Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KASBIY KOMPETENSIYA TUSHUNCHASINING XALQARO VA MILLIY TALQINI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Babaniyazov Utkirbek Taxirovich (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
В данной статье исследуется сущность понятия профессиональной компетенции, его международное и национальное толкование. Ключевые слова: Компетентность, профессиональная компетентность, сфера профессионального образования, педагогический феномен, практический навык. Annotation. This article will study the essence of the concept of professional competence, its international and national interpretations. Key words: Competence, professional competence, field of professional education, pedagogical phenomenon, practical skills. “Kompetensiya” atamasi muayyan muammo va masala, hodisa borasida shaxsning bilim, tajriba, mutasaddilikka ega bo‘lishni o‘zida ifoda etadi. Ilmiy tadqiqotlarda kompetensiya pedagogik hodisa sifatida XX asrning 70-yillaridan e’tiboran tadqiq etila boshlandi. Xususan bu borada Amerika tadqiqotchilaridan Dj.Raven, L.Stross, Dj.Morenolarning fikricha, kompetentlik – “shaxsning ixtisosligi bo‘yicha aniq faoliyatni bajarishda zarur bo‘ladigan qobilyatlar majmui, malakalarning namoyon bo‘lishi, mas’uliyat hissining mujassamlashuvi natijasida paydo bo‘ladigan tafakkur turi” deb tavsifladilar. Rus olimlaridan esa asosan S.T.Vershlovskiy va Yu.N.Kulyutkinlar kompetentlikni shaxs tavsifi bo‘yicha o‘rgangan bo‘lsalar, V.Yu.Krichevskiy, A.V.Xutorskiy – shaxs faoliyatidagi maqsadlarni amalga oshirish ko‘rsatkichlarini tadbiq etadilar. Bundan tashqari, rus olimlaridan L.N.Zaxarova, V.V.Sokolova, V.M.Sokolovlarning fikricha kasbiy kompetensiya ostida amaliy masalalarni samarali yechish qobiliyatini tushunish rivojlanayotgan shaxsni ijtimoiylashtirish, ichki sharoitlarni ta’minlash, rivojlanishi tufayli shaxsning jamiyatga faol qo‘shilishi qadriyat yo‘nalishlari, tabiat, jamiyat, ma’naviy yo‘nalish odamlar tajribasi, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish ijtimoiy jihatdan kerakli yoki hech bo‘lmaganda maqbul bo‘lgan faoliyat o‘zini anglash tavsiya etiladi [1]. I.A.Kolesnikovaning fikricha, haqiqiy kasbiy ta’lim sohasi muntazam ravishda idrok etish qobiliyati bilan ajralib turuvchi pedagogik jarayon hisoblanadi va unda muntazam ravishda harakat qilish natijasida kasbiy kompetensiya shakillanib rivojlanib boradi [2]. A.V.Xutorskiyning ta’kidlashicha, “kompetensiya - bu shaxsga tegishli kompetensiyaga egalik qilish sifati, bu o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxsiy sifatlar (bilimlari, qobiliyatlari, ko‘nikmalari, faoliyat usullari) ob’ektlar va jarayonlarning ma’lum doirasiga nisbatan zarur bo‘lgan to‘plamni o‘z ichiga oladi, ularga nisbatan yuqori sifatli ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo‘ladi” [3]. N.L.Goncharova biroz boshqacha ta’rifni quyidagicha izohlaydi: “kompetensiya bu oddiy bilim, ko‘nikma va malakalarning yig‘indisi emas, bu biroz boshqacha semantik qator tushunchasidir, eng umumiy shaklda kompetensiya kognitiv (bilim), operatsion (usullarni) 61 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo birlashtiradi. Faoliyat va faoliyatni amalga oshirishga tayyorlik va aksiologik (ma’lum qadriyatlarning mavjudligi) jihatlari” [2]. Milliy pedagogikada kompetensiya atamasi XX asrning 90-yillarida paydo bo‘ldi. Respublikamiz olimlaridan M.Ochilov bu borada “kompetentlik – bilim asosida, ishning ko‘zini bilib, faoliyat yuritishdir”, - degan fikrni bildiradi. U.Inoyatov kompetentlikni – bilim va metodlarni vaziyatga qarab moslashtirish qobilyati sifatida tadbiq etadi va bu faoliyatda tanqidiy mushoxada yuritish, to‘g‘ri qaror qabul qila olish, sohta dalillarni asosli ravishda inkor etish, samarali natijalarni amaliyotda qo‘llay olish qobilyati sifatida tavsiflaydi. Ma’lumki, bugungi kunda turli axborot va innovatsion texnologiyalardan xabardor bo‘lish va ularni o‘z faoliyatida qo‘llay olish, ommaviy axborot vositalari(OAV), internet tarmoqlarida taqdim qilinayotgan ma’lumotlar, roliklar, reklamalarni taxlil qila olish, ularga baho berish va tanqidiy yondashish, butun umri davomida o‘z bilimlarini kengaytirishi, kasbiy ko‘nikma va malakalarini oshirishga bo‘lgan ishtiyoqi, shaxsiy va jamoadagi nufuzini rivojlantirib borish uchun o‘qituvchidan muloqotning og‘zaki va yozma nutq normalariga rioya qilish, kommunikativlik, muloqatmandlik, krishimlilik, jamoada o‘zga insonlar bilan hamkorlik aloqalarini tashkil qilish, jamiyatda o‘zga tillarni o‘rganish va shu asosda jahon fan va madaniyati, san’atidan xabardor bo‘lish malakalarini takomillashtirib borishni talab etiladi. O‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi o‘quv jarayonida shakllanishi kerak, chunki bu innovatsion ta’lim jarayonida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish, o‘quvchilarni bilimlarni o‘zlashtirish jarayonlarini xavfsiz va qulay sharoitlarda tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ichki shaxsiy xususiyatlar majmuasidir. O‘qituvchi faoliyatining barcha tarkibiy qismlarini amalga oshirish kerak, chunki o‘qituvchi pedagogik, texnik va texnologik, ilmiy, nazariy va ijtimoiy- psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. O‘qituvchida ushbu tayyorgarlikka mos kompetensiyalarni mavjudligi nafaqat o‘qitish va ta’lim jarayonining mahoratli pedagogi bo‘lish
Доказательный фрагмент
«В данной статье исследуется сущность понятия профессиональной компетенции, его международное и национальное толкование.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье исследуется сущность понятия профессиональной компетенции, его международное и национальное толкование. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Competence, professional competence, field of professional education, pedagogik hodisa, amaliy ko‘nikma., kasbiy kompetensiya, Kompetensiya, kasbiy ta’lim sohasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026