К содержанию
РецензированоRU2026

СТРОЕНИЕ СЕРДЦА ЧЕЛОВЕКА

U.M. Ismoilov

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Ushbu maqola buyrakning fiziologik va anatomik tuzilishi, organizm immun tizimidagi o’rni va turli xildagi patalogik holatlari haqida ma’lumot berishga qaratilgan fikrlar majmui. Buyrak organizm ichki muhit doimiyligini saqlashda, suv va mineral tuzlar almashinuvida va arterial bosimni me’yorda ushlashda muhim organ hisoblanadi. Tadqiqotda buyrak tosh kasalligi, buyrak tomirlar anomaliyalari, BE (buyrak yetishmovchiligi) va buyrakning yomon sifatli o’smalari kabi patalogiyalari yaratilgan. Zamonaviy tibbiyotda buyrakning faoliyati haqida qisman ma’lumot beruvchi va buyrak kasalliklarini tashhislash uchun “Sistatin S“ oqsilidan keng foydalanib kelinmoqda. Shuningdek, buyrakni olib tashlash ya’ni nefrektomiya organizmga salbiy va ijobiy ta’sir ko’rsatishi haqida ma’lumot keltirilgan. Maqola buyrakning klinik ahamiyatini tushunishga va uning patalogiyalarini davolash bo’yicha muhim ilmiy yondashuvlarni o’rganishga asoslangan. Kalit so’zlar: Buyrak, buyrak tosh kasalligi, buyrak tomirlar anomaliyalari, BE (buyrak yetishmovchiligi), buyrakning yomon sifatli o’smasi, nefroktamiya. Buyrak (ren) mikroskopik tuzilishga ega. Buyrak lomber (L1 dab L5 gacha bo’lgan umurtqa) mintaqada joylashgan. U qondan suyuqlik ajratib chiqaruvchi juft organ. U to’q qizil rangli loviyasimon a’zo bo’lib, katta yoshdagi odamlarda uzunligi 10-12 sm va og’irligi 120-200 gr ni tashkil etadi. Bu ko’rsatkichlar inson yoshi va jinsiga qarab o’zgaradi. Buyrak boshqa ichki organlardan farqli ravishta embrion davrida uch turi hosil bo’ladi. Buyrak oldingi yuzasi qavariq, orqa yuzasi esa yassiroq shaklda bo’ladi. Yuqorigi uchi, pastki uchi, qavariq lateral chekkasi, botiq o’rta chekkasi tafovvut qilinadi. Chap buyrakning yuqori qismi XI ko’krak umurtqasining o’rtasida pastki qismi III bel umurtqasining yuqori chekkasi qismiga to’g’ri keladi. O’ng buyrakning yuqori qismi XI ko’krak umurtqasining pastki sohasiga, pastki uchi esa III bel umurtqaning o’rta qismiga to’g’ri keladi. Buyrakning oldingi yuzasi qorin parda bilan qoplangan bo’lib, ichki a’zolarga tegib turadi. O’ng buyrak jigar, chambar ichak va o’n ikki barmoqli ichakka tegib turadi. Chap buyrak oshqazon, oshqazon osti bezi, och ichak, taloq va chambar ichakka tegib turadi. Buyrak filtrlovchi a’zo bo’lib, ko’plab vazifalarni o’z ichiga oladi. Ulardan chiqaruv, ekskretor vazifa ya’ni buyraklar organizmdagi ortiqcha suv, noorganik va organik moddalar, mochevina, siydik kislota, kreatinin, ammiak va yot moddalarni chiqarib tashlaydi; suv muvozanatini saqlash; ichki muhit suyuqliklarini osmotik va ion barqarorligini ta’minlash; kislota asos muvozanatini saqlash; himoya; elektropoez va gomeostazda ishtirok etish; oqsil, yog’, uglevodlar almashinuvida ishtirok etish; qon bosimini boshqarish; fiziologik moddalar ishlab chiqarish: renin, eritropoetin, vitamin D3, prostoglandinlar, bradikininlar, urokinazalardan iborat hisoblanadi. Qisqacha qilib, umumlashtirganimizda buyraklar ekskreator, gomeostatik, metabolitik, inkreator va himoya vazifalarini bajarishni o’z ichiga oladi. Buyrak anatomik tuzilishiga ko’ra 2 qismdan: buyrak moddasi va buyrak sinusidan iborat. Buyrak moddasi po’stloq (cortex) va mag’iz (medulla) qismlaridan iborat. Buyrakning struktur morfofunksional birligi nefron hisoblanadi. Nefron har bir buyrakda 1 mln va undan ortiqroq miqdorda bo’ladi. 1114 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Nefron siydik hosil qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Nefron malpigi koptokchasidan boshlanadi. Malpigi koptokchasi esa 2 qavat bo’lib joylashgan Shumlyanskiy Baumen kapsulasidan iborat. Po’stloq nefronlari buyrakning po’stloq qismining deyarli barcha qismida bo’ladi. Po’stloq nefronining naychalari kalta hisoblanadi. Mag’iz oldi ya’ni yukstamedullar nefron esa buyrakning mag’iz qismida keng tarqalgan. Po’stloq va yukstamedullar nefronlarning soni bir-biridan tubdan farq qiladi. Ularning nisbati 5: 1 hisoblanadi. Buyrak kasalliklari uning tuzilishi yoki funksiyalarining o’zgarishi bilan bog’liq muammolar keltirib chiqaradi. Buyrakning keng tarqalgan kasalliklariga: 1. Buyrak tosh kasalligi (nefrolitiaz). Bu kasallik buyrakda ko’p uchraydigan kasalliklardan biriri hisoblanadi. Toshlar, asosan, o’ng buyrahda ko’p uchraydi. Statistika ma’lumotlariga tayanib ko’radigan bo’lsak, 100 nafar insonning buyrak tosh kasalliklaridan 15-20 kishisida ikkala buyrakda kasalliklar uchrashi mumkin. Buyrak toshlarining eng ko’p uchraydigan turlariga fosfor, ko’mir kislotasining kalsiyli tuzlari hisoblanadi. Kamyob tarqaladigan turlariga: struvitlar, uraf toshlarini misol tariqasida qarashimiz mumkin. Buyrak toshlarini unung turli xil joylarida uchrashi mumkin. Masalan: buyrak jomida, siydik nayida, siydik chiqarish kanali , siydik pufagi va kosachalarda joylashadi. Toshlarning turlarini har xilligi ularni keltirib chiqaradigan sabablarga bog’liq bo’ladi. Ularga kam suyuqlik ichish, tuzli mahsulotlar me’yoridan ortiq iste’mol qilish, siydik yo’llari infeksiyasi yoki kam siydik (mochevina ) ajrati

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola buyrakning fiziologik va anatomik tuzilishi, organizm immun tizimidagi o’rni va turli xildagi patalogik holatlari haqida ma’lumot berishga qaratilgan fikrlar majmui.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola buyrakning fiziologik va anatomik tuzilishi, organizm immun tizimidagi o’rni va turli xildagi patalogik holatlari haqida ma’lumot berishga qaratilgan fikrlar majmui. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
импуль, пульс, диастола, систола, ткани., сердца, мотор, миокард, секунд, кров
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники