К содержанию
РецензированоUZ2018

ISHNNI SUDGA QADAR YURITISH DAVRIDA DALILLARNI TO‘PLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI · Agoyev Shukrullo Safarboyevich · O‘zbekiston Respeblikasi IIV Akademiyasi

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2018

Аннотация

Jinoyat ishlarini yuritishda ishni sudga qadar yuritish bosqichi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning doirasida dalillarni to‘plash, tahlil qilish va baholash jarayonlari amalga oshiriladi. Ushbu maqolada ishni sudga qadar yuritish davrida dalillarni yig‘ish va rasmiylashtirish jarayoni, uning o‘ziga xos xususiyatlari hamda zamonaviy texnologiyalar vositasida elektron dalillarni qonun talablariga muvofiq rasmiylashtirish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, dastlabki tergov jarayonida dalillarni to‘plashda tergovchi, prokuror, advokat hamda boshqa huquqiy sub’ektlarning roli va vakolatlari tahlil qilinadi. Maqolada ilmiy va amaliy manbalarga asoslangan holda dalillarni to‘plash usullari, ekspertlik tekshiruvlarining ahamiyati, guvohlarni so‘roq qilish, jinoyat joyini ko‘zdan kechirish, moddiy dalillarni aniqlash va ularni protsessual jihatdan rasmiylashtirish masalalari yoritiladi. Maqola jinoyat ishlari bo‘yicha dalillarni to‘plash va ulardan samarali foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritishga qaratilgan. Kalit so‘zlar Isbotlash jarayoni, dalillarni to‘plash, tergov harakatlari, hujjatlashtirish, ekspertiza, guvohlar so‘rog‘i, protsessual normalar, jinoyat ishlari, dalillarni baholash, qonunchilik me’yorlari, advokat va himoya huquqi, dastlabki surishtiruv. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-may kuni qabul qilingan “Jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirishchora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3723-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari sifatida: jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish, fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining ta’sirchan va va ishonchli muhofaza qilinishini; jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklari kafolatlarini ishonchli ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish; jinoyat protsessining yangi shakl va tartib-tamoyillarini kiritish belgilandi1. Jinoyat-protsessual faoliyatning muhim bosqichlaridan biri ishni sudga qadar yuritish jarayonidir. Mazkur bosqichda dalillarni to‘plash, tahlil qilish va rasmiylashtirish jinoyatni fosh etish, aybdor shaxslarni aniqlash va adolatli sud muhokamasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Jinoyatlarni tez va to‘la ochish, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi, aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etish hamda odil sudlov faoliyatini bugungi kunda ishni sudga fadar yuritish davomida dalillarni protsesual tartibda to‘plash va rasmiylashtirishsiz tasavur etib bo‘lmaydi. Tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov davrida tergov xarakatlari va boshqa 1 Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69. 107 protsessual xarakatlar bilan to‘plangan maqlumotlar ishonchli va maqbul dalil manbai sifatida qaralib jinoyatlarni ochish, ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash borasidagi ahamiyati toboro oshib bormoqda.Jinoyat ishi doirasida jinoyat protsessual kodeksida belgilangan tartibda dalillarni to‘plash, qayd qilish va tekshirish odil so‘dlovni taminlashga xizmat qiladi2. Jinoyat prossessual kodeksi dadalil tushunchasi mavjud bo‘lib, unga quydagicha ta’rif berilgan “Dalil- ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday faktik ma’lumotlar jinoyat ishi bo‘yicha dalil hisoblanadi”. Dalillar olinish manbaasiga ko‘ra, fizikaviy kimyoviy xususiyatlariga ko‘ra ashyoviy dalil, yozma dalil, elektron yoki raqamli dalillarga bo‘linadi. Quyida ularning ma’no mazmunini ko’rib chiqamiz: Ashyoviy dalil - jinoyat yoki fuqarolik ishini to‘g‘ri yuritish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsalar. Amaliyotda «tilsiz guvohlar» deb yuritiladi. Kelib chiqishini, kimga tegishliligini, ma’lum maqsadlarda foydalanilganligini yoki turgan joyi o‘zgarganligini, u yoki bu moddalar, narsa, jarayon va hodisalar ta’sir etganligini aniqlash mumkin bo‘lgan moddiy belgilarga, shuningdek ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan har qanday boshqa alomatlar va belgilarga ega bo‘lgan narsa Ashyoviy dalil hisoblanadi (O‘zR JPK, 203-modda); ular ishni mazmunan hal qilish uchun aniqlash vositasi bo‘lishi mumkin. Ashyoviy dalil o‘z xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha tavsiflanadi: 1) jinoyat ob’ekti bo‘lgan Ashyoviy dalil, 2) jinoyat quroli bo‘lgan Ashyoviy dalil 3) jinoyat izlarini o‘zida saqlab qolgan Ashyoviy dalil ; 4) jinoyat orqasida topilgan boylik. Ashyoviy dalillar hodisa sodir bo‘lgan joyni yoki boshqa joylarni, binolarni ko‘zdan kechirish, tanib olish uc

Доказательный фрагмент

«Jinoyat ishlarini yuritishda ishni sudga qadar yuritish bosqichi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning doirasida dalillarni to‘plash, tahlil qilish va baholash jarayonlari amalga oshiriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Jinoyat ishlarini yuritishda ishni sudga qadar yuritish bosqichi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning doirasida dalillarni to‘plash, tahlil qilish va baholash jarayonlari amalga oshiriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dalillarni baholash, Isbotlash jarayoni, dalillarni to‘plash, protsessual normalar, ekspertiza, jinoyat ishlari, advokat va himoya huquqi, tergov harakatlari, guvohlar so‘rog‘i, dastlabki surishtiruv., hujjatlashtirish, qonunchilik me’yorlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники