Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AL-ANDALUS – SAKKIZ ASRLIK BUYUK TAMADDUNMI YOKI YEVROPANI UYG‘OTGAN ILM VA SAN’AT MANBAI?
Rustamboyev Islomjon Doniyor o‘g‘li · Islomova Mushtariybonu Azizjon qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
В этой статье освещается историческое и культурное значение периода Аль-Андалуса (исламской Испании). В статье отмечается, что такие города, как Кордова, Шатива и Толедо стали центрами науки, культуры и терпимости, и что мусульманские ученые и переводчики внесли огромный вклад в европейское Возрождение. Также упоминается влияние андалусской среды, библиотек, научных изобретений, ирригационных систем и религиозных размышлений на общество. Ключевые слова: Аль-Андалус, Куртуба (Кордова), наука, культура, терпимость, переводческие школы, библиотека, ирригационная система, научные изобретения, писатели, мусульманские ученые. Annotation. This article highlights the historical and cultural significance of the Al- Andalus (Islomic Spain) period. It notes that cities like Cordoba, Xativa, and Toledo emerged as centers of science, culture, and tolerance, and that Arab-Muslim scholars and translators made a tremendous contribution to the European Renaissance. The article also discusses how Andalusia's environment, libraries, scientific inventions, irrigation systems, and religious reflections influenced the population. Keywords: Al-Andalus, Qurtuba (Cordoba), science, culture, tolerance, translation schools, library, irrigation system, scientific inventions, writers, Muslim scholars. Islomiy Ispaniya – Al-Andalus1, Yevropa tarixidagi eng yorqin va muhim bosqichlardan biridir. Bu hudud o‘rta asrlar zulmatida qolgan Yevropaga ilm-fan, san’at, madaniyat va bag‘rikenglik nurini olib kirgan noyob tajriba maydoniga aylandi. 1 Andalusiya – Ispaniyaning janubiy qismidagi muxtor viloyat. Ma`muriy markazi – Sevilya shahri. Ma`muriy jihatdan 8 provinsiya – Almeriya, Granada, Kadis, Kordova, Malaga, Seviliya, Uelva, Xaenga bo`linadi. Arablar uchbu hududni al – Andalus deb atagan. 9 90 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Aynan shu yerda xristianlik va islomiyat uyg‘unlashgan holda, ilm-fan va madaniyat gullab-yashnagan “oltin davr”2 yuzaga keldi. Andalusiya o‘z davrida nafaqat Yevropa, balki butun dunyo uchun muhim ilmiy va madaniy markaz bo‘lib xizmat qilgan. Kordova shahrining ming yil oldingi holatini tasavvur qilishning o‘zi kishini hayratga soladi. Yevropaning Parij, Venetsiya yoki Rim kabi shaharlarida tunda mash’ala bilan yurishga majbur bo‘lgan odamlar fonida, Qurtuba (Kordova) aholisi ko‘chalarining yoritilganligi bois bemalol kechki hayot bilan yashashgan. Tozalikka bo‘lgan e’tibor ham yuksak bo‘lib, shahar ichida sakkiz yuzga yaqin hammom faoliyat yuritgan, toza ichimlik suvi esa uylar ichigacha yetkazilgan edi. Xalifa Hakam II3 kutubxonasi to‘rt yuz ming jildli kolleksiyasi bilan o‘sha davrdagi Yevropa qirolliklaridagi bir nechta kitobdan iborat kutubxonalardan tubdan farq qilgan. Bag‘dodda yozilgan kitoblar qisqa vaqt ichida Qurtubaga yetib kelar va ilm-fan almashinuvi davomli bo‘lib turgan. Yevropaning ilk qog‘oz fabrikasi ham Andalusiyada, Shativa4 shahrida tashkil etilgan bo‘lib, bu ilmning keng tarqalishiga katta hissa qo‘shgan. Andalusiyaning tarixiy ildizlari chuqur. Bu yerda dastlab iberlar, ligurlar va keltlar yashagan, keyinchalik esa finikiyaliklar, yunonlar, karfagenliklar va rimliklar hukmronlik qilgan. Rim imperiyasi tanazzulga uchragach, mamlakat vesgotlar qo‘liga o‘tdi. Ammo ularning ichki ixtiloflari, ijtimoiy adolatsizlik va zaif boshqaruv musulmonlarning kelishini osonlashtirdi. 711-yilda arab-amir Toriq ibn Ziyod qo‘shini Andalusiyaga kelib tushdi va qisqa vaqt ichida mamlakatni zabt etdi5. Gibraltar6 nomi aynan uning ismi - «Jabali Toriq» («Toriq tog‘i») dan kelib chiqqan. Fath7 juda tez va nisbatan tinch yo‘l bilan amalga oshdi. Ko‘plab shaharlar, jumladan, Kordova, Malaga, Grenada, Toledo deyarli qarshiliksiz taslim bo‘ldi. Arablar nasroniylarga o‘z dini, cherkovlari va mulklarini saqlab qolish huquqini berib, faqat jizya to‘lashni shart qilib qo‘ydilar. Mazkur diniy bag‘rikenglik va odilona siyosat natijasida musulmonlar ko‘plab aholining qalbini zabt etishga muvaffaq bo‘ldilar. Shu sababli, Ispaniyani nasroniylar tomonidan qayta zabt etish uchun sakkiz asr vaqt kerak bo‘ldi. Fransuz faylasufi va tarixchi Gyustav Lebon8 bu davr haqida shunday deydi: “Agar xalifa Muso ibn Nusayrni Damashqqa qaytarishga buyruq bermaganida edi, musulmonlar butun Yevropani bosib o‘tib, uni Qur’on bayrog‘i ostida birlashtirgan bo‘lishi mumkin edi. Bu holda, Yevropa arablar orqali o‘rta asrlar zulmatidan qutulgan, yagona diniy va madaniy birlikda taraqqiy etgan bo‘lardi.” 2 Al-Andalus: The Art of Islamic Spain, held at the Alhambra, Granada (March 18-June 7, 1992), and The Metropolitan Museum of Art, New York (July 1-September 27, 1992). 3 К.Э.БОСВОРТ. МУСУЛМОН СУЛОЛАЛАРИ. Тошкент "Фан" 2007. 17-b. 4 Yoki Xativa – Ispaniyaning Valensiya provinsiyasidagi shahar. Arablar Shatiba deb atagan. 5 Евгений Александрович Беляев. АРАБЫ, ИСЛАМ И АРАБСКИЙ ХАЛИФАТ В РАННЕЕ СРЕДНЕВЕКОВЬЕ. «НАУКА». Москва. 1966. С-189-90 6 Gibraltar boʻgʻ
Доказательный фрагмент
«В этой статье освещается историческое и культурное значение периода Аль-Андалуса (исламской Испании).»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье освещается историческое и культурное значение периода Аль-Андалуса (исламской Испании). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Al-Andalus, Qurtuba (Cordoba), science, culture, tolerance, translation, kutubxona, Qurtuba (Kordova), sug‘orish tizimi, musulmon olimlar., ilm-fan, bag‘rikenglik, tarjima maktablari, ilmiy ixtirolar, yozuvchilar, madaniyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024