Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA EMIZIKLI AYOLLARNING AYRIM MINERAL MODDALAR BILAN FIZIOLOGIK TA’MINLANISHI
Baratova Sh.S. · Buranova G.B.
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Maqola Surxondaryo viloyati qishloq sharoitida yashaydigan 18-29 yoshli emizikli ayollarning kundalik iste’mol taomlari tarkibidagi kalsiy, fosfor, magniy, temir va ruxning miqdorini o‘rganishga bag‘ishlangan. Natijalarga ko‘ra tekshiriluvchilarning kunlik ovqatidagi kalsiy, temir va rux miqdori me’yor darajasidan kam, magniy va fosfor minerallari miqdori esa me’yor darajasidan ko‘p. Kalit so‘zlar: emizikli ayollar, laktatsiya davri, kunlik ratsion, kalsiy, fosfor, magniy, temir, rux. Ma’lumki, emizikli onalarning iste’mol qilayotgan taomlarining tarkibi, miqdori va sifati onaning salomatligiga va ona sutining tarkibiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Ona suti esa go‘dak uchun eng maqbul ozuqa hisoblanib uning miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bolaning morfologik va fiziologik jihatdan rivojlanish jarayonini me’yorda kechishini ta’minlashdagi asosiy omillar hisoblanadi [1]. Hozirda emizikli ayollarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etilishida oqsil, yog‘, uglevod va vitaminlar bilan bir qatorda mikronutriyentlarning yana bir guruhi hisoblangan mineral moddalar ham juda ham muhim o‘rin tutadi. Mineral moddalar yoki ma’danli moddalarning kunlik taomlarda me’yoridan kam yoki ko‘p bo‘lishi turli xastaliklarga sabab bo‘ladi. Ular sog‘lom ovqatlanishning almashtirib bo‘lmaydigan komponentlaridan biri hisoblanadi . Laktatsiya davrida homilador ayollarga qaraganda emizikli onalarning ko‘plab vitamin va mineral moddalarga bo‘lgan talablari oshadi [2]. Organizm uchun kerakli bo‘lgan muhim mineral moddalarga kalsiy va fosforni misol qilishimiz mumkin. Ma’lumki, kalsiy va fosfor bola skelet tizimining morfologik va fiziologik jihatdan me’yorda rivojlanishida biologik ahamiyat kasb etadi. Laktatsiya davrida ayollar organizmidagi bir qancha to‘qimalarda morfologik, metabolik va gormonal o‘zgarishlar sodir bo’ladi. Chunki, laktatsiyaning asosiy vazifasi sut bezlari tomonidan sut ishlab chiqarish va uni ajratishni boshqarish bo‘lib, bu davrda sut ishlab chiqarishni me’yorda kechishi uchun kerakli miqdordagi mineral moddalar, shu jumladan kalsiy ham suyaklar tarkibidagi mineral moddalardan olinadi. Shu sababdan ushbu davrda ko‘plab ayollarda suyak mo‘rtlashishi holati kuzatiladi [3, 4, 5]. Yuqoridagi fikrlarni e’tiborga olib, kuzatuvlarimiz davomida emizikli ayollarning kunlik ovqati orqali ayrim mineral moddalar bilan ta’minlanishini o‘rganishga harakat qildik. Material va metodika. Kuzatuvlarda Surxondaryo viloyati Angor tumani qishloq sharoitida yashovchi 41 nafar 18-29 yoshli emizikli onalarning kunlik ratsionidagi oziq- ovqatlar tarkibidagi mineral moddalarning miqdori qay darajada ekanligi tekshirildi. Respondentlarning kunlik ratsionini tahlil qilishda anketa-so‘rov usulidan va ulardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilishda Microsoft Exsel dasturidan va statistik dasturlardan foydalanildi. Natijalar va muhokama. Olingan natijalarga ko‘ra, ushbu hududda yashovchi 18-29 yoshli emizikli ayollarning kunlik ovqati tarkibida fosfor va magniy miqdori me’yor 31 ko‘rsatkichlaridan mos ravishda 26,5% va 11,7% ga ko‘p ekanligi aniqlandi. Emizikli ayollar uchun me’yoriy ko‘rsatkichlarga ko‘ra ular uchun kalsiyga bo‘lgan sutkalik talab 1500-2000 g ni tashkil qilsa, biz olib borgan kuzatuvda ushbu mineral modda miqdori respondentlar kunlik ratsionida 447,3± 35,0 g ni tashkil etdi, yoki bu me’yorning quyi chegarasiga nisbatan 29,8% ni tashkil qildi. Xuddi shuningdek, temir va rux elementlariga bo‘lgan emizikli ayollar talabi ham olingan natijaga ko‘ra me’yor darajasidan past bo‘lib, me’yorga nisbatan taqqoslanganda mos ravishda 63,7% va 70,6 % ni tashkil etdi. Emizikli ayollarning mineral moddalar bilan ta’minlanishini o‘rganish ona va bola sihat- salomatligini saqlash hamda mustahkamlashda muhim hisoblanadi. Bu borada ularning ratsional ovqatlanishini hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ular o‘rtasida mavzuga doir tushunchalarni targ‘ib qilish muhim amaliy tadbirlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Kuzatuvlarimiz davomida olingan natijalar bu boradagi tekshiruvlarni keng miqyosda davom ettirish lozimligini ko‘rsatmoqda.
Доказательный фрагмент
«Maqola Surxondaryo viloyati qishloq sharoitida yashaydigan 18-29 yoshli emizikli ayollarning kundalik iste’mol taomlari tarkibidagi kalsiy, fosfor, magniy, temir va ruxning miqdorini o‘rganishga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqola Surxondaryo viloyati qishloq sharoitida yashaydigan 18-29 yoshli emizikli ayollarning kundalik iste’mol taomlari tarkibidagi kalsiy, fosfor, magniy, temir va ruxning miqdorini o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- magniy, rux., laktatsiya davri, temir, kunlik ratsion, emizikli ayollar, fosfor, kalsiy
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026