К содержанию
РецензированоUZ2026

TIJORAT BANKLARINI BARQARORLIGINI TA’MINLASH USULLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Olimjonov Jamshidbek Javlonbek o’g’li (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash masalalari ko'rib chiqiladi. Bank tizimining iqtisodiyotdagi o'rni, barqarorlikka ta'sir etuvchi omillar va uni mustahkamlash usullari tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: Bank, resurs, moliyaviy barqarorlik, samaradorlik, capital yetarlilik, likvidlilik, risklilik ko’rsatkichi, kredit portfeli. Banklar faoliyati mamlakatning moliyaviy resurslarini to‘plash va taqsimlash orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ularning moliyaviy barqarorligi nafaqat ichki, balki tashqi omillarga ham bog‘liq. Jumladan, global moliyaviy inqirozlar, bozor volatilligi, valyuta kurslarining keskin o‘zgarishlari va ichki iqtisodiy omillar bank tizimining barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash masalasini hal qilish uchun zamonaviy banklar bir qator strategiyalarni amalga oshirishi lozim. Jumladan, risklarni boshqarish tizimini mustahkamlash, kapital yetarliligini oshirish, likvidlikni yuqori darajada saqlash, va bank faoliyatining samaradorligini oshirish orqali moliyaviy salohiyatni mustahkamlash kabi chora-tadbirlar ko‘rilishi zarur. Ilmiy nuqtai nazardan, banklar barqarorligini ta'minlash uchun nazariy va amaliy yondashuvlarni sintez qilish zarur. Jumladan, banklar faoliyatini baholash indikatorlarini yangilash, risklarni minimallashtirishga qaratilgan model va metodlarni ishlab chiqish va bank tizimi ishonchliligini oshirishga qaratilgan siyosatlarni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi iqtisodchi olimlar quyidagicha ta’rif berganlar: V.Usoskinning fikriga ko‘ra, tijorat bankining moliyaviy barqarorligini baholashda aktivlarning rentabelligi va kapitalning rentabelligi ko‘rsatkichlari muhim o‘rin tutadi1 O.Ovchinnikova va A. Betsning xulosasiga ko‘ra, tijorat bankining moliyaviy barqarorligi deganda bankning an’anaviy funksiyalarini va yangi paydo bo‘ladigan funksiyalarini, tashqi ta’sirlarning mazmunidan qat’i nazar, bajarish imkoniyatiga aytiladi.2 S.Urazovning fikriga ko‘ra, bankning moliyaviy barqarorligi – bu uning bankning o‘z faoliyati ko‘rsatkichlarini ma’lum chegaralar doirasida, turli omillarning salbiy ta’siriga qaramasdan, qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidir3. G.Melikyan tijorat bankining moliyaviy barqarorligini mikro va makrodarajaga ajratadi. Mikrodarajada tijorat bankining moliyaviy barqarorligi – bu uning mijozlarga nisbatan maqsadlari va vazi-falarini juda salbiy ta’sirlar sharoitida ham amalga oshira olishidir. 1Усoскин В.М. Сoвременный кoммерческий банк: управление и oперации. – М.:ЛЕНАНД, 2019. – С.3 2 Oвчинникoва O. П., Бец А. Ю. Oснoвные направления oбеспечения динамическoй устoйчивoсти банкoвскoй системы//Финансы и кредит. – Мoква, 2006. – No 22 3 Уразoв С. А. Устoйчивoсть банкoвскoй системы: теoретические и метoдoлoгические аспекты//Банкoвскoе делo. – Мoсква, 2006. – No 12. 101 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Makrodarajada tijorat bankining moliyaviy barqarorligi – bu bank tizimining turli sohalarda inqiroz holatla-rini bartaraf eta olish va iqtisodiy agentlarga jamg‘armalar, investitsiyalarga nisbatan o‘zlarining maqsadlarini o‘zgartirishiga olib kelmagan holda, faoliyatini davom ettirish imkoniyatidir4. F.Mishkinning fikriga ko‘ra, tijorat bankining moliyaviy barqarorligi uning moliyaviy oqimlari va o‘z mab-lag‘lari manbalarining shunday balanslashgan holatiki, u bankning ma’lum davriy oraliqda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Bankning moliyaviy barqarorligi uning moliyaviy mustaqilligini belgilaydi. Xulusa qilib aytgana, Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi – bu bankning o‘z moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, uzluksiz daromadlilikni ta’minlash va kredit portfelining sifatini yuqori darajada boshqarish qobiliyatini anglatadi. Moliyaviy barqarorlik nafaqat bankning ichki faoliyati uchun, balki butun iqtisodiy tizim uchun ham strategik ahamiyatga ega. Ushbu barqarorlikni ta’minlash jarayonida bir qator omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi: - Moliyaviy ko'rsatkichlarni boshqarish: Tijorat banklarining asosiy moliyaviy ko'rsatkichlari - likvidlik, daromadlilik va kapital yetarliligini muntazam ravishda tahlil qilish kerak. - Kredit xavfini boshqarish: Kredit portfelining sifatini yaxshilash, muammoli kreditlarni qisqartirish muhimdir - Kapital yetarliligi. Banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun ularning kapital bazasi yetarli darajada bo‘lishi muhim. Kuchli kapital zaxirasi bankka moliyaviy inqiroz sharoitida risklarni qoplash va salbiy iqtisodiy o‘zgarishlarga qarshi turish imkonini beradi. - Likvidlik darajasi. Bankning qisqa muddatli moliyaviy majburiyatlarni bajarish qobiliyati uning likvidligi bilan bog‘liq. Yetarli likvidlik darajasini saqlab qolish orqali banklar moliyaviy bosimlardan samarali chiqib keta oladi. Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash hozirgi davrda iqtisodiy rivojlanishning muhim yo‘nalishlaridan b

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash masalalari ko'rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash masalalari ko'rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kredit portfeli., risklilik ko’rsatkichi, samaradorlik, likvidlilik, moliyaviy barqarorlik, resurs, Bank, capital yetarlilik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники