Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NOKORREKT VA TESKARI MASALALAR: TA’RIFLARI, XUSUSIYATLARI VA MISOLLAR
Asqaraliyeva Gulzodaxon Murodjon qizi
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
This article provides a comprehensive overview of the theoretical definitions of ill-posed and inverse problems, their properties, as well as important examples from practical life and their solution methods. Ill-posed problems are problems that do not satisfy the conditions of mathematical stability, existence and uniqueness, while inverse problems are complex tasks aimed at restoring causes from a given result. Examples include medical tomography, geophysical analysis and heat dissipation problems. Regularization, iterative and probabilistic approaches are used in the solutions. Keywords: ill-posed problem, inverse problem, regularization, tomography, geophysics, mathematical modeling, optimization, stability. Абстрактный: В статье подробно рассматриваются теоретические определения некорректных и обратных задач, их свойства, а также важные примеры из практики и методы их решения. Некорректно поставленные задачи — это задачи, которые математически не удовлетворяют условиям устойчивости, существования и единственности, тогда как обратные задачи — это сложные задачи, направленные на восстановление причин по заданному результату. Примерами служат медицинская томография, геофизический анализ и проблемы рассеивания тепла. Решения используют регуляризацию, итерационный и вероятностный подходы. Ключевые слова: некорректная задача, обратная задача, регуляризация, томография, геофизика, математическое моделирование, оптимизация, устойчивость Kirish. Nokorrekt va teskari masalalar hozirgi zamon ilmiy-tadqiqot va amaliyotida katta o‘rin egallaydi. Ular turli sohalarda — tibbiyotda, geofizikada, injeneriyada, iqtisodiyotda va boshqalarda yuzaga keladigan murakkab masalalardir. Ushbu masalalar ko‘pincha ma’lumotlarning to‘liqligi, shovqinlari va o‘lchov xatoliklari bilan birga keladi, shuning uchun ularni aniq va barqaror yechish qiyin bo‘ladi. Nokorrekt masalalar matematik jihatdan noaniq, barqaror bo‘lmagan, ba’zan esa noyob yechimga ega bo‘lmasligi mumkin bo‘lgan muammolar sifatida tasniflanadi. Teskari masalalar esa, oddiy masalalardan farqli ravishda, natijadan boshlang‘ich sabablarni tiklashga qaratilgan va ko‘pincha nokorrektlik xususiyatlariga ega. 62 Nokorrekt masalalar ta’rifi va xususiyatlari: Matematik masala "to‘g‘ri qo‘yilgan" yoki "korekt" deb ataladi, agar u quyidagi uchta shartni qanoatlantirsa: Yechim mavjudligi: Masalaning kamida bitta yechimi bo‘lishi kerak. Yechimning noyukligi: Masalaning faqat bitta yechimi bo‘lishi zarur. Barqarorlik: Kirish ma'lumotlaridagi kichik o‘zgarishlar yechimda kichik o‘zgarishlar keltirib chiqarishi kerak. Agar ushbu shartlardan birortasi bajarilmasa, masala nokorrekt (ill-posed) deb ataladi. Ko‘plab amaliy masalalar aynan nokorrekt hisoblanadi, chunki real hayotda o‘lchovlar shovqinli, noaniq va to‘liq bo‘lmasligi mumkin. Nokorrekt masalalarning asosiy turlari: Yechim yo‘q bo‘lishi (masala bajarilmasligi). Yechim ko‘p bo‘lishi (noaniqlik). Yechim barqaror bo‘lmasligi (kichik xatoliklar katta o‘zgarishlarga olib kelishi). Teskari masalalar ta’rifi va xususiyatlari: Teskari masalalar — berilgan natijalar asosida sistemaning sabablarini aniqlash vazifasi. Agar oldingi masalada biz sababdan natijani aniqlasak (to‘g‘ri masala), teskari masalada esa natijadan sababni tiklash kerak bo‘ladi. Misol uchun, tibbiyotda tomografiyada tanadan o‘tgan nurlarning o‘lchovlari (natija) asosida organ ichidagi struktura (sabab) aniqlanadi. Yoki geofizikada yer qatlamlari haqida ma’lumotlarni faqat yuzadagi o‘lchovlar orqali aniqlash. Teskari masalalar ko‘pincha nokorrekt bo‘ladi, ya’ni ular noyob emas, yechim barqaror emas, yoki yechim mavjud emas. Shu sababdan ularni yechishda maxsus matematik metodlardan foydalaniladi: regulyarizatsiya, iteratsion usullar, optimizatsion yondashuvlar va boshqalar. Nokorrekt va teskari masalalarga misollar va ularning yechimlari Meditsina tomografiyasi (Radon transformatsiyasi): Tomografiyada maqsad — tananing ichki zichlik funksiyasini tiklash. Bu Radon transformatsiyasi yordamida amalga oshiriladi: Rf(θ,s) = ∫_{l(θ,s)} f(x,y) dl, bu yerda Rf – o‘lchangan proyeksiyalar, f — qidirilayotgan zichlik funksiyasi. Yechim usullari: Filterlangan orqaga proyeksiya (Filtered Back Projection). Tixonov regulyarizatsiyasi. Iteratsion algoritmlar (ART, SIRT). Geofizik teskari masalalar: Yer ostidagi qatlamlar tuzilishini aniqlash uchun seysmik to‘lqinlarning o‘lchovlari ishlatiladi. Matematik model: A(u) = f, bu yerda u — aniqlanishi kerak bo‘lgan parametrlar (zichlik, elastiklik), f — o‘lchov signallari. Yechim usullari: Gradient va Newton usullariga asoslangan optimizatsion metodlar. Tixonov regulyarizatsiyasi. Bayes yondashuvi. To‘lqin tenglamasi: 63 ∂²u(x,t)/∂t² = c(x)² ∇²u(x,t) Teskari masala umumiy ko‘rinishi: A(u) = f Tixonov regulyarizatsiyasi: J(u) = ||A(u) - f||² + α ||Lu||² u* = argmin J(u) Gradient yondashuvi: uₖ₊₁ = uₖ - η ∇J(uₖ) Bayes yondashuvi: P(u | f) ∝ P(f | u) ⋅ P(u) To‘lqin signallari uchun tenglama (manba bilan): ∂²u(x,t)/∂t² - ∇ ⋅ (c(x)² ∇u(x,t)
Доказательный фрагмент
«This article provides a comprehensive overview of the theoretical definitions of ill-posed and inverse problems, their properties, as well as important examples from practical life and their solution methods.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a comprehensive overview of the theoretical definitions of ill-posed and inverse problems, their properties, as well as important examples from practical life and their solution methods. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ill-posed problem, inverse problem, regularization, tomography, geophysics, regulyarizatsiya, optimizatsiya, nokorrekt masala, tomografiya, geofizika, matematik modellash, teskari masala, barqarorlik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025