartnomalar va smart kontraktlarning huquqiy maqomi va ularni tartibga solishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, shartnoma shartlarini bajarmagan hollarda fuqarolik huquqiy choralarni kuchaytirish. Raqobat qonunchiligiga tuzatishlar kiritish: Raqamli platforma va raqamli platforma subyektlari tushunchalarini aniq yoritish. Mayda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari buzilmasligi uchun Ustun mavqega ega tadbirkorlik subyektlarini oldindan monitoring qilish. 2020-yil Germaniya raqobat to’g’risidagi qonuniga 10-ga yaqin o’zgartirish kiritildi unda nafaqat ustun mavqega ega subyektlar, balki kelajakda ustun mavqe deya e’tirof etilishi 21 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo mumkin bo’lgan subyektlar harakatlari nazoratga olinib, boshqa tadbirkorlik subyektlari huquqlari himoya qilina boshlandi. Aynan mana shu amaliyotni bizda ham qo’llab ko’rish.2 Elektron tijorat qonunchiligiga tuzatishlar kiritish: Xitoyda 2019-yilda yangi “Elektron tijorat to’g’risida”gi qonun qabul qilindi va u raqamli platformalar faoliyatini ancha tartibladi. Aynan uning 22-moddasida elektron tijorat ishtirokchilari o’z ustun mavqeelaridan r
Доказательный фрагмент
«This thesis discusses the importance of civil law methods in the law of obligations and their role in enforcing the rights of entrepreneurs.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis discusses the importance of civil law methods in the law of obligations and their role in enforcing the rights of entrepreneurs. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- civil law methods, digital markets, business entities, contractual relations, shartnomaviy munosabatlar., raqamli bozorlar, fuqarolik huquqiy usullari, tadbirkorlik subyektlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025