Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“UZTRANSGAZ” AJ: MOLIYAVIY BARQARORLIK TAHLILI VA UNI MUSTAHKAMLASH CHORALARI
MUSTAHKAMLASH CHORALARI · Baymuxamedova Gulnoza Fattaxovna · Berdiqulov Suhrob Berdiqul o‘g‘li (Toshkent kimyo-texnologiya institute katta o‘qituvchisi.)
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada “UZTRANSGAZ” AJning moliyaviy barqarorligi tahlil qilinib, uning asosiy ko‘rsatkichlari orqali kompaniyaning moliyaviy holati baholanadi. Shuningdek, moliyaviy xatarlarni kamaytirish va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar taklif etiladi. Maqolada moliyaviy tahlil usullari, jumladan likvidlik, rentabellik va samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida tahlil olib boriladi. Kalit so‘zlar: moliyaviy barqarorlik, iqtisodiy holat, rentabellik, kapital, aktiv, sof foyda, sof daromad, qarz, sanoat, neft-gaz, transport, ta’minot, eksport. Kirish. Moliyaviy barqarorlik — bu korxonaning o‘z moliyaviy majburiyatlarini vaqtida va to‘liq bajarish, faoliyatini o‘z mablag‘lari hisobiga davom ettirish, moliyaviy muammolarga duch kelmaslik qobiliyatidir. U korxonaning uzoq muddatli rentabelligi va mustahkam moliyaviy holatini anglatadi. Moliyaviy barqarorlikning asosiy ko‘rsatkichlari: 1. O‘z mablag‘lar ulushi – korxonaning umumiy kapitalidagi o‘z mablag‘lar hissasi. 2. Qarzdorlik darajasi – korxonaning qarzga bog‘liqlik darajasi. 3. Likvidlilik ko‘rsatkichlari – qisqa muddatli majburiyatlarni qoplash qobiliyati. 4. Rentabellik – foyda olish darajasi. 5. Naqd pul oqimlari – daromad va xarajatlar oqimi muvozanati. Korxona va tashkilotlar uchun moliyaviy barqarorlik juda muhim o‘rin tutadi. Chunki, korxonaning salohiyati, darajasi va o‘rni uning iqtisodiy axvoliga bog‘liq. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, korxona va tashkilotlarda moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy xavfsizlikni oshirish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar uning salohiyati va darajasini ham belgilab beradi. Biz ushbu maqolada “UzTransgaz” AJ misolida korxonaning moliyaviy barqarorligi, uning tahlil qilinishi va mustahkamlash uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida o‘rganib chiqamiz. Tadqiqot metodologiyasi. Maqolada “UzTransGaz” AJ ning moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy o‘rnini aniqlashda va tahlil qilishda turli xil iqtisodiy ko‘rsatkichlar(sof foyda, aktivlar, qarz va kapital rentabelligi, sof daromad)dan, moliyaviy ma’lumotlardan foydalanib, SWOT va 1 04 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ shunga o‘xshash tahlil metodlaridan foydalanildi. Bu tahlillar asosida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Tahlil va natijalar. "UzTransGaz" aktsiyadorlik jamiyati — O‘zbekiston Respublikasida tabiiy gazni transport qilish, saqlash va taqsimlash bo‘yicha faoliyat yurituvchi yirik davlat kompaniyasidir. Bu korxona 1992- yili tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi — respublika hududlari hamda eksport bozorlariga tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berishni ta’minlashdan iborat. "UzTransGaz" AJ O‘zbekistondagi magistral gaz quvurlari tizimini boshqaradi va texnik xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, kompaniya tabiiy gazni qayta ishlash, sig‘imlarda saqlash va eksport qilish bilan ham shug‘ullanadi. Uning tarkibida bir nechta mintaqaviy filiallar va muhandislik korxonalari mavjud. Kompaniya energetika sohasidagi islohotlar doirasida moliyaviy barqarorlikka erishish, samaradorlikni oshirish va zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish ustida ish olib bormoqda. Quyidagi jadvalda esa “UzTransGaz” AJning so‘nggi 9 yillikdagi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari keltirilgan:1 Ko'rsatkichlar 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 Sof foyda(%) 23,7 21,65 -13,32 2,54 -10,58 -20,11 -13,69 -13,07 57,7 Kapital 10,52 13,51 -14,17 7,19 -98,32 116,77 44,09 27,6 10715,33 rentabelligi(%) Aktivlar 7,89 10,02 -5,64 1,26 -5,53 -13,83 -8,14 -6,3 24,21 rentabelligi(%) Qarz nisbati(%) 24,99 25,81 12,98 82,53 94,37 111,84 118,47 122,84 99,77 Qarzning - - kapital 33,31 34,78 32,6 472,3 1677,22 -944,4 44152,07 641,45 537,78 nisbati(%) Yuqoridagi jadvaldagi moliyaviy ko‘rsatkichlar korxona iqtisodiy axvolini belgilab beradi. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va uni mustahkamlash uchun korxona tomonidan yillar davomida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Quyidagi ma’lumotlarda “UzTransGaz” AJ tomonidan moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar keltirilgan: 1. Xarajatlarni optimallashtirish: Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytirish orqali resurslardan samarali foydalanish. 2. Moliyaviy intizomni kuchaytirish: Buxgalteriya hisobi, audit va nazorat tizimlarini takomillashtirish orqali moliyaviy shaffoflikni ta’minlash. 3. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish: Energiya tejamkor va innovatsion texnologiyalar orqali xarajatlarni kamaytirish va daromadni oshirish. 4. Tashqi investitsiyalarni jalb qilish: Mahalliy va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda investitsion loyihalarni amalga oshirish. 1 Openinfo.uz “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati 1 05 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 5. Qarzdorlikni boshqarish: Qarz yuklamasini kamayt
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada “UZTRANSGAZ” AJning moliyaviy barqarorligi tahlil qilinib, uning asosiy ko‘rsatkichlari orqali kompaniyaning moliyaviy holati baholanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada “UZTRANSGAZ” AJning moliyaviy barqarorligi tahlil qilinib, uning asosiy ko‘rsatkichlari orqali kompaniyaning moliyaviy holati baholanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- transport, kapital, eksport., sof daromad, qarz, sanoat, rentabellik, aktiv, iqtisodiy holat, neft-gaz, moliyaviy barqarorlik, ta’minot, sof foyda
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025