К содержанию
РецензированоUZ2026

OQSILLARNI AJRATIB OLISH USULLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ro’ziyeva Sohiba (in-academy.uz/index.php/yo) · Jumayev Nosirjon (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada oqsillarni biologik manbalardan ajratib olish usullari, ularning zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi, farmatsevtika va biotexnologiyadagi amaliy ahamiyati, ilg‘or tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. Statistik ma’lumotlar, shaxsiy tahlil, kelajak istiqbollari va ilmiy manbalarga tayangan holda kompleks tahlil beriladi. Kalit so‘zlar: oqsil, ajratish, xromatografiya, elektroforez, biotexnologiya, ferment, ultratsentrifugatsiya. Oqsillar biologik tizimlarda hayotiy muhim funksiyalarni bajaruvchi asosiy makromolekulalardir. Ular fermentativ reaksiyalarni katalizlaydi, hujayra tuzilmasini saqlaydi, transport, himoya, signal uzatish va boshqa ko‘plab jarayonlarda ishtirok etadi. Ilm- fan va sanoatda oqsillar bilan ishlashning asosiy sharti — ularni toza va faol holatda ajratib olishdir. Biroq bu jarayon oddiy bo‘lmay, murakkab fizikaviy-kimyoviy bosqichlardan iborat. Shuning uchun oqsillarni ajratib olish usullari ilmiy tadqiqotlar, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, diagnostika va tibbiyotda dolzarb masalaga aylangan. Ushbu maqolada zamonaviy usullar, ularning afzalliklari va kamchiliklari, real statistik ma’lumotlar va istiqbollar asosida yoritiladi. Oqsillarning fermentativ, transport, immun va qurilish funksiyalarini o‘rganishdan avval oqsillar tozalangan holatda olinishi kerak. Biologik manbalardan ajratib olish jarayoni oson bo‘lib ko‘rinsa-da, amalda murakkab va ko‘p bosqichli texnologik jarayondir. Odatda, hujayralarni fizik yoki kimyoviy usullar bilan parchalaydi, keyin esa oqsilni iflosliklardan ajratib olish ishlari boshlanadi. Ushbu bosqichda turli yondashuvlar mavjud: cho‘ktirish, santrifugatsiya, filtratsiya va eng muhimi — xromatografiya. Bugungi kunda oqsillarni ajratib olishning eng ishonchli va keng qo‘llaniladigan usullaridan biri — xromatografiya hisoblanadi. Ular orasida ion almashinish xromatografiyasi, gel-filtratsiya (yoki o‘lcham bo‘yicha ajratish), hamda eng aniq usul — affin xromatografiya keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, affin xromatografiya oqsillarning faqat ma’lum bir molekulaga bog‘lanish xossasidan foydalanib, maqsadli oqsilni katta aniqlik bilan ajratib olishga imkon beradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilgi Proteintech laboratoriya so‘roviga binoan, ilmiy tadqiqot institutlarining 75 foizdan ortig‘i aynan xromatografik usullardan foydalanar ekan. Uni quyidagicha turlari bor:  Ion almashinish xromatografiyasi: oqsillar elektr zaryadiga asoslanib ajratiladi. Masalan, musbat yoki manfiy zaryadli sirtlar bilan bog‘lanadi.  Gel filtrlash (o‘lcham bo‘yicha ajratish): oqsillar molekula o‘lchami bo‘yicha ajratiladi. Katta molekulalar birinchi chiqadi.  Affin xromatografiya: oqsil maxsus ligand bilan bog‘lanadi (masalan, ferment-substrat yoki antikor-antigen printsipi). Bu usulning afzalliklari eng yuqori tozalik, maqsadli oqsilni ajratish. Kamchiliklari esa murakkab uskunalar zarur, tajriba talab qiladi va qimmatga tayyor bo’ladi. 63 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Bundan tashqari, elektroforetik ajratish usullari ham ilmiy va tahliliy sohalarda keng qo‘llaniladi. Masalan, SDS-PAGE (natriy dodesilsulfatli poliakrilamid gel elektroforezi) usuli orqali oqsillar molekulyar og‘irlik bo‘yicha ajratiladi va tozaligini baholash imkonini beradi. Bu texnika nafaqat tahlil uchun, balki oqsilni iflosliklardan ajratib olishda dastlabki yo‘l sifatida foydalidir. Shu bilan birga, ultratsentrifugatsiya usuli oqsillarni zichligiga ko‘ra ajratishda samarali hisoblanadi. Bu usul ayniqsa hujayra organellari yoki murakkab oqsil komplekslarini ajratishda ishlatiladi. Afzalliklari: ko‘p turdagi oqsillarni bir paytda aniqlash mumkin. Kamchiliklari: faqat kichik miqdor, ajratilgan oqsil amalda ishlatilmaydi. Dializ – yarim o‘tkazuvchan membrana orqali kichik molekulalar (masalan, tuzlar, bufer ionlari)ni ajratish orqali oqsillarni tozalash usulidir. Bu metodda oqsil molekulalari membranadan o‘ta olmaydi, natijada eritmadagi ortiqcha ionlar va kichik zarrachalar chiqarib yuboriladi. Odatda bufer muhitning muvozanatini saqlab qolish va oqsilning biofaolligini buzmasdan ajratish uchun ishlatiladi. Dializ usuli enzimlar, antikorlar yoki termal barqarorligi past bo‘lgan oqsillar bilan ishlashda afzal ko‘riladi. Biroq, jarayonning davomiyligi va hajm chegaralanganligi uning sanoat miqyosida qo‘llanishini cheklaydi. Ultrafiltratsiya – bosim ostida oqsil eritmasini yarim o‘tkazuvchan membrana orqali o‘tkazish asosida ishlaydigan texnologiyadir. Oqsillar molekulyar og‘irligiga qarab ushlab qolinadi, kichik molekulalar esa membrana orqali o‘tadi. Bu usul dializga qaraganda tezroq bo‘lib, konsentratsiyalash, tozalash va buferni almashtirish uchun keng qo‘llaniladi. Ultrafiltratsiya texnologiyasining sanoatdagi muvaffaqiyati uning avtomatlashtirish imkoniyati va turli porozlikdagi membranalarning mavjudligi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, membrananing tiqilib qolishi va oqsilning qisman denaturatsiyalanish ehtimoli texnologik nazoratni talab etadi. Sentrif

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada oqsillarni biologik manbalardan ajratib olish usullari, ularning zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi, farmatsevtika va biotexnologiyadagi amaliy ahamiyati, ilg‘or tadqiqotlar asosida tahlil qil…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada oqsillarni biologik manbalardan ajratib olish usullari, ularning zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi, farmatsevtika va biotexnologiyadagi amaliy ahamiyati, ilg‘or tadqiqotlar asosida tahlil qil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xromatografiya, ultratsentrifugatsiya., elektroforez, ajratish, ferment, oqsil, biotexnologiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники