Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“O‘TLOQI BO‘Z TUPROQLARDA G‘O‘ZA VA SOYA INTERCROPPING TIZIMINING HOSILDORLIKKA TA’SIRI”
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TIZIMINING HOSILDORLIKKA TA’SIRI” (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushubu maqolada Toshkent viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za va soya ekinlarini hamkorlikda yetishtirish bo‘yicha olib borilgan dala tajribalari natijalari bayon etilgan. Tadqiqot davomida bir mavsumda bir maydonda ikki turdagi ekin – g‘o‘za va don-dukkakli soya – birgalikda yetishtirildi va ularning o‘sishi, fenologik rivojlanishi, hosildorligi, tuproqning agrofizik va suv-fizik xossalariga ta’siri o‘rganildi. Tajriba natijalariga ko‘ra, g‘o‘za va soya ekinlarini birgalikda yetishtirish orqali 1 gektar maydondan 20,9 s/ga paxta va 18,2 s/ga soya doni olishga erishildi. Bu usul yer resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega ekani ko‘rsatildi. Shuningdek, xorijiy (ayniqsa Xitoy) tajribasi bilan solishtirma tahlillar keltirilib, hamkor ekish texnologiyalarining afzalliklari asoslab berildi. Kalit so‘zlar: G‘o‘za-soya, intercropping, sug‘orish samaradorligi, dala tajribasi, hosildorlik, yer unumdorligi, o‘tloqi-bo‘z tuproq, suv tejash, qo‘shma ekinlar, agrotexnologiya. Kirish: Hozirgi kunda mamlakat aholisini oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlash, ichki bozirlarimizni sifatli va arzon qishloq xo‘jiligi maxsulotlari bilan boyitish, mamlakatning eksport saloxiyatini oshirish qishloq xo‘jaligi xodimlari, dehqon va fermer xo‘jaligi rahbarlari hamda olimlarimiz oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bebaho boyligimiz bo‘lmish sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish, ularning unumdorligini hamda meliorativ holatini saqlash va muntazam ravishda yaxshilab borish, sug‘orish suvlaridan foydalanish samaradorligini oshirish soha mutaxassislarini yanada ko‘proq izlanishlar olib borishlariga turtki bo‘lmoqda. Sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanishda bir mavsumda bir maydondan ikki va undan ortiq hosil yetishtirish muhim ahamiyatga egadir. Bu borada olimlarimiz tomonidan ham bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan, ya’ni, birdaniga bir vaqtda bitta yerning o‘zida ikki xil ekin ekib parvarishlab, ulardan yuqori va sifatli hosil olish, shu bilan birga tuproq unumdorligini saqlab qolish va muntazam oshirib borish, sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holatini barqarorlashtirish, qo‘shimcha ravishda oziq-ovqat maxsulotlari yetishtirish, shu yo‘l bilan paxtachilik fermer xo‘jaliklarida yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash maqsadida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari bozor islohotlari davrida fermerlarimiz uchun katta imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi. Izlanish uslublari: Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan masalalarni yechimini topish maqsadida biz Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanidagi “Mamatkarim Dilshodjon” fermer xo‘jaligining o‘rta va og‘ir qumoqli o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida birinchi marotaba 96 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo gidrogel qo‘llab, don-dukkakli (soya) ekinini g‘o‘za bilan hamkorlikda ekib yetishtirishning tuproq unumdorligini oshirish hamda mavsumiy suv sarflariga ta’siri o‘rganilib, qo‘llanilgan tadbirlarning paxta hosildorligi, yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, aholini oziq-ovqat maxsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, atrof-muhitning ekologo-meliorativ holati yomonlashuvini oldini olish, qishloq xo‘jaligi maxsulotlari yetishtirish ko‘lamini kengaytirish, xo‘jalikning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan masalalarni ilmiy yechimini topishga qaratilgan vazifalar amalga oshirildi. Bu borada horijiy mamlakatlarda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlarning natijalariga nazar tashlasak. Xitoyda g‘o‘za bilan hamkor ekinlarni birgalikda ekishning bir necha usullari mavjud bo‘lib, bulardan bug‘doy, sholi yoki raps kabi ekinlar g‘o‘za bilan hamkorlikda ekiladi. Ayniqsa bu usullar Xitoyning janubiy viloyatlarida keng qo‘llanilib, yuqori hosil olinmoqda. Ayrim viloyatlarda bug‘doydan 30 ts/ga va 10,5 ts/ga paxta tolasi (30-31 ts/ga paxta), g‘o‘za raps bilan birgalikda ekilganda 11,2- 15,0 ts/ga raps urug‘i, shuningdek 7,5 ts/ga paxta tolasi (22- 23 ts/ga paxta) olishga erishilgan (O. Valovik 1989). Xitoyda hamkor ekish texnologiyasi hisobiga yiliga qo‘shimcha ravishda 9,78 mln. tonna don, 150 ming tonna paxta tolasi yetishtiriladi (Li Veymin 1990). Slelland C. K. (1940) ma’lumotiga ko‘ra makkajo‘xori turli dukkakli ekinlar bilan birga ekilganda hosildorlik kamayadi, hosildorlikning kamayishi dukkakli ekin turiga ham bog‘liq. Ammo, paxta hosili makkajo‘xori va dukkakli ekinlar birgalikda o‘stirilgandan keyin ekilganda yuqori bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, g‘o‘za bilan don-dukkakli ekinlarni hamkorlikda yetishtirish qo‘shimcha daromad manbai bo‘libgina qolmay, balki, sug‘oriladigan maydonlarning unumdorligini oshirish va meliorativ holatini yaxshilashga ham sezilarli darajada ta’sir qiladi. Xukumatimiz tomon
Доказательный фрагмент
«Ushubu maqolada Toshkent viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za va soya ekinlarini hamkorlikda yetishtirish bo‘yicha olib borilgan dala tajribalari natijalari bayon etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshubu maqolada Toshkent viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za va soya ekinlarini hamkorlikda yetishtirish bo‘yicha olib borilgan dala tajribalari natijalari bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- intercropping, qo‘shma ekinlar, o‘tloqi-bo‘z tuproq, yer unumdorligi, G‘o‘za-soya, dala tajribasi, suv tejash, hosildorlik, sug‘orish samaradorligi, agrotexnologiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025