К содержанию
РецензированоUZ2025

DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA INNOVATSION BOSHQARUV: MUSTAQILLIK VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA INTEGRATSIYASI

Umarova Aziza Sabirovna

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article analyzes the role of innovative technologies in ensuring organizational management and financial autonomy of public higher education institutions in the context of New Uzbekistan. It explores recent strategic decrees, the implementation of digital management systems, financial monitoring mechanisms, and the adaptation of international experience. The study also highlights current challenges, future directions, and practical recommendations for reforming the higher education sector. Keywords: Higher education, financial autonomy, innovative technologies, management system, digital transformation, HEI reforms, public policy. Kirish. Zamonaviy ta’lim jarayonida oliy ta’lim muassasalarining mustaqilligi, ayniqsa, ularning tashkiliy boshqaruv va moliyaviy avtonomiyasi global raqobat sharoitida muhim omilga aylanmoqda. 1 00 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bugungi kunda dunyo bo‘ylab oliy ta’lim tizimi nafaqat bilim berish, balki innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish, tadqiqotlar orqali iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatish va mustaqil boshqaruv asosida rivojlanayotgan tashkilotlarga aylanishni talab qilmoqda. O‘zbekiston ham bu boradagi o‘ziga xos o‘tish davrini boshdan kechirmoqda. Davlat OTMlarining tashkiliy va moliyaviy mustaqilligi, ularni innovatsion texnologiyalar orqali boshqarish mexanizmlarining joriy etilishi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada davlat OTMlarida innovatsion texnologiyalar vositasida mustaqillikni ta’minlash zarurati, bugungi holat, xorijiy tajriba bilan solishtirma tahlil, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar chuqur tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida oliy ta’lim muassasalarining (OTM) tashkiliy boshqaruv va moliyaviy mustaqilligini ta’minlash masalasi nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda dolzarb muammolardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Mamlakatimizda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar aynan ushbu yo‘nalishga qaratilgan bo‘lib, OTMlarni avvalgi vertikal byurokratik tizimdan o‘zini o‘zi boshqaruvchi, innovatsion faoliyat yurituvchi zamonaviy ta’lim markazlariga aylantirishga qaratilgan. Ushbu masala bo‘yicha ilmiy-nazariy tadqiqotlar respublikamizda so‘nggi besh-yetti yil ichida faollashdi. Jumladan, oliy ta’lim tizimining avtonomligini oshirish, mustaqil moliyaviy boshqaruv tizimini shakllantirish, davlat-xususiy sheriklik asosida OTMlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha M.Isroilov, Z.Jo‘raev, A.Abduqodirov kabi olimlarning izlanishlari mavjud. Shu bilan birga, innovatsion texnologiyalar – masalan, raqamli boshqaruv, axborot-analitik platformalar, elektron audit tizimlari, CRM hamda ERP kabi tizimlar OTMlar boshqaruvida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Ushbu texnologiyalar moliyaviy harajatlar ustidan real vaqt monitoringini olib borish, grant va xo‘jalik shartnoma asosidagi mablag‘lardan samarali foydalanish, o‘quv jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini bermoqda. Mavzuning dolzarbligi, eng avvalo, oliy ta’lim tizimining O‘zbekiston taraqqiyotining strategik tayanchi sifatida qayta shakllanishi bilan bog‘liq. Chunki OTMlar moliyaviy mustaqillik va tashkiliy avtonomiya orqali o‘z infratuzilmasini mustahkamlashi, professor- o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirishni yaxshilashi, talabalar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratishi mumkin. Bu esa raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, xalqaro reytinglarda OTMlarimizning o‘rnini mustahkamlash uchun muhim asos hisoblanadi. Xorijiy tajribaga murojaat qilsak, AQSh va Buyuk Britaniyada oliy ta’lim muassasalari asosan o‘zini o‘zi boshqaruvchi, moliyaviy jihatdan mustaqil, xususiy sektor bilan hamkorlikda faoliyat yurituvchi tashkilotlar sifatida shakllangan. Masalan, Amerika universitetlarining yillik byudjetlarining 40 foizdan ortig‘i homiylik, grant va tadqiqot kontraktlari hisobiga shakllantiriladi. Germaniya va Finlyandiya tajribasida esa davlat tomonidan moliyalashtirish saqlanib qolgan bo‘lsa-da, OTMlar strategik qarorlarni qabul qilishda mustaqil. O‘zbekistonda esa bu boradagi yondashuvlar hali o‘tish bosqichida bo‘lib, 2020-yildan buyon moliyaviy mustaqillik tajribasi faqat tanlab olingan OTMlarda sinov tariqasida joriy etilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi normativ-huquqiy asoslar tobora takomillashmoqda. Jumladan, Prezidentning 2019-yil 8-oktabrdagi PF–5847-sonli Farmonida davlat oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich moliyaviy mustaqillikka o‘tkazish vazifasi belgilandi. 2020-yil 24-fevraldagi 1 01 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ PQ–4611-sonli qaror asosida 10 ta OTMda moliyaviy mustaqillik sinov asosida joriy etildi. 2022-yilgi “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonunda esa OTMlarga akademik, moliyaviy va tashkiliy mustaqillik berilishi alohida qayd etildi. Biroq amaliyotda hali ham

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the role of innovative technologies in ensuring organizational management and financial autonomy of public higher education institutions in the context of New Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the role of innovative technologies in ensuring organizational management and financial autonomy of public higher education institutions in the context of New Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Higher education, financial autonomy, innovative technologies, management, raqamli transformatsiya, moliyaviy mustaqillik, Oliy ta’lim, OTM islohotlari, davlat siyosati., boshqaruv tizimi, innovatsion texnologiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти