Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AMIR XUDOYBERDI SHE’RIYATI LEKSIKASINING MAVZUVIY GURUHLARI
Tillayeva Malohat Normurot qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
The article analyzes the vocabulary of the poet from Kashkadarya. Amir Khudoyberdi The vocabulary of the poet’s is divided into thematic groups. Key words: vocabulary of Amir Khudoyberdi’s poetry, thematic groups, classification, obsolete words, lexical groups, semantic groups of words. Jamiyatda ro‘y beradigan o‘zgarishlar bevosita har bir mamlakatning madaniy hayotiga va tiliga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Tilimizda yangi-yangi terminlar, tushunchalar paydo bo‘lmoqda. Bu esa lug‘at boyligimizning boyishiga yanada yordam beradi. Tilimizdagi so‘zlarni tahlil qilish borasida ko‘pgina tilshunos olimlarimiz o‘z ilmiy izlanishlarini olib borganlar. Jumladan, bu borada tilshunos E.Begmatov bir qancha izlanishlar olib borganini ta’kidlab o‘tish joizdir. Olimning leksika borasidagi quyidagi fikrlari e’tiborga molikdir: “Leksikani sistematik hodisa sifatida o‘rganish bilan bog‘liq qiyinchiliklardan yana biri leksikaning tilning boshqa sohalariga nisbatan o‘zgaruvchanligidadir. Keltirilgan holatlar til va lug‘at sostavidagi lug‘aviy boylikni bor ko‘lami bilan aniqlash va tasavvur qilishga imkon bermaydi” 1 . Tilshunos olim leksikani to‘laligicha o‘rgana olinmasligiga tilning o‘zgaruvchanligini asos qilib olgan. Ammo tilimizdagi so‘zlar miqdorini qisman tasavvur qilish usullari mavjud, deya E.Begmatov ularni olti usul orqali o‘rganishni tavsiya etadi. Ular quyidagilardir: - so‘zlarni so‘z turkumlarga ajratish usuli, ya’ni so‘z turkumlari sistemasi; - so‘zlarni yasalish modellariga ko‘ra tasnif qilish usuli, ya’ni so‘z yasash sistemasi; - so‘zlarni funksional-stilistik guruhlarga ajratish usuli, ya’ni so‘zlarning stilistik- differensial guruhlari; - so‘zlarni ma’lum mavzuviy (tematik) guruhlarga ajratish usuli, ya’ni so‘zlarning mavzuviy guruhlari; - so‘zlarni tarixiy-funksional belgilariga ko‘ra tasnif qilish yo‘li, ya’ni so‘zlarni qo‘llanilishiga ko‘ra aktiv va passiv guruhlarga ajratish; - so‘zlarni ma’nolari va ma’no munosabatlariga ko‘ra tasnif qilish usuli. 1 Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик қатламлари. – Тошкент: Фан, 1985. – Б. 116. 9 98 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bu usul orqali so‘zlar bir ma’noli va ko‘p ma’noliga, omonim, sinonim, antonim, arxaizmlar, neologizmlar, istorizmlar va boshqalarga bo‘lib tadqiq etiladi. Tilshunosning bunday guruhlarni tasnif qilishi tilimizdagi so‘zlar miqdorini qisman bo‘lsa-da, tasavvur qilishimizga yordam beradi. Lug‘at boyligimizdagi so‘zlarni belgilashda yana bir muhim omilga tayanib tasnif qilsa bo‘ladi, ya’ni tilimizdagi so‘zlar real borliqda nimani va qanday voqea-hodisani atab kelishiga ko‘ra ham tasniflash mumkin. Chunki tilimizdagi so‘zlar qo‘llanish doirasiga ko‘ra, ishlatish o‘rni va vazifasiga ko‘ra o‘zaro bir-biriga aloqador bo‘lgan so‘zlarni atab keladi. Shunga ko‘ra ular bir umumiy nom ostida birlashtirish mumkin. Masalan, daftar, kitob, ruchka, qalam – bularning hammasi “o‘quv qurollari” nomi ostida birlashtirsa bo‘ladi. So‘zlarni bunday guruhlarga ajratish orqali tilimizda paydo bo‘ladigan yangi so‘zlarni, yangi tushunchalar paydo bo‘lishi natijasida tilimizda iste’moldan chiqib ketayotgan so‘zlarni yoki qadimdan qo‘llanilganu, bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan so‘zlarni aniqlashimiz mumkin bo‘ladi. Tildagi so‘zlarni mana shu asosda tasnif qilish fanda mavzuviy guruh, mavzuviy qator kabi nomlar bilan ataladi. Bir narsani aytish joizki, bu terminni qo‘llash borasida hali tilshunoslar orasida mukammal va aniq bir to‘xtamga kelinmagan. Ba’zi olimlarimiz tematik (mavzuviy) guruh termini o‘rniga tematik qator yoki leksik guruhlar, so‘zlarning ma’no guruhlari kabi atamalardan foydalanganlar. Masalan, professor S.Usmonov o‘z ilmiy ishlarida bir o‘rinda semantik guruh, bir o‘rinda leksik gruppa, so‘zlarning ma’no gruppalari degan jumlalardan foydalangan. So‘zlarni mavzuviy guruhlarga ajratishning yana bir qulay imkoniyati shundan iboratki, bunday guruhlar orqali muayyan xalqning qaysi sohalariga oid terminlar faol va boy ekanligini, qaysi sohaga doir so‘zlar nofaol va kambag‘alligini bilib olish mumkin. E.Begmatov “Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik qatlamlari” nomli kitobida so‘zlarni bunday guruhlarga ajratilishi aynan bir yozuvchining ijodi bo‘yicha ham bo‘lishi mumkin degan fikrlarni keltirib o‘tadi va o‘zbek tilining o‘z qatlam leksikasini 29 ta mavzuviy guruh orqali tahlil qilish usulini keltirib o‘tadi. Biz ham tilshunosning ilmiy fikr va tavsiyalariga asoslangan holda Qashqadaryolik shoir Amir Xudoyberdi she’rlarida qo‘llangan leksik birliklarni quyidagi mavzuviy guruhlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq deb topildi. 1. Inson va uning tana a’zolari nomlari ifodalovchi leksemalar. Badiiy asarlarda ma’lum bir shaxs (qahramon yoki qahramonlar) hayoti bilan bog‘liq voqelik o‘z aksini topadi. Shunday ekan har qanday ijodkor o‘z qahramonlarining portretini yaratishda, ularning turli xatti-harakatlarini chizishda, jismoni
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the vocabulary of the poet from Kashkadarya.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the vocabulary of the poet from Kashkadarya. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- vocabulary of Amir Khudoyberdi’s poetry, thematic groups, classification, Amir Xudoyberdi she’riyati leksikasi, tasnif, eskirgan so‘zlar, mavzuviy guruhlar, so‘zlarning ma’no guruhlari., leksik guruhlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024