К содержанию
РецензированоRU2026

“SALTANATNING CHIROG‘I” SUN’IY INTELLEKT TIZIMI MISOLIDA OILAVIY ZOʻRAVONLIK  MONITORINGI TAHLILI

ZOʻRAVONLIK MONITORINGI TAHLILI · Abduazimov Xurshidbek

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

В данной статье анализируются содержание, механизм и социальное значение системы мониторинга «Свет Салтанат», внедрённой в Казахстане. Проект посвящён памяти Салтанат Нукеновой и направлен на выявление случаев домашнего насилия в режиме реального времени с последующим их публичным отображением. Инициатива направлена на визуализацию скрытого насилия в обществе, активизацию гражданской позиции и обеспечение общественного контроля за исполнением законодательства. Также в статье рассматриваются перспективы применения данной модели в условиях Узбекистана. Ключевые слова: искусственный интеллект, домашнее насилие, общественный контроль, Свет Салтанат, мониторинг в реальном времени, Узбекистан. 2025-yilning aprel oyida Qozog‘istonda oilaviy zo‘ravonlik holatlarini real vaqt rejimida kuzatib boruvchi “Svet Saltanat” nomli noyob sun’iy intellekt tizimi ishga tushirildi. Loyiha nomi rus tilida “Свет Салтанат” bo‘lib, ma’nosi “Saltanatning chirog‘i” deganidir. Bu tashabbus texnologik yechimlar yordamida jamiyatda ko‘p hollarda yashirin qoladigan oilaviy zo‘ravonlik muammosini ommaga ma’lum qilishga qaratilgan. Loyiha mashxur texnologik kompaniya Citix hamda kreativ agentlik GForce Grey hamkorligida amalga oshirilgan bo‘lib, Saltanat Nukenova ismli ayol xotirasiga bag‘ishlangan. Mazkur sun’iy intellekt asosidagi 4 platforma har safar mamlakat bo‘ylab yangi zo‘ravonlik holati haqida xabar paydo bo‘lganda maxsus yorug‘lik signalini bera boshlaydi. Qozog‘istonda shakllangan ushbu modelning dolzarbligi O‘zbekiston sharoitida ham bevosita aks etadi. So‘nggi yillarda mamlakatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi huquqiy asoslar takomillashtirilmoqda. Jumladan, 2019-yilda “Xotin- qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” maxsus qonun qabul qilingan bo‘lsa1, 2025-yilgi O‘RQ-1053-son Qonun maishiy zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni real himoya qilishni nazarda tutadi2. Biroq, muammoning ko‘lami hali ham jiddiyligicha qolmoqda. Mahalliy faollar va OAV xabarlariga ko‘ra, O‘zbekistonda har yili minglab oilaviy zo‘ravonlik holatlari sodir bo‘ladi. Masalan O‘zbekistonda 2025-yil I-choragida 24 ming nafardan ortiq ayolga “Himoya orderi” rasmiylashtirilgan3. “Svet Saltanat” tizimining asosiy qurilmalaridan biri Almaty shahrida Prezident bog‘i ro‘parasiga o‘rnatilgan yorqin qizil neon yozuvli bilborddir. Ushbu katta neon yozuvda marhum Saltanat Nukenovaning ismi aks etgan bo‘lib, u doimiy ravishda yonib turadi. Tizim har gal Qozog‘iston ichida yangi bir zo‘ravonlik hodisasi haqida xabar aniqlasa, shu neon belgi darhol miltillay boshlaydi. Bu miltillovchi chiroq xavotir signalini ifodalaydi va hodisa ro‘y berganini jamoatchilikka yoritadi. Loyiha mualliflari ushbu usul orqali xususiy makonda, ya’ni oila ichida sodir bo‘layotgan zo‘ravonlikni jamoat oldida oshkora ko‘rsatib berishni maqsad qilishgan. Neon belgining signali faqat bu joyning o‘zi bilan cheklanmaydi. Balki, ayni vaqtda mamlakat bo‘ylab Citix kompaniyasiga tegishli 100 dan ortiq raqamli reklam ekranlarida ham maxsus vidjet ko‘rinishida aks etadi. Boshqacha aytganda, har bir yangi holat haqidagi ma’lumot markaziy bilbordga GSM aloqa signali orqali yuborilib, uni miltillatadi, va shu zahoti “Svet Saltanat” vidjeti barcha ulanishdagi elektron panellarda paydo bo‘ladi. Bu esa voqeani butun mamlakat aholisiga bir zumda yetkazish imkonini beradi. Ushbu loyihasining paydo bo‘lishiga 2023-yilda Qozog‘istonda yuz bergan shov-shuvli voqea, ya’ni 36 yoshli Saltanat Nukenovaning o‘ldirilishi olib kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat va undan keyingi jamoatchilik noroziligidir. Saltanat turmush o‘rtog‘i Kuandik Bishimbayev tomonidan shafqatsizlarcha do‘pposlab o‘ldirilgan edi. Bu jinoyat jamiyatda katta rezonans uyg‘otdi va ilk marotaba aynan oilaviy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha sud jarayoni butun xalq uchun onlayn efirda jonli yoritildi. Voqea ortidan xalq orasida va ijtimoiy tarmoqlarda norozilik to‘lqini ko‘tarildi. Natijada fuqarolik jamiyati faollari va xotin-qizlar huquqlarini himoya qiluvchi guruhlar mamlakatda oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonunchilikni kuchaytirishga chaqirib, #ЗаСалтанат heshtegi ostida kampaniyalar boshladilar. Ushbu jamoaviy bosim o‘z samarasini berib, 2024-yil aprel oyida Qozog‘iston parlamenti oiladagi zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi yangi qonun qabul qildi4. Xalq tilida “Saltanat qonuni” deb atalgan ushbu hujjatga muvofiq oilaviy zo‘ravonlik endilikda jinoiy javobgarlikka tortiladigan qilmishlar qatoriga kiritildi. 1 “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” dagi O‘RQ-561-son https://lex.uz/uz/docs/- 4494709?ONDATE=12.04.2023 2 “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi to‘g‘risida”gi O‘RQ-1053-son https://lex.uz/docs/7469379 3 https://kun.uz/news/2025/04/30/uch-oyda-qancha-ayolga-himoya-orderi-berilgani-malum-qilindi 4 President Tokayev Signs Laws Aimed at Protecting the Rights of Women and Safety of Children, https://www.gov.kz/memleket/entities/mfa-berlin/pres

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируются содержание, механизм и социальное значение системы мониторинга «Свет Салтанат», внедрённой в Казахстане.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируются содержание, механизм и социальное значение системы мониторинга «Свет Салтанат», внедрённой в Казахстане. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
artificial intelligence, domestic violence, public oversight, Svet Saltanat, real-, jamoatchilik nazorati, O‘zbekiston., sun’iy intellekt, real vaqt monitoringi, oilaviy zo‘ravonlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники