Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“TANQID, MUNAQQID VA HOZIRGI ADABIY JARAYON” (UMARALI NORMATOV) NOMLI SUHBAT HAQIDA
Sevara Bekchanova
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article discusses one of the conversations in the work “Tafakkur yog‘dusi” by Umarali Normatova literary sholar, critic, and professor who made a significant contribution to the devolopement of our literature. Keywords: Modern literature, current literary process, poetry of the heart, poetry of the period. Adabiyotshunoslikda ilmiy-nazariy muammolarni yoritishda, ijodkorlarning ijod laboratoriyasiga kirib, badiiy ijod jarayoni va sirlaridan voqif boʻlish, uni kitobxonga koʻrsatishda adabiy suhbatning imkoniyati katta. Bunday suhbatlar adabiyotning, adabiy tanqidning oʻsishiga, taraqqiyotiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Shu bilan olib borilgan bahslar muammolarning qaysidir jihatini yoritishga yordam beradi. Adabiyotshunos olim Umarali Normatov yangi asr oʻzbek ijodkorlarini fundamental tadqiq qilgan zabardast olimlar qatorida turadi. Aynan O‘zbek adabiyotida kam uchraydigan munaqqid sifatida kitobxonga maktub yozgan zabardast olimlardan biri hamdir. Har bir ijodkorning asari, tadqiqotida uning dunyoqarashi, maʼnaviyati ko‘rinadi. Bu dunyoqarash ijodkorning maʼnaviyati, hayot tarzi, kishilar bilan muomala va munosabatida ham namoyon bo‘ladi. Aslini olganda ulkan sanʼatokor adiblarning bebaho asarlari taʼsiridan kitobxon ahlining qalbi larzaga keladi, sehrlanadi, zavq- shavqqa to‘ladi. Haqiqiy badiiy asarlarning kuchi ko‘ngilga beso‘roq kirib borib, o‘zgacha bir harorat va yorug‘lik paydo qiladi. Natijada kitobxonning ichida obrazlar yoki voqelik mohiyati bilan g‘oyibona muloqotlar, bahs-tortishuvlar boshlanadi. Аdib va uni anglash, asarlari ortidan kelgan bir olam go‘zal taassurotlarni bayon etish, tushuntirish baxti hammaga ham emas va bu ishni hamma ham eplay olmaydi. Professor Umarali Normatov butun ilmiy-ijodiy faoliyati davomida ana shunday saodatga erishgan insonlardan edi. Haqiqiy umrboqiy, yaxshi asarlar olimning ko‘ngil sirdoshiga va hayot yo‘lida yo‘ldoshiga aylandi. Bunday asarlarni tahlil va tadqiq qilishni maqsad deb bildi va maqsadi yo‘lida zahmat chekib bebaho asarlarni yosh avlod uchun meros qilib qoldirdi. Shunday asasrlardan biri munaqqidning “Tafakkur yog‘dusi” asari hisoblanadi. Asar adabiy-tanqidiy esselardan tashkil topgan. Bu maqolamizda shu asardan o‘rin olgan munaqqidning adabiyotshunos olim Ergash Ochilov bilan olib borgan suhbati haqida so‘z yuritishni maqsad qildik. Suhbat “Tanqid, munaqqid va hozirgi adabiy jarayon” deb nomlanadi. Suhbat adabiy tanqid, adabiyot olamidagi tanqidchilar fikrlari, zamonaviy adabiyot olami va undagi ijodkorlar ijodi haqida olib boriladi. Suhbatni adabiyotshunos olim Ergash Ochilov suhbatdoshi teran fikrlashi, haqiqatni ochiq gapirishi bilan kitobxonlar ko‘nglidan joy olgan va 1 00 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ adabiyotimizda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lgan munaqqid olim Umarali Normatovni savollar o‘qiga tutish bilan boshlaydi. Suhbatdosh munaqqidni zamonaviy adabiyot haqidagi fikriga qiziqadi va bugungi kunda XIX asr rus tanqidchilari Belinskiy va Dobrolyubovdek keng bilimli, xassos va jasoratli tanqidchilar yo‘qligiga kuyinadi. Adabiyot tarixidan ma’lumki, istiqlol yillarida milliy adabiyot tarixi tadqiqi oldingi o‘ringa o‘tdi. O‘tgan asrning 90-yillari davomida faol fidoyi munaqqidlarimiz uchun joriy adabiy jarayondan ko‘ra yangi o‘zbek adabiyotining mustabid adabiy siyosat tufayli toptalgan tarixini tiklash, qayta baholash, qatag‘on qilingan adiblar merosini xalqqa qaytarish muhimroq va zaruriyroq bo‘lib qoldi. Tanqidchilar bor e’tiborini va kuchini aynan tarixni tiklashga qaratdilar va bu borada yaratilgan tadqiqotlar tahsinga va etirofga loyiq bo‘ldi. Aytish joizki, Abdulla Qodiriy romanchiligi, Abdurauf Fitrat dramaturgiyasi, Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon she’riyati, Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va ijodi, G‘afur G‘ulom ijodi kabi bir qator adiblarimiz to‘g‘risida nodir tadqiqotlar maydonga keldi. Bu tadqiqotlar orqali yosh avlod milliy adabiyotimiz haqida qimmatli ma’lumotlardan boxabar bo‘ladi. Shu sababli hozirgi adabiy jarayonga e’tibor qaratish nisbatan sustlashib qolgan edi nazarimizda. Munaqqid aynan shunday deb hozirgi adabiy jarayonda ham tadqiqotlar olib borilayotgani, ammo, jarayon to‘liq jihatdan ochib berilganicha yo‘qligini ta’kidlab o‘tadi. Ergash Ochilov hozirgi adabiy jarayon olamida saviyasi past, sayoz, o‘quvchilarni ishi kabi sodda asarlar yaratilayotgani va buni bemalol nashrdan chiqib ommaga tortiq etilayotgani haqida fikr bildirib bu haqida munaqqidning o‘ylari bilan qiziqadi. Har qanday asar yaratishning o‘ziga xos talablari bor va asar albatta taqrizdan o‘tkazilishi lozimligi barchamizga ayon. Saviyasiz va sayoz asarlarning umri yashamasidanoq tugaydi. Asarlarni ayamasdan saralab, tahlil qilib, tanqid qilib unga haqqoniy baho berish va yondashish munaqqidning vazifasiga kiradi. Bu haqida munaqqid yuqoridagi kabi asarlar barcha zamonlarda yaratilganini va shu bilan bir qatorda hozirgi adabiy jarayonda dunyo yuzini
Доказательный фрагмент
«This article discusses one of the conversations in the work “Tafakkur yog‘dusi” by Umarali Normatova literary sholar, critic, and professor who made a significant contribution to the devolopement of our literature.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses one of the conversations in the work “Tafakkur yog‘dusi” by Umarali Normatova literary sholar, critic, and professor who made a significant contribution to the devolopement of our literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Modern literature, current literary process, poetry of the heart, poetry of the, ko‘ngil she’riyati, davr poeziyasi., hozirgi adabiy jarayon, Modern adabiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024